Maruza mashg’ulotlari 23-Mavzu: Chqbt va ute fani asosida kurs ishlarini tashkil qilish va bajarish. Reja


Ta’lim muassasasi harbiy Rahbari, CHTO‘ - amaliyot raxbarining roli. Hisobot tayyorlash va uning himoyasi



Yüklə 4,03 Mb.
səhifə46/131
tarix09.12.2023
ölçüsü4,03 Mb.
#138510
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   131
Maruza mashg’ulotlari 23-Mavzu Chqbt va ute fani asosida kurs i (1)

Ta’lim muassasasi harbiy Rahbari, CHTO‘ - amaliyot raxbarining roli. Hisobot tayyorlash va uning himoyasi.
Harbiy rahbar, CHTO‘ har kuni CHQBT va yosh avlodni vatanparvarlik tarbiyasi bo‘yicha ma’suliyatli vazifalarni bajaradi. U pedagogik amaliyotni o‘tkazishda asosiy figura bo‘lib xisoblanadi .Bu xaqda xar bir talaba amaliyot boshlanishiga qadar bilishi kerak.
Pedagogik amaliyot davrida harbiy rahbar, CHTO‘ xar bir amaliyotchi talabaning boshlig‘i, pedagogik amaliyot rahbari yo‘qligida esa ular uchun uslubchi bo‘lib ham xisoblanadi.
Hozirgi kunda harbiy rahbar, CHTO‘ lavozimida ishlayotganlarning ko‘pchilik qismini zaxiradagi zobitlar, shular qatorida pedagogika universiteti qoshidagi mutaxasisligi chaqiriqqacha harbiy ta’lim o‘qituvchisi bo‘lgan bitiruvchilar tashkil etmoqda.
Bulardan tashqari kam sonli bo‘lsada qurolli kuchlarimiznign veteranlari ham mazkur lavozimda faoliyat ko‘rsatishmoqda. Bu lavozim egalari hayotiy va jangovar tajribaga ega bo‘lgan, yoshlar ta’lim-tarbiyasini va ularni harbiy xizmatga tayyorlash bo‘yicha ta’lim berishning naqadar muximligini chuqur tushungan kishilar bo‘lishi shart.
Biroq ulardan ba’zilari maxsus pedagogik ma’lumotga ega emas va xar doim xam zamonaviy pedagogika fani yutuqlaridan ijodiy foydalana olmaydilar. Ba’zi bir harbiy rahbar, CHTO‘ lar talaba amaliyotchilarni o‘zlari bilganicha o‘rgatishga harakat qilgan hollari xam bo‘ladi.
O‘rganiladigan material harbiy xizmatning amaliy masalalari bilan etarli darajada bog‘lanmaydi:
- xizmat davrida, jangovar mashq va shart – sharoitlarda, askar, serjant majburiyatlarining bajarilishi bilan;
- darslarning borishida tarbiyaviy maqsadlar moxirona tatbiq kilinmaydi:
- ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining tajribalaridan, qo‘shinlarning jangovar tayyorgarliklaridan, mazkur ta’lim muassasi bitiruvchilarning harbiy xizmatlaridan namunalarni kam keltirilishi;
- umum qo‘shin nizomlar qoidalari xamda o‘quvchilar tartib intizomini qoidalariga rioya qilmaydigan o‘quvchilarga kerakli talabchanlikni ko‘rsatishni bilmaslik;
- o‘quv jarayonida, amaliy ta’lim sifatini oshirishga imkon beradigan ilg‘or ta’lim uslublaridan kam foydalanish;
- auditoriyani faolligini oshira olmaslik va o‘zaro a’loqani tiklay olmaslik.
-mashg‘ulot davrida ta’lim texnik vositalari-diafilmlar, ko‘gazmali qurollardan foydalanishda etarli malaka va ko‘nikmalarining yo‘qligi;
- jangovar nizom, ko‘rsatma va boshqarishda tatbiq qilinadigan harbiy atamalarni yaxshi bilmaslik;
- berilgan savollarga o‘quvchilarning javobini tahlil qila olmaslik.

Birinchi bor o‘quvchilar bilan dars o‘tishga tayyorlanishda talaba mazkur gurux (sinf ) dagi muxitni aniqlab olishi kerak. Buning uchun u gurux (sinf ) rahbari bilan suxbatlashishi yoki shu gurux (sinf ) da mashg‘ulot olib boradigan harbiy rahbar yoki boshqa o‘qituvchilarning darslarida ishtirok etishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.


Amaliyotchini quyidagi ma’lumotlar qiziqtirishi kerak:
- o‘quvchilarning umumiy tavsifi;
- gurux (sinf ) etakchilari; (liderlari)
- CHQBT bo‘yicha yaxshi va bo‘sh o‘zlashtiradigan o‘quvchilar;
- fan bo‘yicha joriy baholar;
- o‘quvchilarning ism-sharifini to‘g‘ri talaffuz qilish ;
Mashg‘ulotdan so‘ng yuqori gurux (sinf) o‘kuvchilari bilan faqat«Siz» deb murojaat qilish, CHQBT dasturining tashkiliy ko‘rsatmalarida bayon etilgan barcha talabalarga rioya qilish, o‘quvchilar, tomonidan saf usullari, qurol bilan harakat qilish, buyruq va murojaat qilishdagi unchalik muxim bo‘lmagan xatolarga yo‘l qo‘yishlariga imkon bermaslik, takroriy harakatlar va shaxsan ko‘rsatib berish orqali xatolarni to‘g‘rilashga erishish kerak bo‘ladi.
Ta’lim muassasasi ma’muriyati xar bir amaliyotchiga quyidagi masalalar aks etgan yozma nomalarni rasmiylashtiradi:
1. Talaba tomonidan pedagogik amaliyot dasturini va topshiriqlarni to‘liq bajarilishi;
2. Dastur mazmuniga kiradigan o‘quv ishlarining xar xil turlarini tashkil qilish va o‘tkazish qobiliyati;
3. O‘quvchilar bilan o‘tkazilgan gurux (sinf )dan tashqari tadbirlarning va o‘quv mashg‘ulotlarining sifati;
4. O‘quv guruxini boshqara olish, unda intizom va tartibni saqlab turish qobiliyati;
5. Turli fanlar bo‘yicha tayyorgarlik darajasi, uslubiy malakalarini va nazariy bilimlarini amaliyotda tatbiq qilish qobiliyati;
6. Ishdagi mustaqillik darajasi, tashabbuskorligi, talabchanligi, intizomi.
7. Amaliyotchi faoliyati xaqida xulosalar va tayyorgarligini yaxshilash bo‘yicha takliflar, amaliyotchi faoliyatini to‘rt ballik tizimga ko‘ra baholash.
Amaliyotchi talaba faoliyati uchun berilgan nomalar (tavsif,tavsiyanoma) ta’lim muassasasi direktori, harbiy rahbari tomonidan imzolanadi va muxr bilan maxkamlanadi.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:
1. Pedagogik amaliyotning vazifalarini aytib bering ?
2. Harbiy rahbar (CHTO‘) lavozimida pedagogik amaliyotning o‘tkazilish muddati qancha va mazmuni nimalardan iborat ?
3.To‘rtinchi kurs uchun pedagogik amaliyot (stajirovka)ni vazifalari nimalardan iborat ?
4. Pedagogik amaliyotda talabalarni pedagogik madaniyatning qanday turlariga o‘rgatiladi?
5. Pedagogik amaliyotning mazmuni o‘qituvchi va pedagog tarbiyachining kasbiy- pedagogik faoliyatini aks ettiruvchi qanday bo‘limlardan tuziladi?
6.Pedagogik amaliyotni boshqarishni, tashkil etish va o‘tkazishni mazuni nimalardan iborat?
7. Talabalarni o‘quvchilar bilan mashg‘ulot o‘tishga tayyorlash jarayoni qanday amalga oshiriladi ?
8. Ta’lim muassasasi ma’muriyati xar bir amaliyotchiga qanday masalalar aks etgan yozma nomalarni rasmiylashtiradi?
ADABIYOTLAR:

  1. A.Yu. Sotvoldiev. “Chaqiruvga qadar harbiy ta’limni tashkil etish va uning metodikasi” O‘quv qo‘llanma, Ι, II - qismlar, 2007 yil, o‘quv qo‘llanma.

  2. O.Ortikov va boshqalar. “CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” Ι qism, 2007 yil, o‘quv qo‘llanma.

  3. B.B. Gafurov. “Boshlang‘ich umumqo‘shin harbiy tayyorgarlik bo‘yicha” ΙΙ qism, 2005 yil, o‘quv qo‘llanma.

  4. Ikromov I. Harbiy raxbar yo‘riqnomasi, 2010 yil, o‘quv qo‘llanma.

  5. O`zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to`g`risida»gi Qonuni, 1992 y.

  6. O`R QKlarida jismoniy tayorgarlikni tashkil etish bo`yicha qo`llanma, № 575 15.09.2012y.



25-Mavzu: “Umumqo‘shin jangi asoslari” mavzusidagi mashg‘ulotlarga hozirlik ko‘rish va uni olib borish uslubiyoti. Askar va bo‘linmalarning jangdagi harakatlari mavzusidagi mashg‘ulotlarga hozirlik ko‘rish va uni olib borish uslubiyoti.
Reja:

  1. Jang, zamonaviy jang, manyovr va uning turlari, marsh, mudofaaga o‘tish xolatlari, hujum - jangda g‘alaba qozonishning asosiy tamoyili sifatida. Maxsus qo‘shin harakatlari.

  2. Askarning jangdagi majburiyatlari, shaxsiy quroli va ekipirovkasi.

  3. Jangovar guruhning tarkibi, qurollanishi, jangovar texnikasi va jangovar imkoniyatlari. Askar va bo‘linmalarning jang maydonida harakatlanish usullari. Kuzatuv uchun joy tanlash. O‘t ochish marralarini aniqlash.




Yüklə 4,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin