Display grid – setkani ko‘rsatish;
Snap to grid – ob’ektlarni setka yordamida ko‘chirish;
1.6-rasm.
Formadagi setka odatda ko‘ringan xolatda bo‘ladi va men sizga uni o‘chirib qo‘yishni maslahat bermayman. CHunki bo‘lajak dasturingizning interfeysini yaratayotgan vaqtingizda uning chiroqli ko‘rinishi uchun setka katta yordam beradi. Setkaning kattaligi odatda 8x8 pikseldan iborat bo‘ladi. Uni o‘zgartirish mumkin, lekin buni ham maslahat bermayman. Agar juda zarur bo‘lmasa, yaxshisi barchasi o‘z xolicha qolgani ma’qul.
Ko‘rib chiqishimiz kerak bo‘lgan navbatdagi va so‘nggi sozlash oynasi uskunalar panelida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, ochilgan kontekst menyudan Properties (Xossalar) buyrug‘ini tanlash orqali chaqiriladi (1.7-rasm).
Bu oyna uchta vkladkadan iborat bo‘lib, birinchi vkladkada panellar ro‘yxati beriladi. Bu erda faqat tez-tez ishlatadigan panellarimizni qoldirib, qolganlarini o‘chirib qo‘yishimiz mumkin. Ikkinchi vkladkada “sudrab o‘tish” yo‘li bilan uskular paneliga qo‘shish mumkin bo‘lgan barcha tugmalar ro‘yxati beriladi.
Xozircha shular bilan sozlashga oid ishlarimizni to‘xtatib turamiz. Qolganlari haqida amaliy mashg‘ulotlarimiz davomida to‘xtalib o‘taman.
2.2. Delphi dasturlash tilida ishlatiladigan asosiy komponentlar va X-0 o’yini dasturini yaratish
Label belgisi. Bu belgi tushuntirishlar, nomlar, mavzular va boshqa matnli ma’lumotlarni ekranga joylashtirish uchun ishlatiladi. Belgi uchun Saption asosiy xossalardan biri bo‘lib, unda ekranga chiqariladigan matn joylashadi. Matnni ekranga joylash uchun Delphi ning Standart palitrasidan «A» piktogrammasi belgilanib forma ustiga kelinadi va sichqoncha tugmasini bosgan holda matnga joylashtirilishi lozim bo‘lgan joy ajratiladi. Natijada label1 matn maydoni xosil qilinadi va Caption xossasiga kirilib matn teriladi. Matnga ishlov berish uchun (masalan, kattalashtirish yoki kichiklashtirish; kursiv yoki qalin qilish va boshqalar) kerakli xossa tanlanib ular o‘zgartiriladi. Kiritilgan matnni kattalashtirish yoki kichiklashtirish uchun oldin matn maydoni ajratilib, keyin Font xossasiga kirilidi va muloqot darchasidan shrift, uning o‘lchami va rangi tanlanib ok tugmasi bosiladi.
Label komponentasi nafaqat ma’lumotlarni ekranga joylashtirish uchun xizmat qiladi, balki dastur natijalarini chiqarishda xam ishlatish mumkin. Buning uchun dasturda
Label 5.caption:=’dastur natijasi’; buyrug‘i berilishi kerak.
Misol: Label 5.caption:=’echim=’+s; bu erda s:string o‘zgaruvchisi.
Dostları ilə paylaş: |