Ma’ruza matni pedagogika instituti Tarix fakulteti talabalari uchun “Tarix o'qitish metodikasi” fanini o’rganishda yordamchi ma’ruza matni bo’lib, unda mazkur fanning dolzarb muammolari yoritilgan


Mavzu: Davlat Ta'lim Standartlari, dastur va darsliklarning tuzilishi va mazmuni



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/43
tarix28.04.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#126014
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Mavzu: Davlat Ta'lim Standartlari, dastur va darsliklarning tuzilishi va mazmuni 
Reja: 
1. Tarix bo’yicha DTS tuzilishi va mazmuni. 
2. O’rta umumta'lim o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimlari uchun yaratilgan o’quv 
dasturlari tuzilishi, mazmuni. 
3. O’rta talim tizimi va o’rta maxsus talim tizimida tarixiy bilimlar strukturasi. 
 
 
 
 
 
Tayanch iboralar 
 
Ta’lim sohasida Davlat ta’lim standartlari, tarix fanlari bo’yicha o’rta umumiy 
ta’lim va o’rta maxsus ta’lim tizimi uchun yaratilgan o’quv dasturlarinng mazmun – 
mohiyati, tarixiy bilimlar strukturasi. 
Ta'lim taraqqiyotining barcha jabhalarida ko’zlangan bosh maqsad — Respublika ta'limini o’sib 
kelayottan yosh avlod ta'lim-tarbiyasini milliy istiqlol g’oyalari, talablari asosida tashkil etish; 
jamiyatimiz qadam qo’ygan XXI asr ta'limini taraqqiyot, ma'naviy-madaniy qarashlar ruhida 
bo’lishini, eng muhimi, jahon andozalariga javob bera oladigan darajada bo’lishini ta'minlashdir. 
Shu maqsadlarni amalga oshirish yo’lida bajarilgan dastlabki tashkiliy tadbirlarning ayrimlarini 
ko’rib chiqamiz. 
Avvalambor, bu ikki Qonunni ta'lim muassasalari amaliyotiga tadbiq qilish maqsadida alohida 
istiqbol dasturi ishlab chiqilib, Vazirlik hay'ati majlisida tasdiqlandi. Bu hujjatlarning maqsad va 
mohiyati barcha vositalar orqali ta'lim muassasalarida, ota-onalar, aholi o’rtasida keng 
tushuntirildi. Ta'limga oid me'yoriy hujjatlar: kontseptsiyalar, davlat ta'lim standartlari talablari, 
o’quv rejalari va dasturlari, Nizomlar va boshqa me'yoriy hujjatlar yuqoridagi ikki Qonun 
moddalariga muvofiqlashtirildi. Respublikada uzluksiz ta'lim tizimi uzil-kesil shakllantirildi. 


“Talim to’g’risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi Qonunlarning qabul 
qilinishi mamlakatimiz salohiyatining beqiyos rivojlanishi, mustaqil Respublikamizning jahonga 
keng qamrov bilan chiqishi uchun ulkan omildir. Shu boisdan ham O’zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining XIV sessiyasida hayotimizga samarali ta'sir etuvchi jabhalar qatorida ta'lim-
tarbiya tizimini tubdan o’zgartirish vazifalari ham ustuvor soha sifatida ko’rib chiqilganligi bejiz 
emas. 
Prezident Islom Karimov mazkur sessiyadagi nutqida bu masalaga favqulodda katta ahamiyat 
berib, ta'lim-tarbiya sohasidagi yutuq va kamchiliklarni tahlil etar ekan, tizimda yangilikka 
intilish bo’lmasa, taraqqiyot ham bo’lmasligini ta'kidladi. Bugun zamon talabi, ertaga bajarilishi 
kerak bo’lgan dolzarb vazifalar xalq ta'limi tizimini tubdan isloh qilish zarurligini taqozo 
etayotganini ko’rsatdi. Ma'lumki, sohaning asosiy bo’g’ini uzluksiz ta'limdan iborat. Davlatimiz 
rahbari uzluksiz ta'limni tashkil etishda uning jahon talablari darajasida bo’lishi hamda u yuksak 
ma'naviyat zaminida qurishiga katta ahamiyat berish kerakligani ta'kidlar ekan, davlat ta'lim 
standartlarini joriy etish va uning mexanizmini ishlab chiqish naqadar muximligiga e'tiborni 
qaratdi. Xo’sh, ta'limda davlat standarti nima? Ta'limni standartlashtirish insoniyatning ijtimoiy 
ongida ro’y bergan tub o’zgarishlar tufayli kelib chiqqan zaruratdir. Chunki, axborotlar 
almashinuvi maksimal chegaraga yetgan davrimizda dunyoning bir burchagida yashayotgan 
kishi ikkinchi qutbda sodir bo’layotgan voqealarni bilibgina qolmay, ularning ne boisda aynan 
shu tarzda ro’y berganini anglashi va xis qilishi zarurdir. Bir sayyorada bir vaqgda yashab turib, 
bir-birini tushunmaslik ba'zan insonlar o’rtasidagi munosabatlarni boshi berk ko’chaga kiritib 
qo’yishi mumkin. Shuning uchun ham iqtisodiy ahvoli va taraqqiyot darajasi turlicha bo’lgan 
davlatlarda yashovchi barcha kishilarning fikrlash darajasini iloji boricha bir xil holatga keltirish 
ehtiyoji paydo bo’ddi. Bu holat ta'lim standartlari deb atalmish tushunchani yuzaga chiqardi. 
Standart — ta'limda yaratilgan me'yoriy reja, dastur, darsliklarni o’zlashtirish ekvivalenti, ya'ni 
ta'lim mazmunini o’zlashtirish darajasidir. Standartni ishlab chiqishda o’quvchini haddan 
tashqari zo’riqgirib yubormaslik talablariga rioya qilish, ya'ni u o’quvchi yoshiga mos, uni 
bajarishga qurbi yetadigan darajada bo’lishi kerak. Bunda albatta, ta'lim oluvchining qiziqishi, 
xoxishi, ehtiyoji hisobga olinishi lozim. Ta'lim standartlarini o’zlashtirishda shaxsga muhim 
ahamiyat berilishi, unga yakka tartibda yondashilishi maqsadga muvofiqdir. Standartlarni o’quv 
jarayoniga tatbiq etishdan oldin o’ta puxtalik bilan tajriba-sinovdan o’tkaziladi va shu asosda 
bosqichma-bosqich o’quv jarayoniga kiritib boriladi. 
Davlat va jamiyat ta'lim muassasalari oldiga muayyan ijtimoiy buyurtmalar qo’yayotgan ekan, 
o’sha muassasalar tomonidan tayyorlanadigan kadr egallashi lozim bo’lgan ijtimoiy sifatlarning 
minimal chegarasini ham ko’rsatib berishi tabiiydir. Tarbiyalanuvchi yoki ta'lim oluvchilar 
egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma, malaka yoxud ma'naviy sifatlarning eng quyi miqdori 
ilmiy asoslarda belgilab berilgan rasmiy pedagogik hujjat —davlat ta'lim standarti hisoblanadi. 
Standartlarda belgilangan natijalarga erishilmasa, yo o’sha ko’rsatkichlarni egallay olmagan 
bola, yoxud yoshlarda muayyan mikdordagi bilim, ko’nikma, malaka va ma'naviy sifatlarni 
shakllantira olmagan pedagogikani mukammal deb bo’lmaydi. Bundan ko’rinib turibdiki, davlat 
ta'lim standarti (DTS) nazorat vositasi, ayni vaqgda, ta'lim muassasalarida ko’zlangan 
ko’rsatkichlarni qo’lga kiritish uchun zarur bo’lgan sharoitni belgilash o’lchovi hamdir. Davlat 
ta'lim standartlarining ko’rsatkichlari amaldagi mavjud ta'lim mazmunidan emas, balki 
shakllantirilayotgan o’quvchiga singdirishi lozim bo’lgan sifatlarning jahon bo’yicha zarur deb 
hisoblangan mikdoridan kelib chiqadi. 
Davlat ta'lim standartlarining ikki asosiy vazifasini alohida ta'kidlab ko’rsatish mumkin. Bunday 
standartlar umumiy o’rta o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida o’quvchilarga beriladigan 
ta'lim mazmunining majburiy minimumini hamda bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga 
qo’yiladigan talablar majmuasini belgilab beradi. Ta'lim mazmunining majburiy minimumi 
o’quv dasturlari va darsliklarda to’liq o’z ifodasini topishi shart. Bitiruvchilarning tayyorgarlik 
darajasiga ko’ra o’quvchi muayyan bosqichda egallashi shart bo’lgan bilim, ko’nikma va 
malakalarning minimal miqdori belgilanadi, 


Umumiy o’rta ta'limning davlat ta'lim standartlari talablari boshlang’ich ta'lim hamda umumiy 
o’rta ta'lim bitiruvchilariga qo’yiladi. 4-sinfni va 9-sinfni bitiruvchi har bir o’quvchi davlat ta'lim 
standartlarida belgilangan bilim, ko’nikma va malakalarga erishgan bo’lishi shart. 
Ta'lim standartlari joriy qilinsa, davlat buyurtmachi sifatida ta'lim muassalari oldiga vazifa 
qo’yadi. Mazkur muassasalar esa ana shu vazifalarni yaxshiroq uddalash uchun o’quvchilarga 
qaysi bosqichda qancha bilim, ko’nikma, malaka yoki ma'naviy sifatlar singdirish lozimligini 
aniq belgilab olgan holda ish ko’radi. Shu tariqa ta'lim-tarbiya jarayoni tavakkalchilikdan, ko’r-
ko’rona faoliyat ko’rsatishdan qutuladi, ilmiy asoslangan me'yoriy talablar asosida faoliyat 
ko’rsatadi. 
Ta'lim-tarbiya jarayoniga DTSni joriy etish talablari rivojlangan G’arb mamlakatlari tajribasiga 
asoslanadi. Ammo, shuni ham aytish kerakki, hali dunyodagi birorta jamiyatda ta'limni 
standartlashtirish keng ko’lamda amalga oshirilayotgani yo’q. Chunonchi, mazkur yumushga 
birinchi bo’lib qo’l urgan Frantsiyada bu ish hanuzgacha sinov darajasida, AQShda esa DTS 
yaratishga endigina kirishilmoqda. Yaponiya va Germaniya ta'lim muassasalarida mazkur 
muammoni hal etish rejalashtirish bosqichida turibdi. O’zbekistonda ta'lim standartlari 
masalasiga davlat miqyosida yondashildi va uni ilmiy yo’sinda hal etishdan tashqari, ta'lim-
tarbiya amaliyotiga joriy qilish maqsadida uzoq vaqg izlanishlar olib borildi, tajriba-sinovlar 
amalga oshirildi. 
Shuni aytish kerakki, davlat ta'lim standartlari atamasi XX asrning 70-yillarida tug’ilgan va 
endigina amalga oshirila boshlagan bo’lsada, aslida u bugun paydo bo’lgan yangilik emas. 
Negaki, ta'lim-tarbiya tushunchasi oddiga muayyan talablar qo’yila boshlagan zamonlardan 
buyon shunday me'yorlar mavjud. Faqat qadimda ular standart deb atalmagan. Lekin mohiyat 
e'tibori bilan har qanday jamiyat tarbiya muassasalari davlatga qarashli bo’lmagan zamonlarda 
ham o’z talablari tizimiga ega bo’lgan. Chunki ta'lim-tarbiya muassasasini bitiruvchisi muayyan 
jamiyatda yashashi, faoliyat ko’rsatishi lozim. Binobarin, u o’sha jamiyat talablari darajasidagi 
bilim, ko’nikma va malakalarni egayalashi shart hisoblangan. 
Mamlakatimizda pedagogika lmi ham, amaliyoti ham yangilanib bormoqda. Ma'lumki. har 
qanday millatning yangilanishi yoshlar tarbiyasidan boshlanadi. Yoshlar esa bugungi kunda 
oilada va asosan ta'lim-tarbiya muassasalarida shakllantiriladi. Shuning uchun ham, mustaqil 
davlatimiz va uning rahbariyati ana shu muassasalar faoliyati imkon qadar zamon talablari 
darajasida bo’lishiga e'tiborini qaratmoqda. DTS barkamol shaxsni shakllantirishga 
yo’naltirilgan pedagogyka faoliyatidagi samaradorlikni nazorat qilish vositasidir. Hozir 
yaratilayotgan barcha didaktik vositalarning ana shu standartlarga muvofiq bo’lishiga katta 
e'tibor berilmoqda. 

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin