Mashina va mexanizmlar xavfsizligi fanidan



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə19/26
tarix08.02.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#123175
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
Mashina va mexanizmlar xavfsizligi fanidan (1)

Oldingi tahrirga qarang.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 6-yanvardagi 2-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2013-1, 13.01.2011-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 19-modda)
22. Ekspertlar ekspertiza obyektini unga nisbatan qo‘yiladigan sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholashadi. Zarurat bo‘lganda, ekspertlar taqdim etilgan ma’lumotlar va hujjatlarning to‘liqliligini, ishonchliligini va to‘g‘riligini aniqlashadi hamda ularning qonun hujjatlari va normativ texnik hujjatlar talablariga muvofiqligini baholashadi.
23. Zarurat bo‘lganda ekspertlar ekspertiza obyektini baholashni joyiga borib o‘tkazishi mumkin.
24. Joyiga borib baholash o‘tkazilganda ekspertlar ekspertiza obyektiga bog‘liq ishlar talab darajasida olib borilishini kuzatadilar, shuningdek, kompleks tarzda quyidagilarga baho beradilar:
a) bino va inshootlar hamda asbob va uskunalarning yaroqliligi, shuningdek, sinov vositalari va asboblarning ularga xizmat ko‘rsatilishi bo‘yicha holatiga;
b) qadoqlash (markirovka) va identifikatsiya qilishning ishonchli tizimi mavjudligiga;
v) tegishli qonun hujjatlari, normativ texnik va uslubiy hujjatlar, qoidalar, ishchi yo‘riqnomalari mavjudligi hamda ularga amal qilinishiga;
g) hisobot hujjatlarining mazmuni va ularni rasmiylashtirish talablariga rioya etilishiga.
Buyurtmachi ekspertlar talabi bo‘yicha ekspertiza obyektiga bog‘liq barcha tekshirish, diagnostika va sinov natijalari, hujjatlar, hisoblar, bayonnomalar va hisobotlarni taqdim etishi lozim.
25. Ekspertiza obyektining murakkabligiga qarab, yetakchi ekspert talabiga muvofiq mutaxassislar o‘zlari bajargan ishlar natijalari bo‘yicha ma’lumotnoma tayyorlashadi.
26. Zarur hollarda ekspertizani amalga oshirish jarayonida ekspert tashkiloti qonun hujjatlari hamda normativ texnik hujjatlarda ko‘rsatilgan uslublar yoki buyurtmachi bilan kelishilgan uslub va dastur asosida sinovlar o‘tkazadi.
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi o‘z vakolati doirasida beradigan xavfli ishlab chiqarish obyektlarida ishlarni bajarish uchun ruxsatnomalarga ega bo‘lgan boshqa laboratoriyalarning sinov natijalaridan ham foydalanish mumkin.
(26-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 6-yanvardagi 2-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2013-1, 13.01.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 19-modda)
27. Ekspertizani amalga oshirish jarayonida nomuvofiqliklar va kamchiliklar aniqlangan hollarda mazkur Qoidalarning 3-ilovasida keltirilgan shakl bo‘yicha bayonnoma tuziladi.
Bayonnomada nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bartaraf etish muddatlari buyurtmachi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Bayonnomada ko‘rsatilgan nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar buyurtmachi tomonidan mazkur Qoidalarning 3a-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq ekspert tashkilotiga yuboriladi.
Ekspert tashkiloti buyurtmachi tomonidan nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlarni, keltirilgan asoslarni va xavfsiz foydalanish bo‘yicha ko‘rilgan choralarni tahlil qiladi. Zarurat bo‘lganda ekspertiza obyektini takroran joyiga borib baholash va tegishli sinovlar o‘tkazilishi mumkin.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 6-yanvardagi 2-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2013-1, 13.01.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 19-modda)
28. Quyidagi hollarda ekspert tashkiloti tomonidan salbiy ekspertiza xulosasi rasmiylashtiriladi:
bayonnoma rasmiylashtirilgan sanadan o‘n ish kuni muddatida buyurtmachi tomonidan aniqlangan nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bartaraf etish muddatlari kelishib berilmasa;
kelishilgan muddatlarda mazkur Qoidalarning 3a-ilovasiga muvofiq shaklda nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar yuborilmasa;
kelishilgan muddatlarda buyurtmachi tomonidan bayonnomada ko‘rsatilgan nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari amalga oshirilmasa yoki amalga oshirilgan chora-tadbirlar, keltirilgan asoslar va xavfsiz foydalanish bo‘yicha ko‘rilgan choralar ekspert tashkiloti tomonidan yetarli emas deb hisoblanganda.
Salbiy ekspertiza xulosasida aniqlangan nomuvofiqliklar va kamchiliklar asoslantirilgan holda ko‘rsatilishi lozim.
Ekspertiza natijalaridan norozi bo‘lgan buyurtmachilar salbiy ekspertiza xulosasi rasmiylashtirilgan kundan boshlab bir oy davomida “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga yozma shikoyat berishi mumkin”.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 6-yanvardagi 2-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2013-1, 13.01.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 19-modda)
29. Salbiy ekspertiza xulosasi rasmiylashtirilgan hollarda buyurtmachi salbiy ekspertiza xulosasini rasmiylashtirishga asos bo‘lgan nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bartaraf etib, ekspertizani amalga oshirish uchun takroran ariza berishi mumkin.
30. Foydalanilayotgan ekspertiza obyektiga salbiy ekspertiza xulosasi rasmiylashtirilganda, ekspert tashkiloti tegishli xavfli ishlab chiqarish obyektidan xavfsiz foydalanish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish uchun “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga ekspertiza natijalari haqida tezkor xabar yuboradi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 6-yanvardagi 2-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2013-1, 13.01.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 19-modda)
31. Ekspertizani amalga oshirish uchun taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganish, ekspertiza obyekti holatini baholash hamda o‘tkazilgan tegishli sinovlar natijalari ijobiy bo‘lganda yoki nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar, keltirilgan asoslar va xavfsiz foydalanish bo‘yicha ko‘rilgan choralar ekspert tashkiloti tomonidan yetarli deb hisoblanganda ijobiy ekspertiza xulosasi rasmiylashtiriladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 6-yanvardagi 2-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2013-1, 13.01.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 19-modda)
32. Ekspertlar mazkur Qoidalarning 4-ilovasida ko‘rsatilgan ekspertiza xulosasini rasmiylashtirishga nisbatan qo‘yiladigan talablarga muvofiq ekspertiza xulosasini rasmiylashtiradi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin