Ma’ruzaning rejasi Ekologiya fani va uning rivojlanish tarixi



Yüklə 36,65 Kb.
səhifə1/6
tarix08.11.2023
ölçüsü36,65 Kb.
#131326
  1   2   3   4   5   6
1-Мавзу (1)


1 – Mavzu. Ekologiyaning nazariy asoslari. Ekologik omillar va qonuniyatlar


Ma’ruzaning rejasi
1. Ekologiya fani va uning rivojlanish tarixi.
2. Ekologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
3. Ekologiyaning bo‘lim va tarmoqlari.
4.Fan-texnika rivojlangan hozirgi zamonning muhim ekologik
vazifalari.
Mavzuga doir tayanch iboralar:

Atrof-muhit, salomatlik, tabiat, jamiyat, E.Gekkel 1866 y., «oykos», biologik, makrotizimlar, populyasiya, biotsenoz, biogeotsenoz, ekologik meyorlashtirish, faktorial, abiotik va biotik omillar, global ekologiya, regional ekologiya, evolyusion ekologiya, sanoat ekologiyasi, muhandislik ekologiyasi.

1. Ekologiya fani va uning rivojlanish tarixi


Ma’lumki, keyingi paytlarda kundalik turmushimizda «ekologiya» so‘zi tez-tez uchraydi. Buning sababi atrof-muhit holatining o‘zimiz, ya’ni insonlar, tomonidan noqulay holatga keltirilganligida. SHuning uchun ham bu atama ko‘pincha «Jamiyat», «Inson», «Atrof-muhit», «Salomatlik» kabi so‘zlar orasida tez-tez qo‘llaniladi. Zyeroki «Tabiat» va «Jamiyat» o‘zaro dialektik birlikda bo‘lib, ular doimo bir-biriga ta’sir o‘tkazib keladi. Bizni o‘rab turgan barcha tabiiy ne’matlar – muzligu-qumliklar, o‘rmonu-dashtlar, tog‘u-toshlar, havoyu-suvlar, xullas, barchasi o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, bir-birini muvozanatda saqlaydi. Tabiatning biror bir yerida, biror-bir jabhasida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar tabiiy muvozanatga ta’sir etmay qolmaydi. Bunday muvozanatni saqlab turish hayotning ekologik qonun-qoidalarini o‘rganishni talab qiladi.
Sirasini aytganda, ekologik tushunchaning ildizi tarixan chuqur bo‘lib, antik davrga borib taqaladi. Hayvon va o‘simliklarining Yer yuzida tarqalishi va ular hayotining tashqi muhit bilan bog‘lanishlari to‘g‘risidagi ekologik ma’lumotlar yeramizdan avval yashab o‘tgan grek faylasuflari Aristotel (yeramizdan avvalgi 384-322 y) va Teofrast Yerezeyskiy (e.a. 371-280 y)lar tomonidan to‘plangan. Ammo «ekologiya» atamasi fanga kechroq kirib keldi. Uni birinchi marta nemis olimi E. Gekkel 1866 yilda o‘zining «Organizmlarning umumiy morfologiyasi» asarida qo‘llab, u ekologiyani tirik organizmlar bilan ular yashaydigan muhit o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganuvchi fan, deb qabul qildi.
Ekologiya so‘zi grekcha bo‘lib, «oikos» - uy, yashash joyi, «logos» - fan demakdir. Bu so‘zlarni keng ma’noda tushunish zarur. Atamaning fanga kiritilishidan hozirgacha o‘tgan davr mobaynida uni turli mutaxassislar turlicha izohlab kelmoqdalar. Rus olimi akademik S.S. SHvars bir ilmiy anjumanda: men ekologiya fani to‘g‘risida yuz xil fikr aytishim mumkin va ularning barchasi ham ozmi-ko‘pmi to‘g‘ri bo‘lib chiqadi, degan edi.
Darhaqiqat, ekologiya tushunchasi juda keng bo‘lib, uni kengaytirishda, ekologiya fanining shakllanishi va rivojlanishida ko‘pgina olimlar hissa qo‘shdilar. Ingliz olimlaridan CH. Elton «Populyasion ekologiya»ni, A. Tesli «Ekotizimlar», nemis olimi K.Myobius «Biotsenozlar» nazariyasini, belgiyalik L.Dollo «Ekologik paleontologiya»ni asosladi, rus olimi V.N. Sukachev fanga «biogeotsenoz» tushunchasini kiritdi. SHuningdek rus olimlaridan K.F. Rule paleoekologiya faniga, A.N. Beketov esa fitogeografiya faniga asos soldi. Ekologiya fani tarixida ayniqsa CH. Darvinning evolyusion ta’limoti hamda akademik V.I.Vyernadskiyning biosfyera to‘g‘risidagi ta’limoti tub burilish yasadi.
Ekologiya fanining rivojiga O‘rta Osiyoda yashab, o‘lka tabiati bilan qiziqqan allomalar – Muhammad Muso al-Xorazmiy (782-847), Abu Nasr Forobiy (870-950), Abu Rayhon Byeruniy (973-1048), Abu Ali Ibn Sino (980-1037), Zahriddin Muhammad Bobur (1483-1530) va boshqalarning ham hissalari bor. O‘zbekistonning o‘simlik va hayvonot dunyosini o‘rganishda M.S.Popov, E.P.Korovin, K.Z.Zokirov, I.I.Granitov, S.S.Saxobiddinov, O‘.Pratov, D.N.Kashkarov, T.Z.Zohidov, V.V.YAxontov, A.K.Sagitov, O.P.Bog-danov va boshqa ko‘pgina olimlarning xizmatlari katta bo‘ldi.
SHunday qilib, turli mamlakat olimlarining ilmiy izlanishlari tufayli ekologiya fani to‘g‘risidagi tasavvurlar tobora kengayib bordi. L.I.Svetkova va boshqalarning 1999 yilda texnik Oliy o‘quv yurtlari uchun nashr etilgan «Ekologiya» darsligida «Ekologiya o‘z ildizlari bilan biologiya fani zaminida rivojlangan bo‘lsada, hozirgi paytda uning doirasidan chiqib yangi integrallashgan fanga aylandi va tabiiy, texnik hamda ijtimoiy fanlararo ko‘prik vazifasini bajarmoqda», degan satrlar ham uchraydi. Xulosa qilib aytganda:
ekologiya – biologiya fanlarining rivojlanishidan kelib chiqqan yangi tarmoq bo‘lib, u biologik makrotizimlar darajasidagi organizmlarning o‘zaro va atrof muhit bilan bog‘lanishlari to‘g‘risidagi fandir.
Ekologiyaning predmeti – bunday bog‘lanishlarning zamon va makonga qarab o‘zgarib borishni o‘rganish ya’ni atrof muhitdagi tabiiy muvozanatni monitoring qilishdan iboratdir. Uning vazifalari – Yer yuzidagi tiriklik jarayonlarining qanday kechayotganligini o‘rganib borish, fan va texnika rivojlangan hozirgi sharoitda industrial jamiyat kishisining tabiatga ta’sirini o‘rganish va uni boshqarishdan iborat. Bu vazifani bajarish uchun ekologik meyorlashtirish tizimini yaratish zarur. Ekologik meyorlashtirish bu atrof muhitga antropogen ta’sirning yul qo‘yilishi mumkin bo‘lgan chegarasi (PDK) ni belgilashdir. Mazkur nazariyani rus olimi S.S. SHvars ishlab chiqib, qo‘llash uchun taklif qilgan. Ekologik meyorlashtirilishning to‘g‘ri yulga qo‘yilishi yashash muhitidagi tabiiy muvozanatni saqlab qolib, inson uchun noqulay ekologik vaziyat vujudga kelishining oldini oladi.
Ma’lumki, kishilik jamiyatining rivojlanishi bilan atrof muhitga antropogen omillarining ta’siri kuchayib ketdi. Ayniqsa keyingi yillarda bunday ta’sir biosfyera chegarasidan chiqib, koinotgacha etib bordi va muhitning ekologik tozaligini saqlash dunyo miqyosidagi global masalaga aylandi. SHunga ko‘ra ekologiya fani vazifalarining doirasi ham yanada kengaydi. Buni ekologiyaning boshqa fanlar bilan bog‘liqligida ham ko‘rsa bo‘ladi.

2. Ekologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi


Ekologiya garchi biologiya fanidan kelib chiqqan bo‘lsada, u nafaqat biologik fanlar bilan, balkim juda ko‘p nobiologik fanlar bilan ham uzviy bog‘liq. Bunday fanlar qatoriga falsafa, tibbiyot, matematika, tarix, fizika, iqtisodiyot, geografiya, iqlimshunoslik, kimyo, xuquqshunoslik, konchilik va hokazolarni kiritish mumkin. Buni quyidagi bir necha aniq misollarda ko‘rish mumkin:
• falsafa fanlari bilan aloqasi – tabiatdagi barcha borliqning o‘zaro dialektik bog‘liqligi, bir-biriga ta’siri asosida tabiiy muvozanatning saqlanishini o‘rganish;
• matematika fani bilan aloqasi – ekologiyani matematik modellashtirish asosida «yirtqich-o‘lja» hamda «parazit-xo‘jayin» munosabatlarini o‘rganish;
• fizika fani bilan aloqasi – quyosh enyergiyasi, elektromagnit va tovush to‘lqinlari, radioaktiv nurlanish, issiqlik rejimi va boshqalarning organizmlarga ta’sirini o‘rganish;
• iqtisodiyot fani bilan aloqasi – tabiiy resurslardan to‘g‘ri va unumli foydalanish asosida iqtisodiy foyda ko‘rish va ayni vaqtda muhitning ekologik vaziyatini qulay holda saqlashni o‘rganish;
• kimyo fani bilan aloqasi – organik va minyeral moddalarning tabiatda aylanishini o‘rganish;
• huquqshunoslik fani bilan aloqasi – tabiiy resurslardan foydalanishda huquqiy meyorni belgilash;
• konchilik fanlari bilan aloqasi – kon qidiruv ishlarida va konlardan foydalanishda muhitning ekologik muvozanatini saqlab qolish yo‘llarini o‘rganish.
SHunday qilib, ekologiya fanining qamrovi keng hisoblanadi. U ayniqsa o‘tgan asrning ikkinchi yarmida u ko‘pchilik fanlar ichiga kirib bordi. Buning sababi ekologik bilimlar ahamiyatining kattaligidir. Bu bilimlar nafaqat inson faoliyatining tabiatga zarar etkazishi, balki bu bilan insonning o‘z yashash sharoitlarini o‘zgartirib yuborib, hatto uning hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkinligini ham o‘rgatadi.
Tabiat biz tasavvur etgandan ko‘ra ancha murakkabdir. SHunga ko‘ra ekologiyaning birinchi qonunini quyidagicha ifodalash mumkin: «Tabiatda inson nimaiki ish qilmasin, ularning barchasi unda ko‘pincha oldindan bilib bo‘lmaydigan u yoki bu oqibatlarni keltirib chiqaradi». Kelib chiqadigan oqibatlar zararli bo‘lmasligi uchun u o‘z faoliyatini ekologik tahlil qila olishi zarur. Buning uchun esa turli fanlar bilimidan foydalanishi zarur bo‘ladi. SHunday qilib, ekologiyani tabiiy resurslardan foydalanishning nazariy asosi deyish mumkin.

3. Ekologiya fanining bo‘lim va tarmoqlari


Ekologiya ko‘p tarmoqli fan. Hozirgi kunda u o‘rganadigan sohalar ko‘payib, yangi-yangi yo‘nalishlar paydo bo‘lmoqda.
Ekologiya fani 4 asosiy bo‘limdan iborat. Ular – umumiy ekologiya, global ekologiya, regional ekologiya va evolyusion ekologiya.

Yüklə 36,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin