Ma’ruza matni pedagogika instituti Tarix fakulteti talabalari uchun “Tarix o'qitish metodikasi” fanini o’rganishda yordamchi ma’ruza matni bo’lib, unda mazkur fanning dolzarb muammolari yoritilgan


MAVZU: Tarix o’qitishda o’lkashunoslik materiallaridan foydalanish



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/43
tarix28.04.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#126014
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   43
 
MAVZU: Tarix o’qitishda o’lkashunoslik materiallaridan foydalanish. 
 
 
REJA: 
 
1. 
Tarix darslarida tarixiy o’lkashunoslikning o’rni. 
2. 
Tarix o’qitishda o’lka materiallarining tutgan o’rni va undan foydalanish 
metodlari. 
3. 
Tarixiy o’lkashunoslikning ahamiyati. 
4. O’zbekiston hududidagi tarixiy durdonalar. 
TAYANCH TUSHUNCHALAR 
O’lkashunoslik turlari: ilmiy yoki davlat o’lkashunosligi, jamoat o’lkashunosligi, muzey 
eksponatlari, o’lkashunoslikning asosiy manbalari va metodologiyasi. 
O’rta Osiyo eng qadimgi madaniyat markazlaridan hisoblanadi. O’zbeklar shu 
o’lkaning qadimgi xalqlaridan biri bo’li, ko’hna va boy tarixga egadir. Ularning O’rta 
Osiyodagina emas, balki jahondagi davlatlar ijtimoiy – iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotida 
tutgan o’rni ham salmoqlidir. O’zbekistonning mustaqil davlat deb e'lon qilinishi
respublikamizning bugungi kunigina emas, balki istiqbolini ham belgilab beruvchi asosiy
omildir. O’zbekiston Respublikasining istiqlol yo’li avlod – ajdodlarimizning tarixiy an'analari
va ma'naviy boyliklariga suyangan holda tanlab olindi. Zotan, mustaqillik yo’li O’zbekiston 
xalqlarining tarixiy an'analari va ma'naviy boyliklarini qayta tiklovchi, Yangi mazmun bilan 


boyituvchi yo’ldir. Bu esa tarix o’qitishni milliy asosga qurishni, xalqimizning mehnatsevarlik,
hamkorlik, do’stlik, insonparvarlik, ozodlik va mustaqillik, ma'rifatparvarlik kabi
an'analari, imon, insof, mehr – oqibat, or-nomus, kattaga hurmat, kichikka izzat, Vatanga 
hamda xalqqa sadoqat kabi olijanob fazilatlarini chuqur o’rganishni asosiy vazifa qilib
qo’yadi. Respublikamiz mustaqillikka erishgach, respublikamiz maktablarida O’zbekiston
tarixining mukammal o’rganilishi va o’qitilishi o’quvchilarning mamlakatimiz xalqi tarixi
rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini bilib olishlari uchun ham qulay sharoit yaratadi,
ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga yordam beradi. 
Tarix fani dasturida o’lkani o’rganish, tarixiy o’lkashunoslik ishlari natijasida to’plangan
materiallardan dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarda foydalanishga ham o’rin berilgan.
Ilg’or o’qituvchilar tajribasi va bu tajribalardan kelib chiqadigan xulosalar O’zbekiston 
tarixini o’rganishda o’lka tarixi va mahalliy materiallaridan foydalanish o’quvchilar bilimini 
kengaytirishi va chuqurlashtirishni tasdiqlaydi. 
Tarix o’qitishda tarixiy o’lkashunoslik materiallaridan foydalanish muhim talablardan 
birini, ya'ni o’qitishni xayot bilan, mustaqillikning rivojlanishi bilan bog’lab olib borish
haqidagi tamoyilni anglab oshirishga yordam beradi. 
O’lka materiali tarix kursidagi tarixiy dalillarni voqea va hodisalarni oydinlashtirish, ular 
haqida o’quvchilarda aniq tarixiy tasavvur paydo qilishga yordam beradi, o’qitishning 
samaradorligini oshiradi, darsda tarixiy o’tmishni «jonli tarzda idrok etish» uchun o’ziga xos 
psixologik holatni yuzaga keltiradi, o’quvchilar uchun yaqin, tanish va tushunarli dalillarni 
tahlil qilih imkonini beradi. 
O’lkashunoslik to’g’risida to’xtaladigan bo’lsak, o’lkashunoslik 3 ga bo’linadi. 
1. 
Ilmiy, ya'ni davlat o’lkashunosligi; 
2. 
Jamoat o’lkashunosligi; 
3. 
Maktab o’lkashunosligi; 
Har uchala turi bir – biri bilan chambarchas bog’liq bo’lib, bir – birini to’ldiradi. 
Davlat o’lkashunosligi bilan Respublika tarixiy va madaniy yodgorliklarni muxofaza qilish 
hamda ulardan foydalanish qo’mitasi, muzeylar, Respublika Fanlar Akademiyasi qoshidagi
tarix, arxeologiya ilmiy – tadqiqot instituti shug’ullanadi. 
Jamoat o’lkashunosligi qishloq, ovul, qo’rg’on, tuman, shahar va viloyat hududidagi
tarixiy obidalarini saqlash, asrash ishlariga boshchilik qiladi. Odamlarning etnogenezi va urf 
– odatlarini o’rganadi. 
Maktab o’lkashunosligi esa maktabda bevosita tarix o’qituvchilari rahbarligida tuziladi.
Maktab o’lkashunosligi tarix fanlaridan olgan bilimlarni oydinlashtiradi, kengaytiradi hamda 
har xil fanlarning o’zaro aloqalarini ta'minlaydi. 
Maktab o’lkashunosligi tarixiy obidalarni saqlash va himoya qilish, qadimiy manzilgohlarni 
topishda ham katta yordam beradi. U o’qituvchilarga sinchikovlik, tirishqoqlik, tevarak – 
atrofga havas bilan boqish, tadqiqotga qiziqish, Vatanni sevish va uni ardoqlash hislari 
shakllantirib boradi. Darhaqiqat, maktab o’lkashunosligi o’quvchilarda o’z Vataniga mehr 
uyg’otish bilan birga ularni estetik ruhda tarbiyalashga ham munosib hissa qo’shadi. 
II. Tarix darslari va darslardan tashqari mashg’ulotlarda o’lka materialining tutgan o’rni tarix 
dasturi talablari bilan va mahalliy materialning mohiyatiga qarab belgilanadigan o’lka 
materiallari asosan 2 turga bo’linadi. 
1. Tarix dasturi va darsliklarga kiritilgan, Vatan tarixini o’rganish uchun eng muhim voqealarga 
doir materiallar. O’lkashunoslik materialining bu turidan foydalanish o’quvchilarga
umumiy tarixiy mavzularni mahalliy o’lka tarixi bilan bo’lab o’rganish imkoniyatini beradi.
Masalan, 9 – sinfda «Birinchi jahon urushi» to’g’risidagi mavzuni «Jahon tarixi» fanidan
o’tayotganda, o’sha davrda O’zbekistonda, xususan mahalliy o’lkada ijtimoiy, iqtisodiy, 
siyosiy ahvol, urushga munosabat to’g’risidagi dalillarni keltirish joiz. 
2. Tarix dasturi va darsliklarga kiritilmagan, ammo tarixni o’rganishda ta'lim – tarbiyaviy 
jihatdan juda muhim o’quvchilarni mustaqil va ijodiy ishlashga o’rganishning muhim vositasi 


bo’lib xizmat qiladigan binobarin, qo’shimcha ravishda kiritilishi zarur bo’lgan o’lka
materiallari. O’lka materiallarining bu turidan: 
A)
Vatan mikyosidagi voqealarda o’lkaning tutgan o’rnini ko’rsatish maqsadida 
foydalaniladi. Masalan, «Vatan urushining tugashi» mavzusini o’qituvchi o’z shahri yoki
kqshlog’iga urushdagi g’alabaning kirib kelishi, uning katta ahamiyat kasb etganligi bilan 
yakunlaydi. 
B) Mahalliy material umumiy tarixiy hodisalarni oydinlashtirishga xizmat qiladi. 
V)
O’ lka materiallari o’quvchilarga umumiy tarixiy jarayonlar va qonuniyatlarni
tushuntirishda asosiy dalil bo’lib xizmat qiladi. 
G)
O’ka materiali tarixni zamonga bog’lab tushuntirishda mustaqillikning afzalliklarini 
hayotiy misollarda, ishonarli tarzda ko’rsatib berishda muhim vosita bo’lib xizmat qiladi.
Masalan, o’qituvchi respublikamizning sobiq ittifoq tarkibida bo’lgan davridagi salbiy 
tomonlarini gapirib, o’lkamizda mustaqillikning afzalliklarini isbotlab beradi. 
Tarix o’qitishda o’lka materiallaridan quyidagi usullar yordamida foydalaniladi. 
1. 
Mahalliy o’lka materiali asosida maxsus darslar o’tkazilib, o’quvchilarning umum 
tarixiy mavzular bo’yicha bilimlari kengaytiriladi va to’ldiriladi. 
2. 
O’lka materiali umumtarixiy mavzuning uzviy qismini tashkil etishi, mavzu ichidagi 
masalalarning birortasini yoritish uchun asos qilib olinishi mumkin.
3. 
O’lka materiali o’qituvchi bayonini aniqlashtirish, uning ishonchli bo’lishini 
ta'minlash, tasdiqlash yoki to’ldirish uchun xizmat qiladi. 
4. 
O’lka materiali asosida dars jarayonida va darsdan tashqari mashgulotlarda, ayniqsa 
o’lkashunoslik to’garaklarida o’quvchilarning mustaqil ishlari tashkil etiladi. 
Shunday qilib, tarix o’qitishda o’lka materialidan foydalanish o’quvchilarga yaqin, tanish 
va tushunarli bo’lgan materiallarni tahlil qilish va umumlashtirish hamda ular haqidagi mavjud
tasavvurlarini ishga solishga yordam beradi, ularning darsdagi bilish faoliyatini yanada 
faollashtiradi, o’qitishning samaradorligini oshirishga yordam beradi. 
Tarix o’qitishda o’lka materiallaridan foydalanish afzalligining sabablaridan biri shuki,
dars asosan ko’rsatmali metodga, o’lka muzeylari, tarixiy joylar va tarixiy yodgorliklarga 
asoslanadi. Shuningdek, to’la yoki qisman o’ka materiali asosan o’tkaziladigan darslarda 
o’quvchilarning o’qituvchi rahbarligida o’lkani mustaqil o’rganish asosida tayyorlagan 
ma'ruzalari eshitiladi. O’qituvchi bosh bo’lib o’quvchilar to’plagan va tartibga solgan o’lka 
materiallaridan darsda foydalanish sinfdan tashqari o’lkashunoslik ishlarini bilan darslardagi 
o’lkashunoslik mazmunini bog’laydi.

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin