HARAKATLI O’YINLARNI DARSNI ASOSIY QISMIGA MOS HOLDA O’TKAZISH METODIKASI
Harakatli o’yinlar jismoniy tarbiya metodi va vositasi sifatida maktabda jismoniy tarbiya darsida va sinfdan tashqari mashg’ulotlarda keng qo’llaniladi.
Harakatli o’yinlar jismoniy tarbiya bo’yicha maktab dasturiga mos ravishda 1-9 sinflarda gimnastika, yengil atletika, sport o’yinlari, kurash, suzish bilan birga qo’shib olib boriladi.
Jismoniy tarbiya darslarida harakatli o’yinlar dastur talablariga mos ravishda ta’limiy, tarbiyaviy va sog’lomlashtirish vazifalarini xal etishi uchun foydalaniladi.
Ta’limiy vazifalarga quyidagilar kiradi: yugurish, sakrash, uloqtirish malakalarini mustaxkamlash va takomillashtirish shuningdek gimnastika, yengil atletika, sport o’yinlari, kurash va suzish mashg’ulotlarida egalagan malakalarga ega bo’ladi.
Tarbiyaviy vazifalarga quyidagilar kiradi: jismoniy (tezkorlik, epchillik, kuch, merganlik, chidamlilik) va axloqiy irodaviy sifatlar (jasurlik, xalolik, jamoatchilik va x.k).
Sog’lomlashtirish vazifasiga o’quvchilarning organizimini normal rivojlantirishga, ularni sog’lig’ini mustaxkamlashga yordam beradi.
Yuqorida aytib o’tilgan vazifalar bir-biri bilan o’zaro chambarchas bog’liqdir. Ularni xal etishda o’quv tarbiyaviy jarayonni har xil tomonlarini xisobga olish kerak. Xuddi shunday, “Kim chaqqon” o’yinini o’tkazishda chap berib yugurish tezligini takomillashtirish uchun, kichik maktab yoshidagi bolalarda bir vaqtni o’zida dadillikni, ziyraklikni, o’zini kuchiga ishonishni rivojlantirish mumkin.
Jismoniy tarbiya darslaridagi o’yinlarni boshqa mashg’ulot shakllaridan farqi eng muximi o’yinni ta’limiy va sog’lomlashtirish tomoniga diqqatni qaratish kerak, shuningdek jismoniy tarbiya sifatiga ham.
Dars uchun o’yin tanlashda, darsni vazifasini, o’quv materialini, o’yinga kiruvchi harakat turlarini, o’yinni fiziologik yuklamasini, ishlash uchun shart-sharoitni xisobga olish zarur.
Har bir o’yinda o’yin qatnashchilaridan bilim va malakalarini namayon qilishni talab qiladi, uni o’yin jarayonida takomillashtiradi. Elementar o’yinlarga maxsus tayyorgarlikni talab qilmay. Biroq shunday o’yinlar borki, murakkab harakatlardan tashkil topgan o’yinlar bor. Masalan, quyidagi o’yinlarni o’quvchilarga taklif qilish mumkin emas, (“To’p kapitanga”, “To’p o’rtadagiga”) agarda ular to’p oshirishni uni ilib olishni bilmasa va raqib bilan bir-biriga tegishida uzatishni, yaxshi reaktsiyaga harakat koordinatsiyasini va boshqa zarur bo’lgan sifat va malakalarini egalab ololmaydi.
Agarda darsni asosiy qismini hammasi o’yinga bag’ishlangan bo’lsa, bunda ko’proq harakatli o’yinlar bilan kamroq harakatlanadigan o’yinlar bilan almashlab olib boriladi, shu bilan birga harakatni xarakteri bo’yicha turli-tuman o’yinlar tanlab olinadi.
Harakatli o’yinlarni darsni hamma qismlariga kiritish mumkin. O’yin mazmuni shug’ullanuvchilarning tarkibiga va vazifasiga bog’liqdir. Darsni tayyorlov qismiga kam harakatli va murakkab bo’lmagan o’yinlarni kiritilishini tavsiya qilinadi, bu o’quvchilarni diqqatini tashkil qilishga (“Gurux tik tur!”, “Og’ma tayoq!”) yordam beradi, shuningdek o’rtacha harakatdagi o’yinlar bilan bajariladigan umumrivojlantiruvchi harakterdagi mashqlar (“Taqiqlangan harakat”) dir. Darsni asosiy qisimda tez yugurish, chap berish yoki aldab o’tish chidamlilik, to’siqni oshib o’tish har xil sakrashlar qarshilik ko’rsatish, kurash, qo’zg’aluvchan va qo’zg’almaydigan nishoga uloqtirish bilan bajarilad