HAKAMLIK QILISH Har bir o’yin ob’ektiv va oqilona xakamlik qilishni talab qiladi. Agar o’yin qoidalarning bajarilishini diqqat bilan va jiddiy ravishda kuzatilmasa, o’yin o’zining ta’lim-tarbiyaviy va pedagogik qiymati va ahamiyatini yo’qotadi. O’yin qoidalari bajarilishini kuzatish bilan birgalikda, raxbar pedagogik usullar yordam bilan ta’lim va tarbiyani boshqarib boradi. Xakam esa o’yinda usullarni to’g’ri bajarilishini kuzatadi, bu o’yin texnikasini yaxshilashga va unga bo’lgan qiziqishni to’liq oshirishga yordam beradi.
Komandalarga bo’linib o’ynaladigan o’inlarda, bunda ob’ektiv va aniq xakamlik qilish alohida ahamiyatga ega, bu ayniqsa musobaqa yorqin ifoda qilgan va har bir komanda yutishiga manfatdordir. Hakam komandalarning kuch va o’yinchilarini soni jixatdan teng bo’lishini, shuning uchun bir hil sharoit yaratilishini (o’yin o’tkaziladigan, asbob-anjomlar va boshqalar jixatdan) kuzatib borishi kerak.
Noto’g’ri xakamlik qilish ishonchini yo’qotadi, uni obrusi tushib ketadi, o’ynovchilar ular bilan xisoblashmay qo’yadilar.
Xakam barcha o’ynovchilarni ko’rishga va ularga xalaqit bermaslikka, kuzatishga qulay bo’lishi uchun joy topishi shart. Unga ayrim o’yinlarda o’yinchilarini siljishlarini kuzatish uchun maydon bo’ylab harakat qilishga to’g’ri keladi.
Harakat o’yin qoidasini buzulganligini sezgandan keyin, darov o’z vaqtida va aniq signal beradi. U o’ynovchilar bilan baxislashishga kirishmasdan odob bilan tanbex beradi. SHu bilan birga o’yinni natijalarini to’g’ri yakunlash xakamga bog’liq bo’ladi. Lekin harakatli o’yinlarni to’g’ri xakamlik qilish bolalarda xaqiqatgo’ylikni xakamga va uni qoidalariga nisbatan xurmatda bo’lishni tarbiyalashga yordam beradi. Xakamga tegishli tanbex berish va tushuntirish berishni o’yin tamom bo’lgandan keyin amalga oshirish kerak.
O’YIN JARAYONIDA YUKLMANI TAQSIMLASH Harakatli o’yini har bir o’yin qatnashchisini imkoniyatini hisobga olish juda qiyin, shuningdek uni shu vaqtdagi jismoniy xolatini ham. SHuning uchun birdaniga xaddan tashqari mushakni taranglashtirishni tavsiya qilinishda, chunki u tez charchab qolishni keltirib chiqaradi nafas olishni sekinlashtirishni talab qiladi.
Buning uchun optimal yuklamani taminlash shart. Yuklamani intensiv tez borishni dam olish bilan almashtirib borish kerak.
O’yini o’tkazishga kirishishdan oldin, bolalarni kayfiyatini va oldingi o’tgan faoliyati harkatini xisobga olish zarur. Agarda o’yin katta jismaoniy yoki aqliy zo’riqishdan keyin o’tkazilsa (sinfda nazorat ishdan keyin yoki dalada ishlash) katta zo’riqishni talab qiladigan, usullardan mustassno, kam harakatli o’yinlarni taklif qilish kerak.
Mashg’ulot vaqtida intensiv o’yin bilan kam harakatli o’yin bilan almashib boriladi.
SHuni hisobga olish keraki, o’ynovchilarning jo’shqin xolatini oshirish bilan o’yinda yuklama oshadi. Biroq o’inga berilib ketgan, o’ynovchilar bir-biridan oshib ketishga harakat qilib, o’zlarini imkoniyatlarini xisobga olishmaydi va ko’p kuch sariflanadi, bu esa sezgi me’yorlarini yo’qotadi.
O’ynovchi bolalar tez-tez kuchiga ortiqcha baho beradi va charchashni kelib chiqishini sezmaydilar. SHuning uchun rahbar ularning kayfiyatiga, tayyorgarligiga, salomatlik xolatiga ishonmasligi kerak. CHunki kichik maktab yoshidagi o’quvchilarga beriladigan yuklama, kattalarga qaraganda asta-sekin oshirib boriladi. Garcha o’yinchilar xali dam olishga ixtiyoj sezilmasa ham gox o’yinni to’xtatib qo’yish mumkin.
O’yinda yuklama o’yin qatnashchilarining umumiy harakatchanligini oshirish bilan yoki kamaytirish bilan taqsimlab boriladi. Yuklamani o’zgartirish uchun har xil metodik usullar mavjuddir. Buni qisqa vaqtli tanaffuslarda xatoni taxlil qilish, ochkolarni xisoblash, o’yin qoidalarini aniqlash, yordamchilarni tayinlash, yugurib o’tish uchun masofani qisqartirish, o’yinda takrorlash sonini kamaytirish va xokozo shuning uchun ulardan foydalanishni uyushtirish mumkin. Ularni faoligini oshirish uchun, o’ynovchilarni guruxlar bo’lib yugurib boshqa joyga o’tish masofasini oshirib borib, qo’shimcha to’siqlar bilan to’ldirib, o’yin qatnashchilarini harakatchanligini oshirish mumkin.
O’yin boshilar uzoq vaqt davomida damolmasdan harakatda bo’lishiga, yo’l qo’ymaslik shart. O’yin boshlarini vaqti-vaqti bilan hattoki, agarda ular yutaolmaslar ham almashtirishni tavsiya qilinadi.
Barcha o’ynovchilar iloji boricha hamma o’ynovchilar taxminan bir xil yuklama olishlari shart. SHuning uchun o’ynda yutqazgan o’yinchilarni (agarda bu o’yin qoidasi bo’yicha talab qilinsa) faqatgina qisqa vaqtga chaqirish mumkin. Eng yaxshisi ularni o’yindan chiqarmaslik kerak, uni o’rniga jorima ochko berilgani ma’qul bo’ladi.
Tibbiy nazorat ma’lumotlarini xisobga olish kerak, aloxida diqqat-e’tiborni zaif bolalarga qaratilishi zarur. Ular uchun yakkama-yakka yuklama berish, ya’ni qisqartirilgan masofa, yengilashtirilgan topshiriq o’yinda bo’lishi vaqtini qisqartirishi maqsadga muvoffiqdir.
Ochiq xavoda o’tkaziladigan o’yinni davom etishi shuningdek obi-xavo sharoitiga bog’liqdir. Ochiq xavoda o’tkaziladigan mashg’ulot vaqtida organizmga harakatni fiziologik ta’sir etishi oshib boradi.
O’yndagi yuklama o’yin maydonchasini katta-kichikligiga bog’liq bo’ladi: maydon qancha katta bo’lsa, o’yin qatnashchilari shuncha ko’p yuklama oladilar.
SHunday qilib taqsimlash o’yin o’tkazish sharoiti va metodikasi bo’yicha aniqlanadi.