7. Darsning borishi.
7.1. Tashkiliy qism – 1-2 daqiqa.
Sinfga kirish, salomlashish, ma’lum intizomni vujudga keltirish, davomatni aniqlash va jurnalga belgilash.
7.2. O‘quvchilardan o‘tgan mavzuni so‘rash – 7- 10 daqiqa.
Savol, avval, o‘rtaga tashlanadi, keyin qo‘lini ko‘targan o‘quvchilardan bittasini javob berishga sinf taxtasiga chiqariladi.
1 savol...............o‘quvchi A. Siz javob beringchi.....
2 savol...............o‘quvchi V. Siz aytingchi............
3 savol.................va hokazo.
7.3. O‘tgan mavzuni yakunlash va yangi mavzuga bog‘lash – 3 daqiqa.
a) o‘tgan mavzuni yakunlash;
b) o‘tilgan mavzuni yangi mavzuga bog‘lash;
d) yangi darsning mavzusi: « ...................» doskaga yozib qo‘yiladi va bu darsning maqsad va vazifalari bayon etiladi.
7.4. yangi mavzy materialini o‘quvchilarga bayon qilish – 12-15 daqiqa.
– Diqqat qiling ....... ........... ............ aytingchi?....
(1 - savol, 2 - savol, 3 - savol va hokazo.). .............. turlicha javob.
– To‘g‘ri? lekin ...................................
– Nima uchun?
– Ha, endi e’tibor bering ............. materialni tushuntirish davomida yangi terminlar sinf taztasiga yozib qo‘yitadi, vaqti-vaqti bilan pauza qilinadi.
– Barcha o‘quvchilarning faolligini oshirish maqsadida muammoli vaziyat yaratiladi, ularning bilib olishlari zarur bo‘lgan vazifa aytiladi.
– Qani kim aytib beradi?. ................
– Turlicha javoblar..................... .......
Savollarga javobni ma’lum maqsadga yo‘naltirishga harakat qilinadi. Bu vazifani turlicha hal qilish mumkin. Ular orasida quyidagilar eng muhim ahamiyatga egadir. Tushuntirilayotgan materialni sermazmun, yangiliklarga tayangan holda ifoda etish, amaliy hayot bilan bog‘lash, o‘quvchilarning bilim va tajribalariga e’tiboran munozarali masalalarni obrazli hamda jonli ifodalash, ularni faol fikr yuritishga undaydigan, izlanishga majbur etadigan vaziyatlar yaratish va hokazo.
Shunday qilib, yangi material mazmunini oldindan, tayyorlangan konspekt tarzida ko‘rgazmali qurollar bilan birgalikda bayon etiladi. yangi mavzu o‘quvchilarga tushunarli bo‘lishi uchun ilg‘or nazariyalarga, oldindan belgilangan usul va metodlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. yangi mavzu konspekti to‘la yoki tezis tariqasida beriladi.
7.5. O‘quvchilarning amaliy mashg‘uloti – 22-25 daqiqa.
O‘quvchilar ijodiy mustaqil ishlaydilar.
O‘qituvchi mashg‘ulot mobaynida oralab yurib o‘quvchilarga individual yondashadi. Darsda yangi mavzuni to‘liq tushunmagan yoki e’tiborsiz tinglagan o‘quvchilar bo‘lsa, savollar o‘rtaga tashlanadi. O‘quvchilarning javoblari qoniqarsiz bo‘lsa, a’lochi o‘quvchilar yordamga chaqiriladi. Shu bilan birgalikda yangi dars ham mustahkamlab boriladi.
Darsni yakunlashga qadar o‘quvchilarning ishlaridan bir nechtasi olib bir-biriga taqqoslanib, tahlil etiladi va baholanadi.
8. Uyga vazifa berish – 3 - 4 daqiqa.
a) kelasi darsga, yangi darsga tegishli terminlarni adabiyotlardan topib o‘qiysiz.
b) .............. mavzuda rasm chizasiz va hokazolar.
9. Foydalanilgan adabiyotlar:
Masalan:
1. Azimova B.Z. Natyurmort tuzish va tasvirlash metodikasi. T.: O‘qituvchi, 1984. - 176-bet.
2. Darsliklar..............................T.: nashriyot, yili, bet.
3. Ayrim nashrlar, ensiklopediya, maqola va hokazo.
Dostları ilə paylaş: |