Ma’ruza№1 mavzu: kasbiy psixologiya faniga kirish. Fanning pr



Yüklə 121 Kb.
səhifə15/27
tarix23.04.2023
ölçüsü121 Kb.
#125783
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
MA’ruza№1 mavzu kasbiy psixologiya faniga kirish. Fanning pr

Eksperiment modeli

Guruh

Guruhning eksperimentgacha holati

Guruhning eksperimentdan so‘nggi holati

Bo‘lib o‘tgan o‘zgarishlar

Eksperimental nazorati

X1
U1

X2
U2

X1 – X2
U1 - U2

Eksperimental tadqiqotni kasbiy tanlov misolida ko‘rib chiqamiz. Korxonada mutaxassislar murakkab mexanik agregatlarni qabul qilishda ishlab turgan muhandislar ko‘p deffektlarni o‘tkazib yuborganliklari sabab, ishchilar orasidan nazoratchilarni tanlash zaruriyati kelib chiqadi.


Eksperimentning mazmuni shundan iborat-ki nazoratchi uchun muhim bo‘lgan qobiliyatlarni tashxis qilib beruvchi (diqqqatni jamlay olish, mustaqillik, sensor farqlash darajasi, keng fikrlash) test loyihalashtiriladi. Test tanlovchilar orqali nazoratchilarning eksperimental guruhi tuzildi. Eksperimental va nazorat guruhi ishlarini korreksion tahlil qilish asosida tasdiqlash, testning samaraliligini va nazoratchilarni tanlash va tayyorlash metodikasini aniqlash imkonini beradi.
Psixologik tadqiqotlarda eksperiment natijalarini miqdoriy ifoda qilish masalasi eng qiyin masala hisoblanadi. Shuning uchun miqdoriy ma’lumotlar, odatda, absolyut emas, balki nisbiy ahamiyatga ega. Ular ikki guruh darajasini tasdiqlash imkonini beradi, ammo har qaysining absolyut tavsifini aniqlay olmaydi. Shunday bo‘lsa-da, psixologiya fani real o‘quv-kasbiy faoliyatida o‘zgarishlarni kutmaydigan, imkoniyatlar beruvchi vaziyatlar yaratish orqali shaxsdagi o‘zgarishlarni o‘lchash uchun turli xil shakllarni yaratadi.
Eksperimentni o‘tkazishda o‘rganilayotgan jarayon o‘tadigan sharoitlarni keng miqiyosda o‘zgartiriladi, o‘zgaruvchan omillar ta’sirini ajratish, ularning o‘zaro aloqasini aniqlash va shu tariqa psixik hodisalarning qonuniyatlari va mexanizmlarni o‘rgatish mumkin.
Eksperiment metodining muhim sifati shundaki-o‘rganilayotgan jarayoniga to‘g‘ri baho berish, ma’lumotlarning miqdoriy hisobini olish imkonini beradi, bu esa tadqiqot natijalariga ishlov berish muhim statistik xulosa chiqarishga imkon beradi.
Eksperimental usulning 3 turi mavjud: tabiiy, modellashtiruvchi va labaratoriya eksperimentlaridir. Tabiiy eksperiment psixik hodisalarni odatiy tabiiy sharoitlarda o‘rganishni nazarda tutadi (darsda, mehnat topshirig‘ini bajarish jarayonida va hokazo). Tabiiy eksperimentning afzalligi – tadqiqot maqsadlarining nisbatan yashirinligi, jarayonning norasmiy muhitda o‘tishi va sinovdagilarning hayoti va faoliyatiga bevosita kirib borishi bilan belgilanadi.

Yüklə 121 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin