Ma’ruza matni pedagogika instituti Tarix fakulteti talabalari uchun “Tarix o'qitish metodikasi” fanini o’rganishda yordamchi ma’ruza matni bo’lib, unda mazkur fanning dolzarb muammolari yoritilgan



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/43
tarix28.04.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#126014
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43
ijtimoiy tushunchalar (ishlab chiqarish kuchlari, ishlab chiqarish munosabatlari, sinfiy
kurash g’oyalar va boshqalar) o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda
barcha tarix kurslarini o’rganish davomida o’zlashtirilgan. O’quvchilardagi u tushnchalarning 
chuqur va mustahkam bo’lishi, asosan o’qituvchining o’quvchilar fikrlash qobiliyatini, qanchalik 
uyg’ota olishi va unga qay darajada rahbarlik qila olishiga bog’liq. 
Tarixiy tushunchalar hosil qilishda o’quvchilarning voqea va hodisalarni, analiz, sintez qila 
olish qobiliyatini o’z ichiga olgan fikrlash faoliyatida ta'limning faol metodlari, muammoli 
ta'lim metodlaridan foydalanish, o’quvchilarning ko’rsatmali qurollari, ta'limning texnika 
vositalari, tarixiy hujjatlar bilan ishlashlarini uyushtirish, ularga tarixni chukur o’rganish 
bilan bog’liq bo’lgan turli amaliy xarakterdagi ishlarni tanishtirish alohida ahamiyatga ega.
Bir turdagi voqea va hodisalar, tarixiy jarayonlar hamda sabab, oqibat bog’lanishlar mazmunini 
taqqoslab o’rganish, jamiyat taraqqiyotining ayrim ba'zi bir umumiy qonuniyatlarini tushunib 
olish imkonini beradi. O’qituvchi voqea va hodisalarning sabab va oqibatlari o’rtasidagi 
aloqa hamda bog’lanishlarni, ko’pincha dastlab bir mamlakat tarixini o’rganish vaqtida ochib
beradi. Boshqa mamlakat tarixini o’rganish paytida ilgari o’rganilgan hodisalarga duch 
kelgan paytda o’qituvchi o’quvchilarga bir – biri bilan o’xshash sabab natijali bog’lanishlar
to’g’risidagi bilim va malakalarni o’rganilayotgan hodisalarni izohlab berishga, deduktiv 
suratda, tadbiq etishlarga, umumiyliklarni anglab olishlariga yordam beradi. Turli mamlakatlar 


tarixiy taraqqiyotidagi bir xil sabab va natijalarni muntazam suratda taqqoslab berish 
o’quvchilarni hodisalar o’rtasidagi ushbu bog’lanishlar tasodifiy bo’lmay barqaror va zaruriy
qonuniyat ekanligi to’g’risida xulosa chiqarishga olib keladi. 
Tarixiy rivojlanishning qonuniyatlarini chuqur o’rganishda taqqoslashining ahamiyati kattadir. 
Masalan: O’qituvchi 6 – sinfda “Jahon tarixi”ning oxirgi bo’limlarida «Qadimgi Hindiston» 
yoki «Qadimgi Xitoy» mavzularini o’tayotganda, o’quvchilarga Qadimgi Hindiston yoki
Qadimgi Xitoy davlatining paydo bo’lishining xuddi shu haqidagi bilimlar bilan, ya’ni 
boshqa qadimgi davlatlar(Qadimgi Misr, Qadimgi Bobil, Qadimgi Rim va h.k.)ning paydo 
bo’lishi tarixi bilan taqqoslab o’rganishni tavsiya qiladi. 
Shunday qilib, ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlarini o’rganish uzoq muddatli jarayon bo’lib, u 
o’quvchilarda umumiy va zaruriy bilimlar va ilmiy dunyoqarashni shakllantirish ishlarini muhim 
tarkibiy qismidir. 

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin