To‘rtinchi bosqich - talabalarni darsga tayyorlash, bu bosqich qaysidir darajada uchinchi bosqich bilan mos keladi, biroq ularni bir-birlaridan farqlash maqsadga mufoviq bo‘ladi. Qoidaga muvofiq talaba birinchi darsga tayyorgarlik ko‘rishda uslubchi – ofitserdan yoki hech bo‘lmaganda harbiy rahbar, CHTO‘dan maslaxat so‘rab, kamida uch marotiba murojaat qilishi kerak.
Birinchi maslahat (konsultatsiya)da amaliyotchi CHQBT dasturidagi berilgan mavzu joyini, darsning maqsadini to‘g‘ri aniqlashni, mashg‘ulot uslublarini bilish va ularni o‘tkazish usullarini, darsning moddiy ta’minotini tushunishga harakat qiladi.
Ikkinchi maslahat (konsultatsiya)da ilmiylik nuqtai nazardan reja-konspektni birinchi variantini yaroqli ekanligini, vaqt taqsimotini dars qismlari va o‘quv savollari bo‘yicha to‘g‘ri kelishini tekshirish uchun taqdim qilinadi.
Uchinchi maslahat (konsultatsiya)da amaliyotchi yozib bo‘lingan dars reja-konspektini taqdim etadi. rahbar amaliyotchini qay darajada o‘quv materialini bilishi va u yoki bu o‘quv savolini tushuntirishida qanday uslubni tatbiq qilishini aniqlashga imkon beradigan bir qancha savollar beradi, Agar reja-konspekt to‘g‘ri tuzilgan va talaba barcha qo‘yilgan savollarga dadil javob bersa, rahbar unda kerakli belgi qo‘yib, harbiy rahbar, CHTO‘ tasdiqlashi uchun ruxsat beradi.
Beshinchi, yakuniy bosqich – Barcha amaliyotchi talabalar guruxi ishtirokida repititsiya (tayyorgarlik mashqi) darsini o‘tkazish. Repetitsiya (tayyorgarlik mashqi) paytida talaba o‘quv vaqtini to‘g‘ri taqsimlanganligini tekshiradi, o‘zining harakatlarini tizimini yo‘lga soladi , mashg‘ulotlarni mustaqil o‘tishga ishonch orttiradi va ruhiy tayyorgarlikka erishadi. Tavsiya etilgan barcha bosqichlar talabalarni dars o‘tish chog‘ida xatolardan holi qilishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Yo‘l-yo‘riq va ko‘rsatma beradigan konferensiyani o‘tkazish talabalarni va o‘qituvchilarni pedagogik amaliyotga tayyorlashning yakuniy tadbiri xisoblanadi. Qo‘yilgan vazifalariga nafaqat tashkiliy, balki pedagogik amaliyot davrida diqqat markazida turadigan eng dolzarb didaktik, tarbiyaviy, psixologik muammolar ham kiritiladi.
Bu konferensiyada harbiy fakultet rahbariyati, zobit-uslubchilar, jismoniy tarbiya fakultetsi. umumuniversitet pedagogika-psixologiya fakultetlari, ta’lim muassasasi gigienasi fakultetlari o‘qituvchilari va ta’lim muassasalarining harbiy rahbarlari va CHTO‘lari qatnashadilar.
Konferensiyada harbiy fakultet vakillarining fakultet talabalarini harbiy rahbar, CHTO‘ lavozimida pedagogik amaliyotni o‘tkazishlari yuzasidan ma’ruzalari eshitiladi. Bu ma’ruzalar mavzularining mazmuni quydagilardan iborat:
- pedagogika, psixologiya va ta’lim muassasasi gigienasi bo‘yicha amaliyotni o‘tkazish uchun mas’ul bo‘lgan umumuniversitet fakultetlari o‘qituvchilarining ko‘rsatmali chiqishlari;
- pedagogik amaliyot bo‘yicha harbiy fakultet o‘quv bo‘limining boshlig‘i va harbiy rahbar CHTO‘larning chiqishi.
konferensiya oxirida universitet rektori va harbiy fakultet boshlig‘ining pedagogik amaliyotni o‘tkazishga bo‘lgan talablari va o‘tkazish bo‘yicha buyruqlari eshittiriladi.
Konferensiya tugaganidan so‘ng amaliyotchi talabalar guruxlar bo‘yicha yig‘iladilar, Pedagogik amaliyot rahbarlari, zobit-uslubchilar tomonidan xar bir talabaga umumiy va individual topshiriqlar, pedagogik amaliyot davrida ishlab chiqilishi kerak bo‘lgan xisobot xujjatlarningnamunalari beriladi, xar bir guruxga harbiy rahbarlarni, CHTO‘ larni taqsimlaydilar.