Ekspertiza xulosasini rasmiylashtirishga nisbatan qo‘yiladigan TALABLAR 1-§. Umumiy qoidalar 1. Ijobiy ekspertiza xulosasining titul varaqasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda ekspert tashkilotlariga tarqatilgan maxsus blankda rasmiylashtirilishi lozim.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 6-yanvardagi 2-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2013-1, 13.01.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 19-modda) 2. Salbiy ekspertiza xulosasining titul varaqasi ekspert tashkilotining rasmiy blankida rasmiylashtirilishi lozim.
21. Ekspertiza xulosasining matni A4 formatdagi qog‘oz varag‘ining bir tomonida masshtab kichraytirilmagan holda qog‘oz varag‘ining kitob holatida joylashishi, “Times New Roman” 12 o‘lchamli shriftida Microsoft Word matn redaktoridan foydalanilgan holda kompyuter vositasida bosib chiqarilishi lozim.
Ekspertiza xulosasining asosiy qismi 1,2 qator oralig‘ida yozilishi, har bir bet hoshiyasi: yuqoridan va pastdan 1,5 sm, chapdan 2,5 sm, o‘ngdan 1,5 sm bo‘lishi, xatboshi besh-olti belgiga teng va bir xilda bo‘lishi lozim.
Ekspertiza xulosasida jadvallar, grafiklar, xaritalar, sxemalar berilsa, ularni A3 formatdagi qog‘oz varag‘ida joylashtirish mumkin.
22. Ekspertiza xulosasida qo‘llaniladigan qisqartmalarga tushunchalar berilishi lozim”;
(21 va 22-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 6-yanvardagi 2-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2013-1, 13.01.2011-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 19-modda) 3. Ekspertiza xulosasi rasmiylashtirilganda ekspertiza xulosasi tegishli bo‘lgan obyektlar sanab o‘tilishi lozim.
4. Ekspertiza xulosasi ekspert tashkiloti rahbari va ekspertizani amalga oshirgan ekspertlar tomonidan imzolanishi, ekspert tashkiloti muhri qo‘yilishi hamda betlar soni ko‘rsatilgan holda tikilishi lozim.