Ma’ruzaning rejasi Ekologiya fani va uning rivojlanish tarixi



Yüklə 36,65 Kb.
səhifə4/6
tarix08.11.2023
ölçüsü36,65 Kb.
#131326
1   2   3   4   5   6
1-Мавзу (1)

3. Biogeotsenologiya fani populyasion ekologiyadan kelib chiqqan bo‘lib, biogeotsenozlarni o‘rganadi. Bu fanga ilk bor rus olimi V.N.Sukachev 1940 y. asos solgan. Biogeotsenoz biosfyeraning kichik bir qismi bo‘lib, u o‘zining joylashgan o‘rni, iqlimi, gidrologiyasi va biotik sharoitiga ko‘ra bir xil bo‘ladi. Oddiyroq qilib aytganda, biogeotsenoz tabiatning ma’lum bir joyida muayyan bir xil sharoitda yashovchi tirik organizmlar va ularning joylashgan o‘rnidagi abiotik omillarning majmuasi bo‘lib, organizmlar doimo bir-birlarining ta’sirida yashaydilar va yashash muhiti omillarining ta’sirida bo‘ladilar. Biogeotsenozlarda jonli va jonsiz tabiat orasida muttasil modda va enyergiya aylanib yurishi tiriklikni davom ettirishga asos soladi. Biogeotsenozlarning jonli tabiati o‘simlik (fitotsenoz), hayvon (zootsenoz) va mikroorganizmlar (mikrotsenoz) dan tashkil topgan. Biogeotsenozlar turlicha bo‘lib, muayyan sharoitning tarixi va tabiiy sharoitlariga ko‘ra vujudga kelgan bo‘ladi. Masalan, tropik mintaqalarga xos o‘rmonlarning biogeotsenozlari sovuq tundra biogeotsenozlariga nisbatan boy va mahsuldor bo‘ladi. Tabiatda biogeotsenozning turli tirik komponentlari birlashib biologik birlikni ya’ni biotsenozni hosil qiladi. Demak biotsenoz – muayyan bir maydonda yashovchi o‘simlik, hayvon va mikroorganizmlar majmuasidir. Ular doimo bir birlari bilan o‘zaro aloqada bo‘ladilar. Biotsenoz rivojlanadi, uning rivojlanish sirlarini o‘rganish asosida inson o‘z faoliyati bilan uni o‘ziga maqbul bo‘lgan tarafga o‘zgartirishi mumkin.
B. Global ekologiya - biosfyerani yaxlitligicha o‘rganuvchi fan hisoblanadi. Uning bosh vazifasi - antropogen ta’sir natijasida Yer yuzida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni o‘rganib borishdan iborat.
V. Regional ekologiya Yer yuzining ayrim olingan joylaridagi ekologik vaziyatni o‘rganuvchi fan. Regional ekologiya quyidagi tarmoqlarga bo‘linadi: shahar ekologiyasi, qishloq xo‘jalik ekologiyasi va sanoat ekologiyasi. Keyingi yillarda sanoat ekologiyasidan alohida tarmoq sifatida muhandislik ekologiyasi ajralib chiqdi. Muhandislik ekologiyasi ishlab chiqarish jarayonida jamiyatning tabiiy muhitga ta’sirini o‘rganadi. Uning predmeti «sanoat-tabiat tizimi» (STT) hisoblanadi.

Yüklə 36,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin