Maruza mashg’ulotlari 23-Mavzu Chqbt va ute fani asosida kurs i (1)
Bitiruvchi kurs uchun pedagogik amaliyotini (stajirovka) vazifalari; 1.Universitetlardagi mashg‘ulotlarni bitiruvchi pedagogik amaliyot (stajirovka) jarayonida talabalar olgan bilim, pedagogik malaka va ko‘nikmalarni, o‘quvchilarni vatanparvarlik tarbiyasi bo‘yicha ishlarning turli shakllarini olib borishda ijodkorlikni va mustaqillikni nmoyon qilishlarini rag‘batlantirish asosida takomillashtirishni ta’minlash.
2. Talabalarni pedagogik madaniyatning quyidagi turlariga o‘rgatish:
- CHQBT va vatanparvarlik tarbiyasi ishlari bo‘yicha xar – xil o‘quv – tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish;-ta’lim – texnika vositalaridan va o‘quvchilarni anglash faoliyatini faollashtiradigan uslublardan foydalanib yuqori kurslar (10 – 11 – sinflar)da CHQBT bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish.
-bitta o‘rta (IV-VIII) va bitta yuqori (IX-XI) sinflarda jismoniy tarbiya darslarini o‘quv dasturining ikkita bo‘limi bo‘yicha qo‘shma topshiriqlar uslubidan keng foydalangan xolda o‘quvchilar faoliyatini aylanma usul bilan tashkil qilish,individual mustaqil topshiriqlar uslubi bilan umumiy va guruxlar bilan ish olib borish.
-talabalarni ommaviy – mudofaa, vatanparvarlik va jismoniy madaniyat ishlarini xar – xil turlarini olib borish.
-talabalarni ta’lim muassasalaridagi jamoat ishlari va yuqori kurs (X-XI-sinf)lardagi tarbiyaviy ishlarning xususiyatlari bilan tanishtirish.
-chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchisining tuman (shaxar)larda kasbiy malakasini oshirish bo‘yicha ish mazmuni va tashkiliy tizimi bilan tanishtirish.
-talabalarni o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoalarining faoliyatlarini ruhiy - pedagogik tomonlarini kuzatish, tahlil qilish, o‘quv-tarbiyaviy jarayoni barcha jihatlarini ob’ektiv baholash, ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganish va umumlashtirish ko‘nikmasi bilan qurollantirish.
Pedagogik amaliyot ikki bosqichda olib boriladi, uning muddati o‘quv rejada belgilanadi. 3 - kursda (VI-semestr) pedagogik amaliyotga 6 xafta ajratiladi, bu vaqt mobaynida talabalarni harbiy rahbar, CHTO‘ lavozimini xaqiqiy pedagogik faoliyat sharoitida ommaviy mudofaa va o‘quvchilarni vatanparvarlik tarbiyasi ishlarini turli shakllarini tashkil qilish va o‘tkazish ko‘nikmalarini o‘zlashtirish vazifalari bilan tanishtirish uchun mo‘ljallangan.
IV- kursda (VII- semestr) mutaxasislik bo‘yicha amaliyotning davomiyligi 14 xafta ajratiladi.
Pedagogik amaliyotning mazmuni o‘qituvchi va pedagog tarbiyachining kasbiy- pedagogik faoliyatini aks ettiruvchi bir qancha asosiy bo‘limlardan tuziladi.
1 .Tashkiliy ish.
2. O‘quv-uslubiy ish.
3. CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘tkazish.
4.O‘quvchilarning vatanparvarlik va jismoniy tarbiyasi bo‘yicha sinfdan tashqari ishlar.
5. Sinfdagi tarbiyaviy ish.
6. Xo‘jalik ishi.
7. Gigiena bo‘yicha topshiriq bajarish. (III-kursda). SHifokor nazorati. (IV-kursda) psixologiya bo‘yicha (III- IV-kurslarda) topshiriqlarning bajarilishi.
I. Tashkiliy ish. 1.Pedagogik amaliyotni tashkil etish va mavzu muammolari bo‘yicha fakultet konferensiyasida qatnashish.
2.Ta’lim muassasalari ishchi - xodimlari va o‘quv ijtimoiy tashkilotlar vakillari, direktor, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor muovini, harbiy rahbar, CHTO‘ va jismoniy tarbiya o‘qituvchi bilan suxbatlashish;
3. Pedagogik amaliyot davriga individual rejani tuzish.
4. Ommaviy – mudofaa ishlari va o‘quvchilarni vatanparvarlik tarbiyasi masalalari bo‘yicha ta’lim muassasasi yig‘ilishlarida qatnashish.
5.Pedagogik amaliyot rahbarlari tomonidan olib boriladigan majlislarda qatnashish.
6.Majlislarda gurux ishi xaqida og‘zaki xisobot berish uchun tayyorgarlik ko‘rish.
7. Ta’lim muassasalarining ma’muriyati va o‘qituvchilari bilan xamkorlikda uslubiyotchilar tomonidan olib boriladigan pedagogik amaliyot natijalari bo‘yicha fakultetda o‘tkaziladigan yakuniy konferensiyada qatnashish.
8. CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv moddiy baza bilan tanishtirish. Harbiy xonaning umumiy xolati va jixozlanishi. O‘quv kurollarini saqlash xonasi, otish joyi, amaliy mashg‘ulotlar joyi va h. Sport maydonlari, jixoz va sport anjomlarining xolati va soni.
II. O‘quv-uslubiy ishlar. 1. CHQBT bo‘yicha rejalashtirish xujjatlarini, ta’lim muassasalari o‘quvchilarining jismoniy va vatanparvarlik tarbiyasi bo‘yicha ishlarini, shuningdek, xisobot xujjatlarini o‘rganish.
2. Ta’lim muassasasida mavjud bo‘lgan CHQBT va vatanparvarlik tarbiyasi bo‘yicha yo‘riqli, uslubiy xujjatlar bilan va «SHunqorlar» harbiy –sport o‘yini qoidalari bilan tanishish.
3. Ta’lim muassasasi o‘qituvchilarining ish rejasiga muvofiq talabaga (ped.amaliyotchiga) o‘quv ishlarini olib borish uchun biriktirilgan yuqori kurs (X-XI sinf)lar bilan CHQBT bo‘yicha mashg‘ulot o‘tish uchun reja – konspekt ishlab chiqish.
4. YUqori kurs (X va XI sinf)larda harbiy rahbar, CHTO‘ tomonidan o‘quv dasturining turli bo‘lim mavzulari bo‘yicha CHQBT uslubiyotchilar rahbarligida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarni ko‘zdan kechirish.
5. Uslubiyotchining topshirig‘iga ko‘ra bashqa pedagogik amaliyotchilarning CHQBT bo‘yicha o‘tkazgan mashg‘ulotlarini va o‘quv – tarbiyaviy jarayonni o‘ziga xos tomonlarini kuzatish.
6.Faoliyat turlarini va dars qismlarii bo‘yicha vaqtni taqsimlash.
7. YUqori kurs (X-XI sinf)larda CHQBT bo‘yicha darslari pedagogik tahlilining olib borish.
8.Tajriba oshirishda pedagogik amaliyotchi talabalar tomonidan olib borilagan dars muhokamalarida va tahlilida qatnashish.
9. CHQBT va jismoniy tarbiya darslariga ko‘gazmali qurollarni tayyorlashda qatnashish.
10. Aniq topshiriqlarni bajarish masalasi bo‘yicha pedagogik amaliyotni boshqaruvchisi tomonidan olib boriladigan uslubiy mashg‘ulotda qatnashish.
11. Pedagogik kuzatuvni olib borish. Mashg‘ulotni samaraliligini aniqlash.
12.Tuman o‘qituvchilarining ochiq darslarini muhokama qilishda harbiy rahbar uslubchilari bilan xamkorlikda, ta’lim muassasasi pedagogik kengashida qatnashish.
13. Boshqa ta’lim muassasasida pedagogik amaliyotni o‘tkazayotgan talabalar bilan tajriba almashish maqsadida ta’lim muassasasiga tashrif buyurish. Pedagogik amaliyotchilarning kundalik daftarini yuritish.
14.CHQBT mashg‘ulotlarini o‘tkazish.
15. O‘quv dasturining turli bo‘limlaridan mavzu bo‘yicha yuqori kurs (X-XI sinf)larda 10 soatdan kam bo‘lmagan mustaqil, o‘qituvchisining assistenti (yordamchisi) sifatida esa 4 soatdan iborat CHQBT bo‘yicha darslarni o‘tkazish.
16. O‘qituvchi yoki boshqa pedagogik amaliyotchiga yordamchi sifatida 4 soat, mustaqil ravishda 4 soat, o‘quv materiallari mazmuni bo‘yicha qo‘shma bo‘lgan quyi sinflarda 2 soatdan kam bo‘lmagan mashg‘ulotlarni utkazish.