Tayanch doktorantura — O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladigan, ishlab chiqarishdan ajralgan holda mutaxassislikni chuqur o’rganish va doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida ular tomonidan ilmiy izlanishlar olib borish bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi izlanuvchilari uchun OTM va ITMlarida tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari bo’yicha oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim shakli.
Doktorantura — O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladigan, ishlab chiqarishdan ajralgan holda mutaxassislikni chuqur o’rganish va doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida ular tomonidan ilmiy izlanishlar olib borish bo’yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasi izlanuvchilari uchun OTM va ITMlarida tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari bo’yicha oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim shakli.
Mustaqil izlanuvchilik — ishlab chiqarishdan ajralmagan holda doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o’rganish va ular tomonidan ilmiy izlanishlar bo’yicha falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajalari izlanuvchilari uchun OTM va ITMlarda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar bo’yicha oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim shakli.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2015-yil 12-iyundagi PF-4732-son Farmoniga muvofiq oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimining o’qitish shakllari va usullarini, pedagog kadrlar tarkibining sifat darajasini zamonaviy talablardan kelib chiqqan holda takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-avgustdagi «Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 242-son qarori bilan «Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari to’g’risida»gi Nizom tasdiqlandi. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 103-son Qarori bilan mazkur Nizomga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritildi.
Yuqorida qayd etib o’tilgan hujjatlarga asosan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o’qish tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo’lgan vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi o’quv rejasining namunaviy tuzilmasi asosida ishlab chiqilgan 288 soat hajmdagi o’quv dasturlari bo’yicha ikki oy davomida, ishdan ajragan holda amalga oshiriladi.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilari o’qishni tugatgandan keyin attestatsiya komissiyalari tomonidan o’tkaziladigan attestatsiyadan o’tishlari kerak. Attestatsiya komissiyasi tegishli sohalardagi yetakchi olimlar va mutaxassislar, ilmiy kengash a’zolari, o’quv-uslubiy ishlar sohasidagi yirik mutaxassislar safidan kamida 7 kishidan iborat bo’lgan oliy ta’lim muassasasi rektori yoki fan doktori ilmiy unvoni berish bo’yicha ilmiy kengash raisi boshchiligida shakllantiriladi. Attestatsiyadan muvaffaqiyatli o’tgan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilariga qat’iy hisobda turadigan davlat namunasidagi hujjat hisoblanadigan malaka attestati beriladi.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o’qish yakunlari bo’yicha attestatsiyadan o’tmagan oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari bir yil mobaynida pulli asosda o’qishning tegishli yoki turdosh yo’nalishi (mutaxassisligi) bo’yicha keyingi qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi yakunida attestatsiyadan o’tishadi.
Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini takroran o’zlashtirishi asosiy ishdan ajralmagan holda kurslarning o’quv dasturlarini mustaqil ravishda yoki masofadan o’qitish usullari orqali o’zlashtirish asosida amalga oshiriladi.
Mustaqil ravishda yoki masofadan o’qitish usullari orqali qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari o’quv dasturlari bo’yicha tayyorlanib kelgan tinglovchilar yakuniy attestatsiyaga kiritiladi. Yakuniy attestatsiya tegishli yo’nalishlar bo’yicha tayanch oliy ta’lim muassasalari huzuridagi attestatsiya komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o’qish yakunlari bo’yicha attestatsiyadan takroran o’tmagan yoki asosiy ish joyi bo’yicha belgilangan muddatda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan takroran o’tmagan taqdirda, ushbu xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasining amal qilish muddatidan hamda bo’sh turgan pedagog lavozimini egallash tanlovi davrining tugagan muddatidan qat’i nazar, mehnat shartnomasi belgilangan tartibda ikki oy mobaynida bekor qilinadi. Bunda ular o’z pedagogik faoliyatini boshqa ta’lim muassasalarida (oliy ta’lim muassasalaridan tashqari) davom ettirishi yoxud boshqa tashkilotlarda ishlashi hamda o’zining kasbiy malakasini mustaqil ravishda oshirishi mumkin.
Hozirgi vaqtda Buyuk Britaniya oliy ta’lim muassasalariga xalqaro talabalarni jalb etilganligi jihatidan dunyoda yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. Bu yutuqlar quyidagi o’ziga xosliklar evaziga erishilgan:
- xalqaro ta’lim reputatsiyasi va tadqiqtlari;
- barchaga tanish oliy ta’lim brendlari (Oksford) profili;
- ingliz tili tadqiqotlari va madaniyatlari kopchilikga qiziqligi;
- tadqiqot ishlaridan keyin ish joylarini kengligi kabilar.
Oliy ta’lim tizimidagi bunday yuqori ko’rsatkichlar albatta Britaniya iqtisodiyotida ham sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Xalqaro oliy ta’lim eksport daromati strategiyasi (uzoq strategiya) singari britaniya iqtisodiyoti tizimini ushlab turadi va yuqoriga o’stiradi. 1
Oliy talim eksportidan kelgan foydalar, ya’ni, o’qishga to’lovlar va britaniyalik bo’lmagan talabalar xarajatlari 2009 yil ko’rsatkichlari £7.9 milliardga yetgan. 2025 yilga kelib esa £16.9 milliardgacha o’sishi mumkin.
Biroq bu kutilayotgan o’sish asosiy xalqaro talabalarni bog’lovchi va Buyuk Britaniyaning shaydo etish siyosati o’zida mujassam atrof muhit strategiyasining yaxshi bo’lishiga va xorijiy talabalarni ta’lim tizimiga oqib kelib moslashib ketishi kaffolatiga bog’liq. Masalan, ta’lim vizalarini soddalashtirish, qulaylashtirish bunga alohida ta’sir etishi mumkin.
Xitoy va Xindiston kabi iqtisodiyoti shakllangan davlatlarning ichki oliy ta’lim tizimi rivojlanishi kelajakdagi global ta’limiy peyzaj shakllantirishga asosiy omil bo’ladi. Butun dunyo banki kabi tashkilot “iqtisodiy tizimlar bilimi” modeli – asosiy muvafaqqiyatli o’sish yo’lini ilgari suradi. Rivojlanishda eng asosiysi bu sifatli bilimlar iqtisodiyoti – ya’ni, milliy innovatsion tizimlardan rivojlanish. Dunyoga muvofiq “milliy innovatsiyalar tizimini boshqaring”.: [A] To’g’ri, aniq shakllangan va global bilimlar yutug’iga erishish uchun hamkorlikda bo’ladigan firma, ilmiy-tadqiqot markazlari, universitetlar va institutlar majmui – milliy talablarga assimelyatsiya va adaptatsiya bo’ladi va yangi texnologiyalarni ishlab chiqaradi. Ikkinchi darajali ta’lim tizimi bu xizmat ko’rsatish bo’lib, u nafaqat yuqori darajadagi ko’nikmalar uchun asos balki asosiy va tayanch tadqiqotlar markazi hamdir.
Iqtisodiyoti bilimlarga tayangan mamlakatlarda iqtisodiyotning turli sohalarida o’sish kuzatiladi. Ta’lim nuqtai nazaridan boshqa mamlakatlar axolisiga qaraganda shu asnoda davom etishi lozim. Butun dunyo taraqqiyot banki bilimga aoslangan mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishga tayyorgarligini baholaydigan taqqoslama tahlil amalga oshirildi. Bu baholash iqtisodiy holatni (ko’rsatkichlar to’qnashuvi, qonun ustuvorligi va boshqariluvchan sifat), mahsulot innovatsiyalari (patentlar, litsenzion to’lovlar va jurnallardagi ilmiy-texnik maqolalarni) ishga tushiradi. axborot va kommunikatsion texnologiyalar AKT (aholiga va tadbirkorlikka qirishi), hamda ta’lim (ma’lumotlilik).
Bilimlar iqtisodiyoti strategiyasining bir qismi singari ko’plab davlatlar o’z kapitalini oliy ta’lim muassasalarining dunyo talablari darajasida rivojlanishiga sarflaydilar. Dunyo darajasidagi muassasalar xalqaro bilimlar tadqiqoti uchun asosiy quvur singari harakatlanadi. Biror mamlakatda inson kapitalini jalb qilib va soqlab qoliinsa, hamda xalqaro kompaniyalar tomonidan qo’llab quvvatlansa – bu global bilimlar iqtisodiyotda raqobatbardosh milliy muvofaqiyatlarga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, ko’plab davlatlar o’zida xorijiy talabalar ulushini oshirishga harakat qilishadi. Bu Yevropa mamlakatlari Ingliz tili ikkinchi til ekanligi qator imoniyatlar yaratadi, shuningdek, Avstraliya, Xitoy va Gonkong.
Millatlararo ta’lim ta’lim muassasalarni butun dunyoga integrallashadigan muhim bo’lgan ko’plab strategik imokniyatlarni keng yoyadi, ulardan:
- britaniya ta’lim darajasini izlayotgan, biroq Britaniyaga kelib o’qishga mablag’ tomonidan qiynalayotgan talabalarning yangi oqimi kabi yuqori potentsialga erishish ;
- ta’lim olish va tadqiqot qilishni rivojlantirish imkoniyati uchun foyda (doxod)larni yangi ko’rinishlarini rivojlantirish;
- yangi dunyo bozorida mavjud bo’lish va o’z o’rniga ega bo’lish (identichnosti) ni rivojlantirish;
- xalqaro aloqalarni va millatlararo strategiyalarni kengaytirish;
- hamkorlikning boshqa ko’rinishlarini yaratish. Masalan, tadqiqotlar va bilimlar almashinuvini biznes bilan bog’laydilar, shuning uchun ham Britaniya oliy ta’limi eng muhim va global imkoniyatlar o’sishiga etibor qartadi.
Millatlararo ta’lim bilan hamkorlik jarayonda e’tiborga molik ijtimoiy narh va jamoat qiziqishini yaratish bilan oliy ta’limga kirishish uchun global imkoniyatlarni oshiradi.