Mashg`ulot jarayonida o`yin texnologiyasidan foydalanish reja



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə2/4
tarix19.11.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#133308
1   2   3   4
Mashg`ulot jarayonida o`yin texnologiyasidan foydalanish reja

QAY BIRI BIRINCHI?
Maqsad: Bolalarni mantiqiy fikrlashga o‘rgatish, ulardagi tahlil qila olish qobiliyatini rivojlantirish.
Tarbiyachi chalg‘itish maqsadida gaplarni noto‘g‘ri o‘qiydi. Ishtirokchilar esa tarbiyachi qaerda xato qildi va u xato nimadan iboratligini aytib berishlari kerak. Masalan, Men tugmani taqdim, keyin ko‘ylak kiydim, Oyim ertaga keldi, men kecha bog‘chaga boraman, men tushlik qilib bog‘chaga bordim.
NIMA UCHUN ORTIQCHA?
Maqsad: Bolalarning topqirlik qobiliyatini shakllantirish.
Tarbiyachi bolalarga so‘zlarni ketm-ketlikda o‘qiydi. Bolalar qatordagi qaysi so‘z ortiqchaligini va nima uchun uni bu qatorga qo‘shib bo‘lmasligini aytib berishlari kerak.
Soat, daqiqa, soniya, yoz.
Sut, tvorog, non, smetana.
Televizor, radio, kitob.
O‘rik, olcha, olma, qalam.
TO‘G‘RI BO‘LSA IL
Maqsad: Bolalarni hozirjavoblikka o‘rgatish.
Tarbiyachi biror bir vaziyatni aytadi, tarbiyalanuvchi agar o‘sha gap to‘g‘ri kelsa koptokni ushlab oladi. Agar gap mantiqan noto‘g‘ri tuzilgan bo‘lsa bola to‘pni olmaydi.Quyidagi vaziyatlarni misol tarzida keltirish mumkin: Poezd daraxda uchib yuribdi, olma judayam sho‘r ekan, men ovqat yeyapman, uy sayr qilgani tashqariga chiqib ketdi, shishali tuflilar ko‘p ekan, baliq o‘yinchoq mashinani ko‘tarib olib kelayotgan edi, qishda qulupnay tergani bordik, yoz bo‘lsa ham chanada uchdik, Bir vaqt kuchuk ku-ka-re-ku deb baqirayotganini eshitdik.
RASSOM NIMANI UNUTDI?
Maqsad: Bolalarda tasavvurni kuchaytirish.
Tarbiyachi bolalarga rasm ko‘rsatadi va unda bolalar rassom qoldirib ketgan narsaning nima ekanligini topishlari kerak. Masalan, suratda to‘rtta odamga uchta qoshiq tasvirlangan, gilamning chiziqlarini chizish esdan chiqib qolgan, vazada suv turibdi, uning gulini chizish esdan chiqqan.

MATEMATIKA OLAMIGA SAYOHAT
(katta guruhlar uchun)
Mashg‘ulotning maqsadi:

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin