Ma’ruza matni pedagogika instituti Tarix fakulteti talabalari uchun “Tarix o'qitish metodikasi” fanini o’rganishda yordamchi ma’ruza matni bo’lib, unda mazkur fanning dolzarb muammolari yoritilgan



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/43
tarix28.04.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#126014
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
qo’llash bu yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o’quv 
jarayonida qo’llashdir. 
O’qitish uslublari va texnikalari. Ma’ruza (kirish, mavzuiy, 
ma’lumotli, ko’rgazmali (vizuallashgan), anjuman, aniq vaziyatlarni 
yechish), munozara, muammoli uslub, pinbord, aqliy hujum, tezkor-
so’rov, savol-javob, amaliy ishlash usullari. 
O’qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot, 
hamkorlik va o’zaro o’qitishga asolangan frontal, jamoaviy va 
guruhlarda o’qitish. 


O’qitish vositalari: o’qitishning an’anaviy vositalari (o’quv qo’llanma, 
ma’ruza matni, tarqatma materiallar) bilan bir qatorda – chizmali 
organayzerlar, kompyuter va axborot texnologiyalari. 
Kommunikatsiya usullari: talabalar bilan tezkor qaytar aloqaga 
asoslangan bevosita o’zaro munosabatlar. 
Qaytar aloqalarning (ma’lumotning) usul va vositalaritezkor-
so’rov, o’qitish diagnostikasi. 
Boshqarish usullari va vositalari: o’quv mashg’uloti bosqichlarini 
belgilab 
beruvchi 
texnologik 
karta 
ko’rinishidagi 
o’quv 
mashg’ulotlarini rejalashtirish, qo’yilgan maqsadga erishishda 
o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya 
mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati. 
Monitoring va baholash: o’quv mashg’ulotida va butun kurs 
davomida mavzu yuzasidan nazorat savollarini berib borish orqali 
o’qitishning natijalari rejali tarzda kuzatib boriladi. Kurs oxirida test 
topshiriqlari yordamida talabalarning bilimlari baholanadi. 
Ushbu o’quv-uslubiy majmua asosida “Tarix o’qitish metodikasi”
yaratilgan bo’lib, unda ma’ruzalarni o’rganish bo’yicha bakalavr ta’lim 
yo’nalishlari uchun davlat ta’lim standarti, o’quv dasturi, o’quv 
qo’llanma, ta’lim texnologiyasi, ko’rgazmali taqdimot slaydlari, test 
savollari, kurs ishi va bitiruv malakaviy ishlar mavzulari ro’yxati 
jamlangan. 
Mazkur o’quv-uslubiy majmuada hozirgi zamon “Tarix o’qitish 
metodikasi” masalalarini o’rganish ko’zda tutilgan. Bo’lajak 
bakalavrlarni o’rta umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-
hunar kollejlarida amaliy mashg’ulotlar olib borish ko’nikma va 
malakalarini shakillantirish, bo’lajak o’qituvchilarni Tarix o’qitish 
metodikasining mazmuni, ilmiy-tadqiqot metodlari bilan tanishtirish.
Dastur ma’ruzalar va seminar mashg’ulotlarini internetdan olingan 
yangi ma’lumotlar asosida ko’rilishini ko’zda tutadi. 
Mazkur o’quv-uslubiy majmua oliy o’quv yurtlari talabalari uchun 
tavsiya etiladi. Shu bilan birga o’quv-uslubiy majmuadan o’qituvchilar, 
ilmiy 
xodimlar, 
aspirant 
va 
tadqiqotchilar, 
magistrantlar, 
respublikamizda metodika sohasida olib borilayotgan ilmiy 
tadqiqotlarga qiziquvchilar foydalanishlari mumkin. 

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin