29-mavzu: Kichik kalibrli miltiqdan aniq otish mashqlarini bajarish mashg‘ulotlarini tashkillashtirish va o‘tkazish uslubiyoti Reja:
1.Kichik kalibrli miltiq. Uning vazifasi va tuzilishi.
2.Kichik kalibrli miltiqni o‘qlash tartibi. Vintovka bilan muomala qilinganda xavfsizlik qoidalari.
3.Miltiqni otishga tayyorlash, o‘qlash va o‘q otishning o‘ziga xos tomonlari.
Tayanch iboralari:Kichik kalibrli miltiq, vazifasi va tuzilishi, o‘qlash tartibi, vintovka bilan muomala qilinganda xavfsizlik qoidalari, otishga tayyorlash, o‘qlash va o‘q otishning o‘ziga xos tomonlari.
Kichik kalibrli miltiq. Uning vazifasi va tuzilishi. Mashg‘ulot dastlab TOZ-8 ning vazifasini tuzilishini o‘rgatadi Undan keyin vintovkani qismlarga ajratib ko‘rsatib tushuntiradi.
Tula kurol zavodi (TOZ)ning mahsuloti bo‘lgan TOZ-8 vintovkasi boshlang‘ich otish mashqini o‘rgatish va merganlikni mashq qilish uchun mo‘ljallangan.
Vintovkaning jangovar xususiyatlari: Kalibr-5,6mm. og‘irligi-3,12kg; o‘qning boshlang‘ich tezligi 310m/s; o‘qning uchish olisligi-1200-1600m; o‘qning nobud qilish kuchi-800m. gacha saqlanadi. Ushbu ma’lumotlar keltirilgandan keyin o‘quvchilarni TOZ-8ning tuzilishi bilan tanishtirish kerak bo‘ladi. Vintovkaning asosiy qism va mexanizmlari: Stvol, stvol korobkasi va etaklovchi mexanizm bilan; orqa qopqoq; ochiq mo‘ljallash moslamasi (pritsel va mushka); zatvor; qo‘ndoq beti (lojasi). Mazkur ma’lumotlarni keltirishda mashg‘ulot raxbari slayd va plakatlardan foydalanib ko‘rsatib tushuntirishi o‘quvchilarga slayd va plakatlardan kerakli joylarini yozib yoki chizib olishlariga imkon berishi kerak.
Kichik kalibrli miltiqni o‘qlash tartibi. Vintovka bilan muomala qilinganda xavfsizlik qoidalari. TOZ-8ni o‘qlashni ko‘rsatish metodi orqali dastlab elementlarga bo‘lib keyin to‘liq ko‘rsatiladi. O‘qlash o‘ng qo‘l bilan amalga oshiriladi. Zatvorni ochib va orqaga tortib, ko‘rsatgich barmoq va boshmaldoq bilan o‘qni olib patronnikka, ya’ni stvolning patron tushadigan joyiga solinadi; boshmaldoq bilan o‘q ichkariga qadalgunicha suriladi; zatvor yopiladi.
Kichik kalibri vintovkani moylash tartibi Kalashnikov avtoma-tini moylash bilan bir xil. Ammo vintovkani stvolini o‘q chiqib ketadigan tomondan tozalash mumkin emas, chunki shompol stvolning uch qismini ishqab eyiltiradi. Bu esa vintovkani aniq otish xusu-siyatini kamaytiradi.
Stvol kanalini tozalash uchun orqa qopqoq ochiladi, zatvor stvol korobkasidan olinadi; artgichning aylanuvchi qismiga yumshoq qiyqim o‘raladi, uni qurol moyiga shimdirilib shompol stvol kanaliga patronnik tomonidan kiritiladi.
Ushbu savolni o‘rganilayotganda o‘quvchilarga shuni eslatish joizki, mashg‘ulot davomidagi xavfsizlikni ta’minlashni darsni puxta tashkil etish, mashg‘ulotlarda o‘rnatilgan tartib-qoidalarga aniq amal qilish va mashg‘ulotning barcha qatnashchilarini yuksak intizomi bilan erishiladi.
Mashg‘ulot avvalida vintovkani patronnigida o‘qni bor yoki yo‘qligi tekshiriladi. Qurolni mashg‘ulot rahbarining ruxsatisiz olib bo‘lmaydi. Qurol o‘qlangan yoki o‘qlanmagan bo‘lishidan qa’tiiy nazar odamlarga qaratish ta’qiqlanadi. Mashg‘ulot raxbari yangi materiallarni mustahamlash uchun o‘rtaga bir necha savol tashlaydi.
1. TOZ-8 ning vazifasi va umumiy tuzilishini ayting.
2. Vintovkani o‘qlash tartibini ayting.
3. Vintovkani tozalash tartibi qanday bo‘ladi ?
4. Vintovkadan o‘q otishni o‘ziga xos tomonlari xaqida gapiring.