Gimnastika devori va skameykasida mashqlar bajarish. Gimnastika devorida quyidagi mashqlar bajariladi: devorga yuz tomoni bilan turgan holda engashish, o‘tirib turish, navbat bilan oyoqlarni orqaga va yon tomonlarga siltash;
-devorga orqasi bilan turgan holda oldinga bukilish, engashish, navbat bilan oyoqlarni oldinga va yon tomonlarga siltash;
-devorga yoni bilan turgan holda bitta oyoqda o‘tirib turish, navbat bilan oyoqlarni oldinga va orqaga siltash;
-devorga orqasini qilib osilgan holda oyoqlarni bukish, to‘g‘rilab ko‘tarish, yon tomonlarga yoyish, gimnastika skameykasida quyidagi mashqlar bajariladi:
-skameykada o‘tirgan holda oldinga va orqaga egilish, oyoqlarni ko‘tarish;
-tayanib yotgan holda qo‘llarini bukib yoyish, oyoqlarni navbat bilan ko‘tarish;
-skameyka ustidan bir oyoqda va 2 oyoqda sakrab o‘tish. YUkoridagi mashqlarni bajarishda «frontal» va «potok» usulidan foydalanish tavsiya etiladi. Darslarning uslubiy jihatdan to‘g‘ri tashkil qilinishi va o‘tkazilishi to‘laligicha o‘qituvchiga yuklatiladi.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR: 1. Qo‘l jangi mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish uslubiyoti.
2. Qo‘l jangi usullarini bajarish texnikasi va o‘rgatish metodikasi
3. Tayyorlov usullariga o‘rgatishni tashkil etish metodikasi
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Chaqiruvga qadar harbiy ta’limni tashkil etish va uning metodikasi, uslubiy qo’llanma. Farg’ona-2019
2. A.Bo‘taev. «Chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash». o‘quv qo‘llanma. Andijon -2004.
3. A.Yu. Sotvoldiev. “Chaqiruvga qadar harbiy ta’limni tashkil etish va uning metodikasi” O‘quv qo‘llanma, Ι, II - qismlar, 2007 yil, o‘quv qo‘llanma.
“CHAQIRIQQA QADAR BOSHLANG‘ICH TAYYORGARLIKNI TASHKIL ETISH VA UNI O`QITISH METODIKASI” FANIDAN