Tayanchni tayyorlash. Tayanchdan yotib otishga tayyorlash. Magazinni patronlar bilan to‘latish
Agar avtomatni o‘klashdan odsin magazin patronlar bilan to‘latilmagan bo‘lsa yoki o‘t ochish mobaynida pat-ronlar sarflanib, tugagan bo‘lsa, magazinni patron-lar bilan to‘latish zarur bo‘ladi.
Magazinni patronlar bilan to‘latish uchun uni chap qo‘lga, bo‘g‘zini yuqoriga, bo‘rtgan joyini chap tomonga qaratib tutish, o‘ng qo‘lga esa patron o‘qlarini jimjiloq barmog‘iga tekkizib, gilzaning tubini bosh va ko‘rsatkich barmog‘lari orasidan chiqarilib ushlash darkor. Magazinni bir oz chapga og‘dirgan holda bosh barmoq bosimi bilan patronlarni magazinning yon devorlaridagi bukilgan bo‘rtiqlar ostiga, gilza tubini ortki devorga tirab, navbat bilan bittadan kirgi-zish kerak (17- rasm).
I
Magazinni patronlar bilan oboyma yordamida to‘latish quyidagicha amalga oshiriladi: magazin chap qo‘lga tutilgan holda unga o‘ng qo‘l bilan o‘tkazgich shuvday biriktirshgadiki, toki uning bukilgan qismlari ma-gazin bo‘g‘zidaga tegishli keemalarga kirib borsin; magazinni chap qo‘lda tutib turib, o‘ng qo‘l bilan o‘gkazgich patronlar joylashtirilgan oboyma o‘rnatiladi. Ayni paytda oboymadagi patronlarning o‘qlari yuqoriga yo‘naltirilgan bo‘lish lozim.
O‘ng qo‘lning ko‘rsatkich barmog‘i bilan yuqoridagi patron gilzasining tubi yaqinidagi korpusidan bosib, oboymani esa o‘rta va ko‘rsatkich barmog‘lari orasidan o‘tkazib, patronlarni magazinga cho‘ktiriladi; o‘tkazgichdan oboyma ajratib olinadi va keyingi patronli
oboyma unga o‘rnatiladi va magazin oxirigacha to‘latiladi. Magazindan o‘tkazgach ajratib olinadi. Oboyma qo‘llanilganda magazinni patronlar brshan to‘latish jarayoni tez kechadi.
Avtomatdan o‘t ochish holatlari
Q urol komandirning komandasiga ko‘ra yoki jangovar topshiriq bajarilishi mobaynida mustaqil tarzda o‘qlanishi mumkin. Avtomatni o‘qlashdan oldin, o‘t
ochish vaziyati va sharoitlariga qarab, o‘g ochish holati
qabul qilinadi.
19, 20, 21- rasmlarda o‘t ochishga hozirlik holatla-
ri va qurolni tutish tartiblari keltirilgan.
Qurolni o‘qlash uchun saqlagich o‘tkazgichini o‘ng
qo‘lning bosh barmog‘i bilan pastga birinchi holatga — avtomatik ravishda (22- rasm «AV» holati) yoki ikkinchi holatga — yakka tarzda o‘t ochish uchun (23- rasm «OD» holati) keltiriladi.
]
Nishonga to‘g‘ri mo‘ljallanish uchun o‘t ochish masofasiga ko‘ra mo‘ljallagichning holatini o‘rnatish (24-rasm) nilni to‘g‘ri tutish (25- rasm) va o‘t ochish (2—3 dona patron) lozim.