Muammoli o’qitish -o’quv mashg’ulotini tashkil etish shakli bo’lib, unda pedagog rahbarligida
muammoli vaziyat yuzaga keltiriladi va uning hal qilinishida ta'lim
oluvchilar faol mustaqil
harakat qiladilar.
Muammoli vaziyat - o’quv vaziyati bo’lib, u mashaqqat bilan hal qilinadigan masala tufayli
yuzaga keladi.
Muloqotning yetakchi turi - rivojlanishning ma'lum bir davrida
atrofidagi kishilar bilan
muomalada yetakchilik qiladigan muloqot turi bo’lib, uning natijasida shaxsning asosiy sifatlari
shakllanadi.
Munozara — 1) matbuotda, suhbatda biror bahsli masalani muhokama qilish, bahs; 2) muayyan
muammo bo’yicha fikr almashishga asoslangan ta'lim metodi.
Pedagogik texnologiya - 1) oldindan loyihalashtirilgan pedagogik jarayonni amaliyotda rejali va
bir maromda tatbiq etish yoki pedagogik masalani yechishga qaratilgan pedagogning uzluksiz
o’zaro bog’langan harakatlari tizimidir; 2) ta'lim va tarbiya metodlarining u yoki bu to’plamini
qo’llash bilan bog’liq bo’lgan pedagogning uzluksiz, o’zaro shartlangan harakatlari tizimidir; 3)
pedagogning yutuqlariga kafolat beradigan aniq ishlab chiqilgan va qatiy ilmiy loyihalashtirilgan
pedagogik harakat; 4) ta'lim shakllarini optimallashtirishga qaratilgan
va texnika hamda inson
omillari, uning o’zaro hamkorligi asosida o’qitish jarayoni va bilimlarni egallash,
yaratish,
qo’llash va belgilashning tizimli metodidir.
Dostları ilə paylaş: