Umumiy o’rta ta'limning davlat ta'lim standartlari talablari boshlang’ich ta'lim hamda umumiy
o’rta ta'lim bitiruvchilariga qo’yiladi. 4-sinfni va 9-sinfni bitiruvchi har bir o’quvchi davlat ta'lim
standartlarida belgilangan bilim, ko’nikma va malakalarga erishgan bo’lishi shart.
Ta'lim standartlari joriy qilinsa, davlat buyurtmachi sifatida ta'lim muassalari oldiga vazifa
qo’yadi. Mazkur muassasalar esa ana shu vazifalarni yaxshiroq uddalash uchun o’quvchilarga
qaysi bosqichda qancha bilim, ko’nikma, malaka yoki ma'naviy sifatlar singdirish lozimligini
aniq belgilab olgan holda ish ko’radi. Shu tariqa ta'lim-tarbiya jarayoni tavakkalchilikdan, ko’r-
ko’rona faoliyat ko’rsatishdan qutuladi, ilmiy asoslangan me'yoriy talablar asosida faoliyat
ko’rsatadi.
Ta'lim-tarbiya jarayoniga DTSni joriy etish talablari rivojlangan G’arb mamlakatlari tajribasiga
asoslanadi. Ammo, shuni ham aytish kerakki, hali dunyodagi birorta jamiyatda ta'limni
standartlashtirish keng ko’lamda amalga oshirilayotgani yo’q. Chunonchi, mazkur yumushga
birinchi bo’lib qo’l urgan Frantsiyada bu ish hanuzgacha sinov darajasida, AQShda esa DTS
yaratishga endigina kirishilmoqda. Yaponiya va Germaniya ta'lim muassasalarida mazkur
muammoni hal etish rejalashtirish bosqichida turibdi. O’zbekistonda ta'lim standartlari
masalasiga davlat miqyosida yondashildi va uni ilmiy yo’sinda hal etishdan tashqari, ta'lim-
tarbiya amaliyotiga joriy qilish maqsadida uzoq vaqg izlanishlar olib borildi, tajriba-sinovlar
amalga oshirildi.
Shuni aytish kerakki, davlat ta'lim standartlari atamasi XX asrning 70-yillarida tug’ilgan va
endigina amalga oshirila boshlagan bo’lsada, aslida u bugun paydo bo’lgan yangilik emas.
Negaki, ta'lim-tarbiya tushunchasi oddiga muayyan talablar qo’yila boshlagan zamonlardan
buyon shunday me'yorlar mavjud. Faqat qadimda ular standart deb atalmagan. Lekin mohiyat
e'tibori bilan har qanday jamiyat tarbiya muassasalari davlatga qarashli bo’lmagan zamonlarda
ham o’z talablari tizimiga ega bo’lgan. Chunki ta'lim-tarbiya muassasasini bitiruvchisi muayyan
jamiyatda yashashi, faoliyat ko’rsatishi lozim. Binobarin, u o’sha jamiyat talablari darajasidagi
bilim, ko’nikma va malakalarni egayalashi shart hisoblangan.
Mamlakatimizda pedagogika lmi ham, amaliyoti ham yangilanib bormoqda. Ma'lumki. har
qanday millatning yangilanishi yoshlar tarbiyasidan boshlanadi. Yoshlar esa bugungi kunda
oilada va asosan ta'lim-tarbiya muassasalarida shakllantiriladi. Shuning uchun ham, mustaqil
davlatimiz va uning rahbariyati ana shu muassasalar faoliyati imkon qadar zamon talablari
darajasida bo’lishiga e'tiborini qaratmoqda. DTS barkamol shaxsni shakllantirishga
yo’naltirilgan pedagogyka faoliyatidagi samaradorlikni nazorat qilish vositasidir. Hozir
yaratilayotgan barcha didaktik vositalarning ana shu standartlarga muvofiq bo’lishiga katta
e'tibor berilmoqda.
Dostları ilə paylaş: