Ma`ruza mashg`ulotlarini ta`lim texnologiyasi


O’YINNI DASTLABKI TAXLILI



Yüklə 5,51 Mb.
səhifə8/15
tarix19.11.2023
ölçüsü5,51 Mb.
#133345
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fanidan 2 ma`ruza darsi (1)

O’YINNI DASTLABKI TAXLILI
Raxbar o’yinni bolalar yoshiga mo’ljallab o’yinni barcha jaryonini dastlab o’ylab va ko’ra bilishi shart, chunki uni qanday mamentlarda ortiq qiziqib ketishi, o’ynovchilarning nojo’ya bilan qilgan xulqlari, ularni qizikishlarini pasayib ketishlarini kelib chiqarishi mumkin, bunday yoqmaydigan xolatlarni oldini olish uchun, avvaldan o’ylab ko’rish kerak.
Bolalarni yaxshi ko’radigan raxbar o’ynovchilar o’rtasidan kimni kapitan, birinchi o’yinboshini, qamroq uyushgan bolalarga qanday rolni berishni, bo’sh va passiv o’yinchilarni qanday qilib o’yinga jalb qilishni oldindan o’ylab ko’rishi shart.
Ayrim o’yinchilarni o’tkazish uchun u oldindan o’yin qatnashchilaridan yordamchilarni belgilab qo’yadi, ularni vazifasini aniqlaydi va agarda kerak bo’lsa ularga tayyorlanish uchun imkoniyat beradi (masalan, joylarda o’tkaziladigan o’yinlarda). Yordamchilar oldindan o’yin qoidalari va uni o’tkazish joylari bilan tanishadilar.
Eng muximi, jamoada jamoaga qiziqish uyug’otish, o’zlarini shaxsiy qobiliyatlarini namoyon qilishga, o’yinda o’rtoqlarini yurish-turish qoidalarini yaxshi o’zlashtirib olishi tashkilotchilik qobiliyatlarining singdirish, bolalar ijodini rivojlantirishga, o’yin jarayonidagi vaziyatni to’g’ri bo’lishiga va baxolashga yordam beradi.


O’YINCHILARNI TASHKIL ETISH. O’YINCHILARNI JOYLASHTIRISH VA O’YINNI TUSHUNTIRISHDA RAHBARNI JOYI
O’yinni tushuntirishdan oldin, o’yin qatnashchilarini shunday qo’yish kerakki, chunki ular raxbarni yaxshi ko’rishlari va uni so’zlab berishini eshtishlari kerak. Eng yaxshisi o’ynovchilarni dastlabki xolatga turg’izishlari kerakki, chunki shu xolatdan ular o’yinni boshlaydilar.
Agarda o’yini boshlash uchun o’yin qatnashchilari doirada tursalar, raxbar o’yinni tushintirish uchun o’ynovchilar orasida turadi. Ko’p sonli o’ynovchilar qatnashadigan ommaviy o’yinlarda u 1-2 qadam tashlab doira o’rtasida turadi. Doira markazida turish mumkin emas, chunki yarim o’ynovchilar raxbar orqasida turib qoladilar. Agarda o’ynovchilar ikki komandaga bo’lingan bo’linib va biri ikkinchisiga katta masofada qarama-qarshi saftortib turgan bo’lsa (“Oq terakmi, ko’k terak”, “Nomerlarni chaqirish”, “Ikki qo’lda to’p uzatish”), bularga tushintirish uchun komandalarni yaqinlashtirish kerak, so’ngra ularni “uylar” chegarasigachan olib boriladi. Raxbar bunday xolatda, o’yinni tushintirish paytida, o’ynovchilarni orasida maydonchani o’rtasida yon tomondagi chegarasida turadi u gox u komandaga, gox bu komandaga murojat qiladi. Agar o’yin sochilib harakat bilan bajarilsa (“Quvlashmachoq”), unda o’ynovchilarni safga turg’izadai, ular kam bo’lsa yoki o’zlari oldida guruxlarga bo’ladi, chunki ularni barchasi raxbarni yaxshi ko’rishlari va eshitishlari kerak.
O’yinni tushintirish vaqtida bolalarni yuzini quyoshga qaratib yoki oynaga qaratib qo’ymaslik kerak (ular raxbarni yomon ko’rishlari mumkin). Raxbar eng ko’rinarli joyda barcha o’yin qatnashchilarini ko’rish va ularni xulq-atvorini nazorat qilish uchun ko’rinarli joyda yon tomonida yoki yorug’likka yuzi bilan turishi kerak.

Yüklə 5,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin