Ma’ruza mavzulari yuzasidan nazariy materiallar 1-mavzu. Oliy ta’lim tizimini isloh etish va pedagogika faninning zamonaviy kontseptsiyalari. Mashg’ulot rejasi



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə12/22
tarix24.10.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#118560
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
1-2-MA~1

Pedagogik innovatika – pedagogik innovatsiyalarning yuzaga kelishi va rivojlanishi qonuniyatlarini o’rganadigan, shuningdek pedagogik an’analar bilan istiqboldagi ta’lim loyihalarining o’zaro aloqadorligini ta’minlaydigan fan.
Pedagogik aksiologiya ta’lim oluvchi va ta’limni qadriyat deb e’tirof etgan holda, ta’limiy qadriyatlarni o’rganish hamda ta’lim-tarbiyaga aksiologik yondashuvni qaror toptirishga xizmat qiluvchi pedagogik bilimlar sohasidir.
Neyropedagogika – bu bosh miya (o’ng va chap miya yarim sharlari) faoliyati va tuzilishidagi funksional tafovutlar to’g’risidagi bilimlar hamda mazkur bilimlarni ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llay olish haqidagi amaliy fan sohasi.
Muzey pedagogikasipedagogika, psixologiya va muzeyshunslikning o’zaro uyg’unligi natijasida shakllangan fan sohasi bo’lib, muzey muhitida ta’lim-tarbiya berish yo’llarini tadqiq etadi. Muzeydagi mazkur ma’rifiy yo’nalish bilan shug’yllanadigan xodim muzey pedagogi deb ataladi.
Pedagogik antropologiyafalsafiy, ijtimoiy, psixologik antropologiya qonuniyatlariga asoslangan holda ta’lim oluvchi uchun qulay va individual shart-sharoitlarni yaratish hamda ta’limning antropologik modeli va taexnologiyasini o’rganuvchi fan sohasi.
Pedagogik akmeologiya – barcha yosh davrlari psixologiyasi bilan bog’liqlikda jadal rivojlanayotgan shaxsnig yetuk rivojlanish cho’qqisi – «akme shaxs» darajasiga yetkazish qonuniyatlari, texnika va texnologiyasini tadqiq etadi.
Pedagogikaning rivojlanish manbalari
turmush tarzi, an’nalar va marosimlar, xalq pedagogikasida aks etgan ko’p asrlik amaliy tajriba;
falsafiy, ijtimoiy, pedagogik va psixologik manbalar;
jahon va milliy tarbiya amaliyoti;
maxsus tashkil etilgan pedagogik tadqiqot natijalari;
novator-pedagoglarning tajribasi.
XXI asrda pedagogika fani rivojining asosiy tendentsiyalari
1. Pedagogikaning fan sifatida amaliy jihatining kuchayishi.
2. Pedagogikaning fan sifatida tabaqalashuvi, ya’ni aniq ob’ekt va predmetiga ega yangi yo’nalishlari-ning vujudga kelishi;
3. Pedagogikaning boshqa fan sohalari bilan integratsiyalashuvi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin