Mashinasozlik



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə10/13
tarix13.09.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#128938
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
X-0

Edit kiritish qatori.
Edit kiritish qatori matnni bir qatordan kiritish va uni taxrirlash uchun ishlatiladi. Matn kiritish qatorini ekranga joylash uchun Delphi ning Standart palitrasidan «ab» piktogrammasi belgilanib, forma ustiga kelinadi va sichqoncha tugmasini bosgan holda matn kiritilishi lozim bo‘lgan joy ajratiladi. Natijada Edit 1 matn kiritish maydoni hosil qilinadi. Matnni kiritish dastur ishchi holatga o‘tganda bajariladi. Matn qatoriga kiritilgan ma’lumot faqat matn, ya’ni String (qator) bo‘lib hisoblanadi. Edit kiritish qatoriga kiritilgan ma’lumot dasturda o‘qib va uni raqamga o‘tkazish uchun ko‘p hollarda val funksiyasidan foydalaniladi. Bu funksiya Turbo Pascal da quyidagicha yoziladi.
val(edit 1.text,a,cod)- bu erda a:real;- o‘zgaruvchisi bo‘lib, edit 1.text maydonidagi ma’lumotni raqam qilib o‘zlashtiradi. cod: integer; deb e’lon qilinadi.
Memo matn chiqarish qatori.
Memo matnlarni bir necha qator kilib chiqarish uchun ishlatiladi. Memo matn chiqarish qatorini ekranga joylash uchun Delphi ning Standart palitrasidan «ab» piktogrammasi yonidagi Memo tugmachasi belgilanib forma ustiga kelinadi va sichqoncha tugmasini bosgan holda matn chiqarilishi lozim bo‘lgan joy ajratiladi. Natijada Memo 1 matn chiqarish maydoni hosil qilinadi. Bu chiqarish maydoni dasturda natijalarni chiqarishda qo‘l keladi. Natijani chiqarishda u dastur ichida quyidagicha ishlatiladi.
Memo 1.lines.add(‘echim=’+s);
Memo maydonini tozalash esa natijani chiqarishdan oldin modulda Memo 1.clear; buyrug‘ini berish bilan amalga oshiriladi.
Memo komponentasi sodda matn muhariri bo‘lib, u ko‘p satrli ma’lumotlarni kiritish va chiqarish uchun ishlatiladi.
Bu komponentalar mantlar ustida amallar bajarish uchun ishlatiladi.
Password Char xossasi. Ushbu xossa matnni kiritishdan ximoya uchun foydalaniladi. Parol kiritish kerak paytida foydalaniladi. Ushbu xossadan foydalanuvchi maxfiylikning qo‘shimcha darajasini ta’minlash uchun va foydalanuvchi ismini yashirish uchun foydalanish mumkin.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin