Maruza mashg’ulotlari 23-Mavzu: Chqbt va ute fani asosida kurs ishlarini tashkil qilish va bajarish. Reja


Askarning jangdagi majburiyatlari, shaxsiy quroli va ekipirovkasi



Yüklə 4,03 Mb.
səhifə49/131
tarix09.12.2023
ölçüsü4,03 Mb.
#138510
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   131
Maruza mashg’ulotlari 23-Mavzu Chqbt va ute fani asosida kurs i (1)

Askarning jangdagi majburiyatlari, shaxsiy quroli va ekipirovkasi.
Jangovar guruhning tarkibi, qurollanishi, jangovar texnikasi va jangovar imkoniyatlari. Askar va bo‘linmalarning jang maydonida harakatlanish usullari. Kuzatuv uchun joy tanlash. O‘t ochish marralarini aniqlash.
Askar quyidagilarni bajarishga majburdir:

  • guruhning vazifasini, o’z sektsiyasi (tank) ning va o’zining vazifasini bilish;

  • dushman bo’linmalarining tashkil etilishini, Qurollanishi, taxnikasi va harakat taktikasi bilish, xususan, uning tanklari, boshqa bronli mashinalari va tankka qarshi vositalarining imkoniyatlarini va ularning eng zaif joylarini bilish;

  • o’z bo’linmasining Qurol-yaroglari va texnikasini bilish;

  • uskunalarning, fortifikatsiya inshootlarining o’lchamlari, xajmi, izchilligi va muddatlarini bilish; zudlik bilan xandak va pana joylarni jihozlay olishi, shu jumladan bu ishni portlovchi moddalarni qo’llagan xolda bajara olishi, niqoblanishni amalga oshirishi;

  • jangda doimiy ravishda kuzatuv olib borish, dushmanni o’z vaqtida paykash va darxol komandirga u hakda axborot berish;

  • mudofaada matonat va bardosh bilan, xujumda jasurlik va kat’iyat bilan harakat qilish, dushmanni xususan, uning tanklari va boshqa zirxli mashinalarini barcha vositalar va usullar bilan yo’q qilish, jang maydonida ustalik bilan siljib borish, o’t ochish pozitsiyalarini (o’q otish joyini) tanlash; jangda botirlik, tashubbus va topqirlik ko’rsatish, o’rtog’iga yordam berish;

  • jismoniy baquvvat va chidamli bo’lish, qo’l jangi usullarini egallash;

  • xavodagi dushmanni taniy olishi va uning past uchuvchi samolyotlari, vertolyotlari va boshqa xavodagi nishonlarga o’q otish qurollaridan o’t ochish;

  • jangda komandirni himoya qilish, u yaralangan yoki halok bo’lganida bo’linmagan komandirlik qilishni qo’rqmay o’z zimmasiga olish;

  • umumiy qirg’in qurolidan himoyalanish usullarini bilish; joydan, shaxsiy himoya vositalaridan va texnikaning himoyalash xususiyatlaridan mohirona foydalanish; g’ovlar, to’siqlar va zaharli zonalarni yengib o’tish, tankka qarshi va piyodalarga qarshi minalar qo’yish va ularni zararsizlantirish; maxsus ishlov berishni amalga oshirish;

  • komandirning ruxsatisiz o’zining janglagi o’rninin tanlab ketmaslik;

  • yaralanganda yoki radioaktiv, zaharlovchi moddalar, biologik (bakterial) vositalardan zararlanganda hamda kuydiruvchi Quroldan shikastlanganda o’z-o’ziga va o’zaro yordam ko’rsatish uchun zarur choralarni ko’rish va topshiriqni bajarishda davom etish;

  • agar tibbiy punktga jo’nash buyurilgan bo’lsa shaxsiy qurolini o’zi bilan olib ketish; tibbiy punktga borish mumkin bo’lmagan holda quroli bilan pana joyga emaklab borish va sanitarlarni ko’rish;

  • Qurol-yaroq va aslahalarni jangovar foydalanishga tayyorlay olish, oboymalar, magazinlar va lentalarni o’q dorilar bilan tez va chaqqon to’ldirish;

  • o’q-dorilarni sarflash va piyodalarning jangovar mashinalari (bronetransportyorlar) ga, tankka yoqilg’i zahiralarining 0,5 va 0,75 foizi sarflab bo’linganli haqida komandirga o’z vaqtida axborot berish, piyodalarning jangovar mashinasi (bronetransportyor), tank shikastlangan paytda ularni zudlik bilan tuzatish choralarini ko’rish.




Yüklə 4,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin