1
|
Komenskiy o'rta asrdan farqli o'laroq tug'ilganidan boshlab bola egallagan qobiliyatini xudoning tuhfasi hisobladi va ayni paytda, bu qobiliyat faqat tarbiya jarayonida rivojlanishini o'qtirdi. Komenskiy insonning rivojlanishida tarbiyaning o'rni benihoya ekanligiga ishonadi va tarbiya tufayligina har qanday bolani yuksak axloqli ma'lumotli qilib yetishtirish mumkin degan fikrni bildirdi, bolani yoshlik chog'idan jismonan sog'lom, ma'naviyatli qilib tarbiyalashni talab qildi.
Komenskiy o'z pedagogik qarashlarida insonni tabiatni bir qismi deb hisobladi va tabiatdagi barcha mavjudodni yagona bir qonunga bo'ysunadi, degan g'oyani olg'a suradi. Uning fikricha, ta'limni, bolalarni narsa va mavjudodlar bilan tanishtirishdan, ularni idrok qildirishdan boshlash, undan keyin ularga xos xususiyatlarni o'rganishga o'tish zarur.Komenskiyning fikricha, bolaning yosh xususiyatlarni hisobga olish asosiga qurilgan ta'limgina uyg'un bo'ladi.
|
Hadislarda ta'lim - tarbiya, odob - axloq haqidagi fikrlar juda ko'plab uchraydi. Arablar bosib olganidan keyin Movarounnahrda ham arablardagi kabi machitlar barpo etildi, machitlar huzurida esa maktablar ochildi. Bu maktablarda o'g'il bolalarga Qur'oni Karimni o'qishni o'rgatishga farmon berildi. Machit imomi bolalarni o'qitardi. maktablarda arab tili muhim fan sifatida o'qitilgan. Ma'lumotlarga ko'ra O'zbekiston hududida ham VIII-IX asrlardan boshlab maktab va madrasalar paydo bo'la borgan. Bu yerda beriladigan ta'limning manbai Qur'on asoslari, hadislar va ulamolarning kitoblari hisoblangan. Ta'lim va tarbiyada haqiqiy insoniy hislatlar targ'ib qilingan. Farzandlarning halol, pok, mehnatsevar, kattalarga hurmat ruhida tarbiyalashga e'tibor berilgan, shu bilan birga dunyoviy bilimlar, hisob, adabiyot, tarix, geografiy ilmlari ham o'rgatilgan.
|
Buyuk qomusiy olim Abu Rayxon Beruniy (973-1050 y) ta’lim jarayoniga qo’llaniladigan ilmiy usullarni ishlab chiqqan. U shuningdek ta’lim tamoyillarini ham tasniflagan. Uning pedagogik qarashlarining ijtimoiy yo’naltirilishi u axloqni ijtimoiy xususiyatlar va hissiyotlarning ifodasi sifatida tushunganligida o’z ifodasini topgan. Olimning tarbiya, shaxsning shakllanishida va jamiyatdagi amaliy hayot uchun ilm va mehnatning ahamiyati haqidagi g’oyalari hozirgacha muhimligini saqlab qolgan.
|
O’zbek ma’rifatparvarlarning yorqin vakili bo’lgan Avloniy “to’g’ri” g’oyalarning kengaytirib va “noto’g’ri” g’oyalarni bartaraf qilibgina yovuzlikni yo’qotish mumkinligiga ishongan. SHuning uchun tarbiya mavzusi ma’rifat gazetasi bo’lmish “SHuhrat” gazetasida keng yoritilgan.
|
Buyuq qomusiy olim Abu Ali ibn Sino (980-1037 y) o’z davrining barcha bilim sohalarini qamrab oluvchi katta ilmiy meros qoldirgan. Uning barcha asarlarida pedagogik qarashlar mavjud. Biz uning bilim, iroda va insonning rivojlanish jarayonidagi maqsadga intiluvchanligi, atrof muhit ta’siri, axloqiy va mehnat tarbiyasi, muomala san’ati, bolalarni jamoada o’qitish haqidagi g’oyalari muhim hisoblanadi.
|