4-bob. Ekspertiza xulosasini berish 42. Ekspertiza xulosasining asl nusxasi va taqdim etilgan hujjatlar buyurtmachiga ekspertizani o‘tkazish uchun shartnoma shartlari haqiqatdan bajarilganda beriladi.
43. Ekspertiza xulosasining nusxasi uch ish kuni davomida ekspert tashkiloti tomonidan vakolatli organga belgilangan tartibda yuboriladi.
44. Ekspertiza xulosasining nusxasi ekspertizani o‘tkazgan ekspert tashkilotida va vakolatli organda saqlanadi.
5-bob. Ekspertiza xulosasini qayta rasmiylashtirish 45. Buyurtmachi-yuridik shaxs qayta o‘zgartirilganda, uning nomi yoki yuridik manzili o‘zgarganda buyurtmachi ekspertiza xulosasini avval rasmiylashtirgan ekspert tashkilotiga ushbu Nizomga 3-ilovada* keltirilgan shakldagi buyurtmanomani shu Nizomga 4-ilovaning* 6-bandida qayd etilgan hujjatlarni ilova qilgan holda qayta ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng yetti ish kuni davomida taqdim etishi shart.
46. Ekspertiza xulosasi sanoat xavfsizligini ekspertizadan o‘tkazgan ekspert tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha qayta rasmiylashtiriladi.
Shartnoma summasi ekspert tashkilotining ekspertiza xulosasini qayta rasmiylashtirishga sarflanadigan xarajatlari doirasida belgilanadi.
47. Hujjatlar buyurtmachi tomonidan ushbu Nizomning 15-bandida belgilangan tartibda taqdim etiladi.
48. Ekspertiza xulosasini avval rasmiylashtirgan ekspert tashkiloti buyurtmachi shartnomada belgilangan miqdordan kam bo‘lmagan summani to‘lagan kundan boshlab, uch ish kuni davomida buyurtmanomani ko‘rib chiqadi, hujjatlarni o‘rganadi va yangi ekspertiza xulosasini rasmiylashtiradi.
49. Xulosa qayta rasmiylashtirilgunigacha avval berilgan ekspertiza xulosasi buyurtmachi yoki uning huquqiy vorisi tomonidan qayta rasmiylashtirish uchun berilgan buyurtmanoma asosida va ekspert tashkilotining bunday buyurtmanoma olingani haqidagi belgisi bo‘lganda haqiqiy hisoblanadi.
50. Qayta rasmiylashtirilgan ekspertiza xulosasi ushbu Nizomning 4-bobiga muvofiq beriladi.