Mashina va mexanizmlar xavfsizligi fanidan


-bob. Ekspertiza xulosasini rasmiylashtirish talablari



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə13/26
tarix08.02.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#123175
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
Mashina va mexanizmlar xavfsizligi fanidan (1)

3-bob. Ekspertiza xulosasini rasmiylashtirish talablari
36. Ekspertiza xulosasi quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi:
kirish qismi;
asosiy qism;
natijalar.
37. Ekspertiza xulosasining kirish qismida ekspertiza maqsadlari, ekspertizani o‘tkazish asoslari (ekspertizani o‘tkazish shartnomasi), ekspert tashkiloti to‘g‘risida ma’lumotlar, ekspertizani o‘tkazgan ekspertlar va mutaxassislar haqida ma’lumotlar, buyurtmachi haqida ma’lumotlar, qo‘llaniladigan qisqartmalar ko‘rsatiladi.
38. Ekspertiza xulosasining asosiy qismida ekspertiza xulosasining ta’siri joriy qilinadigan ekspertiza obyektlarining ro‘yxati, ekspertizani o‘tkazish jarayonida ko‘rib chiqilgan hujjatlar haqida ma’lumotlar, ekspertiza obyekti to‘g‘risida ma’lumotlar, o‘tkazilgan ekspertiza natijalari, sanoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tavsiyalar keltiriladi.
39. Ekspertiza xulosasining natijalari ekspertiza obyektining sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi haqidagi xulosalarni o‘z ichiga oladi.
40. Texnik qurilmalar, binolar va inshootlarning ekspertiza xulosasida qo‘shimcha ravishda:
o‘tkazilgan tekshirish va texnik diagnostika asoslanadi;
ekspertiza obyektining texnik holatini baholash va prognoz qilish bo‘yicha qoldiq resursni (xizmat muddati) aniqlashni o‘z ichiga olgan hisob-kitob va tahlil qilish jarayonlari amalga oshiriladi;
tekshirish va texnik diagnostikani amalga oshirgan tashkiloti haqida ma’lumotlar (tashkilotning tashkiliy-huquqiy shakli, idoraviy mansubligi, pochta manzili, rahbarning familiyasi, ismi, otasining ismi, telefon raqami, faks, faoliyat turini amalga oshirish uchun berilgan litsenziya, ruxsatnoma, akkreditatsiya attestati berilgan sana va raqami);
ekspertiza obyektidan keyinchalik foydalanish bo‘yicha belgilangan muddat va shartlar ko‘rsatiladi.
41. Ekspertiza xulosasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
sanoat xavfsizligini ekspertizadan o‘tkazishda aniqlangan nomuvofiqliklar va kamchiliklar protokoli;
protokolda qayd etilgan nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bartaraf etishga doir o‘tkazilgan tadbirlar haqida ma’lumotlar;
o‘tkazilgan tekshiruvlar va texnik diagnostika natijalari;
ekspertizani o‘tkazishda foydalanilgan qonun hujjatlari va normativ texnik hujjatlar ro‘yxati;
identifikatsiyalanadigan har bir obyekt uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida” 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qaroriga muvofiq rasmiylashtirilgan xavfli ishlab chiqarish obyektlarining identifikatsiya varag‘i;
xavfli ishlab chiqarish obyektlarning ushbu Nizomga 9-ilovaga* muvofiq sxema bo‘yicha umumlashtirilgan varag‘i.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining identifikatsiya varag‘ini ekspertizadan o‘tkazish xulosasini rasmiylashtirishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qarori bilan tasdiqlangan Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom talablari qo‘shimcha ravishda hisobga olinadi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin