Mashg`ulot jarayonida o`yin texnologiyasidan foydalanish reja


Ta’limiy: Matematika faniga nisbatan qiziqish uyg‘otish, mantiqiy fikrlashga o‘rgatish Tarbiyaviy



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə3/4
tarix19.11.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#133308
1   2   3   4
Mashg`ulot jarayonida o`yin texnologiyasidan foydalanish reja

Ta’limiy: Matematika faniga nisbatan qiziqish uyg‘otish, mantiqiy fikrlashga o‘rgatish
Tarbiyaviy: Reja asosida ishlashni o‘rgatish, jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmasini shakllantirish, bolada hamdardlik tuyg‘usini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi: Bolaning son haqidagi bilimlarini boyitish.
Mashg‘ulotning borishi:
Tarbiyachi: – Assalomu alaykum, bolajonlar, bugun bizning guruhimizga notanish qizchadan maktub kelibdi. Qizchaning yozishicha, uning ukasi yalmog‘iz kampir qo‘lida ekan. Xat egasi bizga yalmog‘izning yoniga boradigan yo‘l xaritasini ham qo‘shib jo‘natibdi. Xo‘sh, kichik do‘stlarim qizchaning ukasiga yordam beramizmi?
Bolalar: – Ha.
Tarbiyachi: – Unda biz avval poezd yasab olaylik.
(Poezd yasash uchun oldindan tayyorlab qo‘yilgan karton qog‘ozlari bir-biriga ulanadi. Poezd yasash chog‘ida eng qisqa vagondan uzuniga qarab tanlanadi.)
Tarbiyachi: – Bolalar, yo‘l-yo‘lakay o‘yin o‘ynab ketamiz. Xo‘sh, poezdimizning nechta vagoni bor ekan?
Bolalar: – 5 ta
Tarbiyachi: – Qizil vagon nechani bo‘lib joylashgan? Uchinchi vagonning rangi qanaqa? Sariq va yashil vagonning o‘rtasida qaysi rangdagi vagon joylashgan?
(Bolalarning javoblari tinglanadi. )
Tarbiyachi: – Bolajonlar, poezd to‘xtadi, bizar orolchasiga tushib qoldik. Xo‘sh, xaritani qaraylikchi to‘g‘ri kelayotgan ekanmizmi?
(tarbiyachi xaritaga qarab to‘g‘ri kelayotganligini aniqlaydi. )
Tarbiyachi: – Ertaklar orolchasida raqamlar yo‘qolib qolgan ekan. Qani ko‘ringlar-chi, qaysi raqamlar kam. Sizning vazifangiz ana o‘sha raqamlarni topib o‘rniga qo‘yish.
(Bolalar, daraxtga yopishtirib qo‘yilgan raqamlarga qarab yo‘qolgan raqamlarni yerdan, toshlar orasidan qidirib daraxtga kerak joyiga iladilar. )
Tarbiyachi: – Qoyil bolajonlar, endi xaritaga qaranglar-chi, biz qaerga yurishimiz kerak ekan?
(Bolalar xaritaga qarab, olma daraxti tomon yurish kerakligini aytadilar )
Tarbiyachi: – Olma daraxtini ko‘rdik, qani u yerda qanday shart yozilgan ekan. Daraxtda ko‘rsatilgan bo‘sh qog‘ozlarga kim yerdan nechta olma topib olsa, ana o‘shani yozsin. Ana o‘shanda sirli daraxt bolalarning ketishiga yo‘l beradi.
(Bolalar yerda sochilib yotgan olmalarni terishadi va kim nechta tersa, o‘sha sonni daraxtga yozadi)

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin