Ma’ruza matni pedagogika instituti Tarix fakulteti talabalari uchun “Tarix o'qitish metodikasi” fanini o’rganishda yordamchi ma’ruza matni bo’lib, unda mazkur fanning dolzarb muammolari yoritilgan



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/43
tarix28.04.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#126014
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   43
Uchinchidan: Balandparvoz iboralar yig’indisidan tashkil topgan «vataniarvarlik» partiya 
hujjatlarida nazariy jihatdan asoslanib, «sovet jamiyatining o’tgan davr ichida qo’lga 
kiritilgan asosiy yutug’i bu yagona sovet xalqlarining shakllantirishdir!» deb, xalq maorifi 
xodimlari oldiga, jumladin tarix o’qituvchilariga yosh avlodni alohida olingan ma'lum bir xalq, 
millatning milliy va ma'naviy an'analari ruhida emas, xayolan «shakllaigan» sovet xalqi 


vatanpavarligi ruhida tarbiyalashni singdnrishga undar edi. Shunday ekan, bugungi kun tarix fani 
o’qituvchisi tarix ta'lnmini targ’ib etishda ayrim tarixiy shior va chaqiriqlarning ma'lum tarixiy 
davr, tarixiy sharoit va uning manfaatidan kelib chiqqan bo’lishi sabab va mohiyatlarini ham 
tarix o’qitish metodikasidagi eng asosiy talab va tushuncha yo’nalishidan kelib chiqib unga 
mutlaq rioya etish lozim. 
Masalan, o’qituvchi «1941 - 45 - yillarda O’zbekiston» mavzusini o’tar ekap, fanlararo 
aloqa metodidan foydalanib, o’quvchilar e'tiborini G’.G’ulomning urush yillarida umumxalq 
shioriga aylangan «buyuk Vatanning buyuk farzandi, bilib qo’yki seni Vatan kutadi» degan 
chaqirig’iga jalb etadi.Bu shior so’zsiz o’z davrining jangovar chaqirig’i yozuvchining fuqarolik 
burchini vijdonan ado etishdagi oliy mezon edi. Boshqacha qilib aytganda, sovet yozuvchisi 
ustqurmaning faol elementi sifatida o’z bazisiga sodiq xizmat qilishi kerak edi. Boshqacha 
bo’lishi mumkin ham emas edi. Lekin o’sha suronli 40 – yillarda «Buyuk Vatan» tushunchasiga 
ega o’zini azaliy orzusi o’z mustaqilligiga erishgan xalq – o’zbeklarga bugungi kunda qanday 
munosabatda bo’lishimiz kerak? Shu chaqiriq o’sha davrdagi «Vatan» tushunchasi bugungi 
kunda ham o’z mohiyatini saqlab turibdimi? Buning uchun dars jarayonida 4) faqatgina darslik 
materiali bilan kifoyalanib qolmasdan, mavzuga dior qo’shimcha adabiyotlar, turli metodik 
vositalardan, jumladan ekran qo’llanmalari, magnitofon yozuvlari, teledarslar, mavzuning 
mazmuniga qarab muzey darslari yoki seminar darslaridan maqsadga muvofiq foydalanmog’i 
kerak. 
Bugungi kunda mamlakatimizning bozor iqtisodiga o’tishi munosabati bilan o’quvchilarni 
o’qishga qiziqishlari borasida turlicha yondashish, qiziqishlarini bir xil emasliklari yaqqol ko’zga 
tashlanmoqda. Ularni o’rab turgan ijtimoiy muhit o’quvchi yoshlarimiz dunyoqarashlarida o’z 
tamg’alarini qoldirmoqda. Bunday sharoitda tarix o’qituvchisining vazifasi sinfda mavjud 
bo’lgan barcha o’quvchilar diqqat – e’tiborlarini ularga nisbatan diferensiatsiya usulini qo’llab, 
bir vaqtda ularning hammalari uchun maqbul bo’lgan tarixiy materilni bayon qilish bilan
ikkinchi tomondan har bir o’quvchining qiziqishlarini hisobga olgan holda unga 
individual yondashmoqqa harakat qilmog’i kerak. 
Dars jaryonida o’quvchilar faoliyatiga differensial yondashuv qanday nazorat etilsa, 
ularning uy vazifalarini bajarishlarini nazorat etish ham shunday amalga oshirib borilmog’i 
kerak. 
Shuni aloxida takidlab o’tish lozimki, tarix darsining mazmuni mustaqil O’zbekiston 
Respublikasining yoshlar orasida olib boriladigan mafkuraviy ishlar vaznfalariga mos kelishi
tarix o’rganishning turmush bilan aloqasini bog’langanligida, O’zbekiston kelajagi buyuk davlat 
bo’lishini nazariy va amaliy ishlar bilan bog’lab olib borishga yo’naltirilgan bo’lmog’i kerak. 
Tarix darslar o’quvchi yoshlarda shunday qat'iy tushunchani mustahkam shakllantirmog’i 
kerakki, Prezidentimiz I.A.Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi XV 
sessiyasida alohida qayd etib o’tganidek, «Kelajak o’z — o’zidan kelmaydi. U bugungi 
mashaqqatli mehnat bilan yaratiladi. Bugun yaratgan ishlarimiz kelajakka ham o’tadi. Agar 
bugun shoshilib nimanidir unutsak, kelajak avlodlar o’sha narsadan mahrum bo’ladilar. Jamiyat 
madaniyatsiz, ma'naviy – axloqiy qadriyatlarsiz yashay olmaydi. Ularni pisand qilmagan jamiyat 
pirovardi – oqibatda tanazzulga yuz tutadi» degan konsepsiya bilan yo’g’rilgan bo’lmog’i kerak. 
Tarix darslari samaradorligini oshirib borish uchun o’qituvchi tarix fanining rivojlanib 
borishini doimiy ravishda kuzatib bormog’i lozim. Ayniqsa, yuqori sinf o’quvchilarini tarixdan 
chop etilayotgan yangi asarlar mazmuni bilan tanishtirib borishlari o’quvchi yoshlarda tarixni 
o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini yanada o’sishiga olib keladi. 

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin