Mashina va mexanizmlar xavfsizligi fanidan


SANOAT XAVFSIZLIGINI EKSPERTIZADAN O‘TKAZISH VA EKSPERTIZA XULOSASINI BERISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə9/26
tarix08.02.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#123175
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
Mashina va mexanizmlar xavfsizligi fanidan (1)

SANOAT XAVFSIZLIGINI EKSPERTIZADAN O‘TKAZISH VA EKSPERTIZA XULOSASINI BERISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
“Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligini ta’minlash, sanoat xavfsizligini ekspertizadan o‘tkazish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Sanoat xavfsizligini ekspertizadan o‘tkazish va ekspertiza xulosasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
3. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan qarorlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.S. Sultanov va “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i B.V. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 2-oktabr,
784-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 784-son qaroriga
1-ILOVA
Sanoat xavfsizligini ekspertizadan o‘tkazish va ekspertiza xulosasini berish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom sanoat xavfsizligini ekspertizadan o‘tkazish va ekspertiza xulosasini berish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
akkreditatsiya attestati — akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlarining sanoat xavfsizligini ekspertizadan o‘tkazish faoliyatini amalga oshirish vakolatini tasdiqlaydigan rasmiy hujjat;
texnik qurilmalarni ekspluatatsiyadan chiqarish — xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qo‘llaniladigan texnik qurilmalardan belgilangan maqsadda yanada foydalanish mumkin emasligi yoki maqsadga muvofiq emasligi qayd etiladigan voqea;

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin