Oʻzbekiston Respubklikasi saylov tizimi.
Reja
Saylov tizimi-saylov oʻtkazish tartiblarining oʻrnatuvchi huquqiy normalarni majmui.
Oʻzbekiston Respublikasi Saylov tizimi.
Oʻzbegkiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.
Saylov tizimi — saylov oʻtkazish tartiblarining hamda ularni oʻrnatuvchi xuquqiy normalarning majmui.
Saylov tizimi davlat vakillik organlarini shakllantirish yuzasidan mavjud bulgan va fuqarolarni saylovga jalb etish, saylovlarni tashkil qilish va deputatning saylovchilar bilan oʻzaro munosabatlarini belgilaydigan tartibini, fuqarolarning barcha saylov huquqlarini oʻz ichiga oladi (qarang Saylov huquqi). Jahon mamlakatlarining davlat qurilishi tajribasida Saylov tizimining majoritar, proporsional va aralash turlari qoʻllaniladi. Majoritar saylov tizimi deganda (frans. majorite — kupchilik suzidan) vakillik organlariga saylovlarda ovoz berish natijasini aniqlash tushuniladi. Unda qonun bilan belgilangan koʻp ovozni olgan nomzod (yoki nomzodlar roʻyxati) muayyan okrug boʻyicha saylangan hisoblanadi.
Hozirgi zamon konstitutsiyaviy huquqida nisbatan, mutlaq va malakali koʻpchilik ovoziga asoslangan majoritar saylov tizimlari qoʻllaniladi. Masalan, AQSH, Buyuk Britaniya, Hindiston, Meksika va boshqalarda. Mutlaq koʻpchilik ovoziga asoslangan majoritar tizimda berilgan va haqiqiy deb topilgan ovozlarning umumiy sonidan mutlaq (yoki oddiy) koʻp ovoz (yaʼni
50% +1 ta ovoz) olgan nomzod saylangan hisoblanadi. Agar nomzodlardan birontasi ham yetarlicha ovoz olmasa, qayta ovoz berish oʻtkaziladi, bunda nomzodlar roʻyxatida nisbatan koʻp ovoz olgan 2 ta nomzod qoldiriladi. Baʼzan qayta ovoz berish urniga 2-tur ovoz berish oʻtkaziladi, buning natijalari boshqacha tizim boʻyicha aniqlanadi (masalan: Fransiyada Milliy majlis—parlamentga saylovlarda mutlaq ko'pchilik ovoziga asoslangan majoritar tizim, 2-tur ovoz berishda esa nisbatan ko'pchilikning ovoziga asoslangan majoritar tizim qo'llaniladi). Nisbatan ko'pchilik ovoziga asoslangan majoritar tizim eng sodda tizim boʻlib, bunda nomzodlar orasidan o'z raqiblarining har biriga nisbatan ko'p ovoz olgani saylangan hisoblanadi. Bu tizimda ko'pincha saylovchilarning qo'llab quvvatlashiga ega boʻlmagan partiya parlamentda koʻp o'ringa ega bo'lishi mumkin. AQSH, Buyuk Britaniya va boshqa bir qancha davlatlarda majoritar tizimning ana shunday shakli qoʻllaniladi.
Shuningdek, majoritar tizimning kamdan kam
hollarda qoʻllaniladigan yana bir turi malakali ko'pchilik ovoziga (umumiy ovozlarning 2/3, 3/4
ma'qullamoqismiga) asoslangan majoritar tizim ham mavjud (masalan: Chilida parlamentning quyi palatasi — Deputatlar palatasiga saylovlarda shunday tizim qoʻllaniladi). Biroq, bunda faqat juda oz nomzodlar saylovchilarning 65% ovozini olishi mumkin bo'lganligi uchun, mandatlar, odatda,
vakillikning proporsional tizimi bo'yicha taqsimlanadi.
Har bir saylov okrugidan saylanadigan deputatlarning soniga qarab bir mandatli yoki ko'p mandatli majoritar saylov tizimlari bo'lishi mumkin. Bir mandatli majoritar tizimda bir okrugdan bir deputat saylanadi. Koʻp mandatli majoritar tizimda bir okrugdan bir necha deputat saylanadi.
Proporsional Saylov tizimi ovoz berish natijalarini aniqlashning birmuncha murakkab tartibi boʻlib, bunda mandatlar oʻz nomzodlarini vakillik organlariga qoʻygan siyosiy partiyalar va boshqa ommaviy harakatlar oʻrtasida ular tomonidan olgan ovozlarning soniga mos ravishda taqsimlanadi.
Proporsional Saylov tizimida katta-katta saylov okruglari tuzilib, ularda har bir partiya oʻz
vakillarining roʻyxatini ilgari suradi, saylovchilar esa tegishli partiyalar yoki ommaviy harakatlar tomonidan koʻrsatilgan vakillarning ruyxati uchun ovoz beradi. Ovoz berish natijalarini aniqlash uchun saylov mezoni (yoki kvota), yaʼni bir deputatlik mandatini olish uchun zarur boʻlgan ovozlar miqdori (odatda, kamida 4—5% qilib) oʻrnatiladi. Bunda, shartga koʻra, muayyan jamoat birlashmalarining nomzodlari ana shu belgilangan ovozlarni olgandan keyingina mandatlarni taqsimlashda qatnashadi.
Avvalo saylovchilar bergan ovozlar miqdori deputatlik oʻrinlarining soniga boʻlinadi. Shunda bitta mandat doirasidagi ovozlar soni maʼlum boʻladi.
Keyin har bir partiya olgan ovozlar alohida-alohida hisoblab chiqiladi. Bu miqdor deputatning bir mandati uchun zarur boʻlgan ovozlar miqdoriga boʻlinadi. Shunda mazkur siyosiy partiya yoki ommaviy harakatga berilgan deputatlik oʻrinlari soni kelib chiqadi. Bunday tizimda saylovchi amalda nomzod uchun emas, balki siyosiy partiya uchun ovoz beradi. Saylovchilarning ovozi belgilangan meʼyor doirasida va mutanosib ravishda deputatlar mandatlari sonini keltirib chiqaradi. Bu oʻrinlar
partiya rahbar organlari tomonidan partiyaviy roʻyxatning bosh qismidan joy olgan nomzodlarga beriladi. Proporsional Saylov tizimi Isroil, Vengriya, Avstriya, Daniya, Ispaniya, Polsha va boshqa mamlakatlarda mavjud.
Aralash Saylov tizimi oʻzida ham majoritar, ham proporsional saylov tizimlari elementlarini mujassam etadi. Masalan Germaniyada Bundestagga saylovlarida aralash tizim qoʻllaniladi. Uning deputatlarining yarmi butun mamlakat hududini qamrab olgan bir mandatli saylov okruglarida nisbatan koʻpchilik ovoziga asoslangan majoritar tizim boʻyicha, 2-yarmi esa, koʻp mandatli saylov okruglari hisoblangan german yerlari (federatsiya subʼyektlari)da siyosiy partiyalar tomonidan ilgari surilgan nomzodlar roʻyxati asosida proporsional tizim boʻyicha saylanadi.
Aralash saylov tizimi Bolgariya, Gruziya, Litva, Italiya va boshqa mamlakatlarda ham qoʻllaniladi.
Oʻzbekiston Respublikasining saylov tizimi mamlakat Konstitutsiyasi va saylov toʻgʻrisidagi tegishli qonunlar bilan tartibga solinadi. Ularga binoan, Uzbekistonda majoritar saylov tizimi qoʻllaniladi. Macalan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod saylov okrugi buyicha ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning yarmidan kupining ovozini olishi kerak. Agar saylovchilarning roʻyxatiga kiritilgan saylovchilarning yarmidan kami saylovda ishtirok etgan boʻlsa, saylov oʻtmagan deb hisoblanadi. Agar saylov okrugi buyicha 2 tadan ortiq nomzod ovozga qoʻyilgan boʻlsa va ulardan birontasi ham kupchilik ovozini ololmasa, yaʼni deputat bulib saylanmay qolsa, okrug saylov komissiyasi eng koʻp ovoz olgan 2 nafar nomzodni okrugda takroriy ovozga qoʻyish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Bu qaror Markaziy saylov komissiyasiga yuboriladi. Markaziy saylov komissiyasining qarori asosida 2 hafta ichida takroriy ovoz berish oʻtkaziladi[1].
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISIGA SAYLOV TO‘G‘RISIDA
(yangi tahriri)
I. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING QONUNChILIK PALATASIGA SAYLOV TO‘G‘RISIDA
1-bob. Umumiy qoidalar
modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazishning asosiy prinsiplari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (quyi palata) (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) besh yil muddatga saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iborat.
Qonunchilik palatasining bir yuz o‘ttiz besh deputati hududiy bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida umumiy, teng va to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish
yo‘li bilan saylanadi.
Qonunchilik palatasining o‘n besh deputati O‘zbekiston ekologik harakatidan saylanadi.
(1-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
modda. Umumiy saylov huquqi
Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovi umumiydir. Saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi) saylash huquqiga egadirlar.
Qonunchilik palatasiga saylanish huquqiga saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan fuqarolar egadirlar.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas va saylovda qatnashmaydilar.
modda. Teng saylov huquqi
Har bir fuqaro — saylovchi bir ovozga ega.
Fuqarolar jinsi, irqiy va milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyi, ma’lumoti, mashg‘ulotining turi va xususiyatidan qat’i nazar, teng saylov huquqiga egadirlar.
modda. To‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasining bir yuz o‘ttiz besh deputati fuqarolar tomonidan bevosita saylanadi.
(4-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
modda. Yashirin ovoz berish
Qonunchilik palatasi deputatlari saylovida erkin va yashirin ovoz beriladi. Ovoz beruvchilarning xohish- irodasi nazorat qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
modda. Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishdagi oshkoralik
Qonunchilik palatasi sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni saylov komissiyalari ochiq va oshkora amalga oshiradilar.
Saylov komissiyalari fuqarolarni o‘z ishlaridan, saylov okruglari, uchastkalari tuzilganligi, saylov komissiyalarining tarkibi, ularning joylashgan yeri va ish vaqtidan voqif etadilar, saylovchilarning ro‘yxatlari, saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalarning ro‘yxati bilan tanishtiradilar, Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar (bundan buyon matnda deputatlikka nomzodlar deb yuritiladi) xususidagi ma’lumotlar, ovoz berish va saylov yakunlaridan xabardor qiladilar.
O‘zbekiston Respublikasining ommaviy axborot vositalari saylovga tayyorgarlikning borishi va saylov qanday o‘tayotganligini yoritib boradilar.
Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek saylov kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda deputatlikka nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalardan bittadan kuzatuvchi, ommaviy axborot vositalarining vakillari, boshqa davlatlar, xalqaro
tashkilotlar va harakatlardan kuzatuvchilar qatnashish huquqiga egadirlar. Ularning vakolatlari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Manfaatdor tashkilotlar o‘z kuzatuvchilari to‘g‘risida Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalariga (bundan buyon matnda okrug saylov komissiyalari deb yuritiladi) saylovga kamida o‘n besh kun qolganida ma’lum qiladilar.
Okrug saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda Markaziy saylov komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan belgilanadigan namunadagi mandatni manfaatdor tashkilotdan ariza olinganidan keyin kuzatuvchiga besh kun ichida beradi. Boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlardan kuzatuvchilarga mandatlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan beriladi.
(6-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396- sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Kuzatuvchilar quyidagi huquqlarga ega: Oldingi tahrirga qarang.
okrug va uchastka saylov komissiyalarining majlislarida hozir bo‘lish;
(6-modda yettinchi qismining ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
O‘zbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish va ularni saylash bo‘yicha O‘zbekiston ekologik harakatining konferensiyasida hozir bo‘lish;
(6-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 19-dekabrdagi O‘RQ-340- sonli Qonuniga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 51-son, 574-modda)
saylov uchastkasida hozir bo‘lish hamda tayyorgarlik ishlarining borishini, ovoz berish uchun saylov qutilarining joylashtirilishi va muhrlanishini, fuqarolarga saylov byulletenlarining berilishini kuzatish;
ovozlarni sanab chiqishda va uchastka saylov komissiyasining bayonnomalarini tuzishda hozir bo‘lish;
saylov natijalari to‘g‘risidagi hujjatlarning tegishli saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan nusxalarini so‘rash va ularni olish;
agar saylov uchastkasida ushbu Qonunning buzilishiga yo‘l qo‘yilgan deb hisoblash uchun asos bo‘lsa, o‘z kuzatuvlari to‘g‘risida yuqori saylov komissiyasiga ma’lum qilish.
Kuzatuvchilarga quyidagilar man etiladi:
saylovchi saylov byulleteniga o‘z belgisini qo‘yayotgan paytda yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida bo‘lish;
saylovchilarga ta’sir o‘tkazish, biron-bir tashviqot materiali yoki adabiyoti tarqatish;
saylovchilardan ular kimni yoqlab ovoz berganliklarini surishtirish yoki saylovchilarga saylov byulleteniga belgi qo‘yishda biron-bir tarzda yordam ko‘rsatish;
uchastka saylov komissiyasining faoliyatiga, shu jumladan saylov qutilarini muhrlashda, ularni ochishda, ovozlarni sanab chiqishda aralashish.O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (MSK) – O’zbekiston Respublikasi davlat organi. 1998-yildan eʼtiboran mustaqil organ sifatida amal qiladi[1]. Saylov qonunchiligiga ko’ra O'zbekiston Respublikasi hududida Oliy Majlis, Prezidentlik saylovlari hamda O'zbekiston Respublikasi referendumini o’tkazadi. MSK kollegial organ bo’lib, davlat hokimiyat organlaridan mustaqildir. MSK faoliyatiga aralashishga yo’l qo’yilmaydi. MSK qarorlari MSK a’zolarining ochiq majlisida qabul qilinadi. Majlisda a’zolarning 3/2 qismi ishtirok etganda majlis o’tgan hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
Turi
Konstitutsion tuzilma
Maqomi Kollegial organ
Ishga tushgan sanasi 1998-yil 30-aprel Joylashuvi
Toshkent sh., To'ytepa ko'chasi, 2a uy Hududiy xizmati
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston Rais
Zayniddin Nizomxoʻjayev Bosh mahkamasi Komissiya majlisi Aʼzolari
21 kishidan iborat Vebsayti saylov.uz
Til(lar)i
Oʻzbek, Rus, Ingliz
MSK eng kamida 15 kishidan iborat tarkibda Oliy Majlis palatalari tomonidan tuziladi. [2] MSK a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyasiga ko‘ra Qonunchilik palatasi hamda Senat tomonidan saylanadi.
MSK Raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan komissiya a’zolari orasidan komissiya majlisida saylanadi. MSK Raisining o‘rinbosari va komissiya kotibi komissiya a’zolari orasidan komissiya majlisida saylanadi.[3]
MSK fuqarolarning saylov huquqlarini amalga oshirishlari hamda Respublika hududida Saylov kodeksiga amal qilinishini nazorat qiladi. Saylov hamda referendumlarni o’tkazishda jarayonlarni tashkillashtiradi. Saylovni moliyalashtirish hamda byudjet mablag’larining taqsimoti ustidan nazorat o’rnatadi.
Xulosa
Oʻzbekiston Respublikasi saylov tizimi.Bu ochiqlik ila Xalq órtasida boʼlib oʻtadigon keng qamrovli siyosiy ishlardan biridir.Oʻzbekiston Respublikasining saylov tizimi mamlakat Konstitutsiyasi va saylov toʻgʻrisidagi tegishli qonunlar bilan tartibga solinadi.O ʻzbekiston Respublikasi saylovlarida voyaga
Dostları ilə paylaş: |