G. Evolyusion ekologiya ekologik muhit va unda yashovchi organizmlarning evolyusion taraqqiyot davomida bir-biriga ta’siri asosida asta-sekin o‘zgarib borishi va organizmlarning muhit o‘zgarishlariga moslasha borishini o‘rganuvchi fan.
4. Fan-texnika rivojlangan hozirgi zamonning muhim ekologik
vazifalari.
Insoniyat o‘z tarixi davomida yashash va hayotini yaxshilash uchun kurashib kelmoqda. Bu kurash uning xo‘jalik yurgizishidan iborat bo‘lib, bu jarayonda u tabiatdan foydalanib, unga ta’sir ko‘rsatib kelayotganligidir. Ishlab chiqarishning benihoya yuksalishidan jamiyatning ilmiy-texnik va ekologik rivojlanishida ziddiyatlar paydo bo‘ldi. Bir tomondan u fan-texnikani yuksaltirsa, ikkinchi tomondan esa atrof muhitni ifloslab, ekologik muammolarni keltirib chiqardi. Bunday muammolarni bartaraf qilish insoniyat oldidagi muhim vazifaga aylandi. Ba’zi mutaxassislar muammolarni bartaraf qilish uchun Yer yuzida aholi sonining o‘sishini to‘xtatish, sanoat ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirmaslik, atrof muhit muhofazasiga ko‘proq mablag‘ni yo‘naltirish va shu singari g‘oyalarni ilgari surdilar. Ammo bu g‘oyalarning barchasi ham haqiqatga to‘g‘ri kelavyermaydi.
Fan-texnika rivojlangan hozirgi kunda ekologik vaziyatni sog‘lom tutish, tabiatda vujudga kelgan muammolarni bartaraf qilish uchun quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi zarur:
1) matematikaning sonlar modelidan foydalanib, joylardagi atrof muhitning o‘zgarishi mumkinligi darajasini oldindan hisob-kitob qilish va korxonalarni shunga qarab to‘g‘ri joylashtirish;
2) hayot qonuniyatlarini o‘rganishda ekologik tizimlarga ko‘rsatiladigan antropogen ta’sirni hisobga olish;
3) inson ta’sirida muhitning o‘zgarishini oldindan ko‘ra bilish, muhitning buzilishini bioindikatsiya va monitoring yo‘li bilan aniqlab byerish;
4) buzilgan ekotizimlarni qayta tiklash;
5) hali buzilib ulgurmagan hududlarni etalon sifatida saqlab qolish;
6) texnologik, muxandislik va loyihasozlik ishlarida atrof muhitning ifloslanmasligini nazarda tutish. Bu tadbirlar quyidagi ishlarni o‘z ichiga oladi: kamchiqim texnologiyani joriy qilish, sanoat xomashyosi va chiqindilarini to‘liq zararsizlantirish, transport tashlama gazlarini parchalash va kamaytirish, ekologik toza enyergoresurslardan foydalanish, syervotexnologiyadan ekotexnologiyaga o‘tish va boshqalar.