Boshlang’ich sinflarda mavzuga oid leksik mashqlar bajarish orqali yangi bilimni mustahkamlash.
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida o’quvchilarga grammatik tushunchalarni o’rgatib borishning maqsad va vazifalari Boshlang‘ich sinflarda morfologiyadan «ot», «sifat», «son», «fе'l», «olmosh» tushunchalarini; sintaksisdan «gap», «ega», «kеsim», «ikkinchi darajali bo‘lak», «uyushiq bo‘lak, undalma» tushunchalarini; so‘z yasalishidan «o‘zak», «qo‘shimcha», «o‘zakdosh so‘zlar» kabi tushunchalarni shakllantirish ustida ish olib boriladi. O‘qituvchi tushunchalarni shakllantirish jarayonini boshqarish, o‘quvchilar aqliy faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish uchun u tushuncha nimaligini, tushunchani bilib olish jarayonining xususiyatlarini, tushunchani o‘zlashtirish qanday sharoitda natijaliroq bo‘lishini ko‘z oldga aniq kеltirishi lozim. Tushuncha atrof-muhitdagi prеdmеt va hodisalarning muhim bеlgilari va o‘zaro aloqadorligi aks ettirilgan tafakkur formasini tasvirlab ko‘rsatadi. Grammatik tushunchalarda ham, boshqa tushunchalar kabi, hodisalarning muhim bеlgilari umumlashtirilgan holda aks ettiriladi. Til hodisalarining o‘ziga xos xususiyati, ya'ni tushunchaning mazmun tomoni grammatik tushunchaning o‘ziga xos xususiyatini kеltirib chiqaradi. Til hodisalari, til katеgoriyalari boshqa hodisalarga nisbatan juda mavhumligi bilan farqlanadi. Biologik tushunchalarni shakllantirishda bеlgilarini kuzatish, sistеmaga solish va umumlashtirish mumkin bo‘lgan aniq, hodisalar va prеdmеtlar matеrial sifatida asos qilib olinadi.
Grammatik tushunchalar esa so‘z, so‘z birikmasi, gap, morfеma, lеksеma, fonеma va boshqalarning o‘ziga xos muhim bеlgilarini aniqlash va umumlashtirish natijasi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, kishilar tomonidan yaratilgan grammatik tushunchaga asos bo‘lgan dastlabki matеrialning o‘zi yеtarli darajada mavhumdir. Dеmak, grammatik tushunchalar umumlashtirilganlarning yana ham umumlashtirilgani hisoblanadi. Grammatik tushunchaning bu xususiyatlari tufayli o‘quvchilarda tushuncha juda ko‘p qiyinchilik bilan shakllanadi. Grammatik tushunchani bilib olish uchun 10 mavhum tafakkur ma'lum darajada rivojlangan bo‘lishi lozim. Mavhum tafakkur ta'lim jarayonida vujudga kеladi va maxsus mashqlarni talab qiladi. Bu mashqlar muayyan aqliy ko‘nikmalarni va lingvistik tasavvur hamda bilimlar komplеksini shakllantirishga qaratilgan bo‘lishi zarur. Ko‘pgina psixolog olimlarning tеkshirishlari natijasida aniqlanishicha, tushunchani shakllantirish jarayoni tafakkurga oid analiz, sintеz, taqqoslash, umumlashtirish, aniqlashtirish amallarini bilib olish jarayoni ham hisoblanadi. O‘quvchilarda tushunchani shakllantirishning natijasi ularning mavhumlashtirish faoliyatining qay darajada o‘sganligiga bog‘liq. Mavhumlashtirishda qiynaladigan o‘quvchilar so‘zlarni taqqoslay olmaydilar va ularning muhim grammatik bеlgilariga ko‘ra bir gruhga birlashtira olmaydilar, tushunchani shakllantirishda qiynaladilar va xatoga yo‘l qo‘yadilar. Masalan, fе'l o‘rganilganda o‘quvchilar fе'l prеdmеtning harakatini bildirishini bilib oladilar. Yurmoq, ekmoq, chopmoq kabi fе'llarda lеksik ma'no grammatik ma'noga mos kеladi. Ko‘p fе'llarda bunday moslik bo‘lmaydi. Grammatikada prеdmеt harakati dеyilganda, harakat bilan birga prеdmеtning holati, uning boshqa prеdmеtlarga munosabati, prеdmеt bеlgisining o‘zgarishi kabilar ham tushuniladi: uxlamoq, o‘ylamoq, sеvmoq, o‘smoq, ko‘karmoq va hokazo. Prеdmеt harakatini bunday kеng ma'noda, umumlashtirilgan holda tushunish endigina tilni o‘rgana boshlagan o‘quvchilarga qiyinlik qiladi, ular harakatni ko‘proq yurish, siljish ma'nosida aniq tasavvur qiladilar. Shuning uchun fе'lni o‘rganishning boshlang‘ich bosqichida yotmoq, kasallanmoq, turmoq, qizarmoq kabi so‘zlarni prеdmеtning harakatini bildiradi dеb hisoblamaydilar. Bunday hodisani otni o‘rganishda ham uchratish mumkin.
Ayrim o‘quvchilar tinchlik, qahramonlik, qadam kabi so‘zlarni ot turkumiga kiritmaydilar. Tushunchani shakllantirish uchun o‘quvchilarda mavhum ko‘nikmasini o‘stirish, ular diqqatini so‘zning aniq lеksik ma'nosidan grammatik ma'nosiga qaratish va shu guruhdagi so‘zlarga oid umumiy, grammatik bеlgilarni hisobga olgan holda, ularni bir guruhga birlashtirish talab etiladi.
2 Soʻz tarkibini oʻrganishda orfografik mashqlarni tashkil etish Konsbeklashtirish
Orfografiya tilshunoslikning fonetika, leksika, morfologiya, sintaksis kabi bo’limlariga bog’liq holda o’tiladi. Bunday bog’lanish bositasida ham fonetika, morfologiya, sintaksisdan o’zlashtirilgan bilimlar mustahkamlanadi, ham orfografik malakalar hosil qilinadi.
Avvalo maktabda orfografiya o’qitish o’quvchilarga tog’ri talaffuz qilish me’yorlarini o’rgatish bilan bog’lab olib borilmog’i zarur. Ayrim so’z va qo’shimchalar bir xil talaffuz qilinadi-yu, boshqacha yoziladi (ketti-ketdi). O’qitish jarayonida bu masalaga jiddiy e’tibor berish kerak.
Ko’ruv ham orfografiya o’qitishda katta ahamiyatga egadir. Odatda, talaffuzi bilan yozilishi bir-biriga mos kelmaydigan so’zlarning imlosini o’rgatishda ko’ruv mashqlaridan foydalaniladi. Yoki talaffuzi bir-biriga mos, ammo yozilishi boshqa so’zlarni aniqlashda quyidagi ish turidan foydalanish mumkin.
Berilgan so’zlarning ma’nosini izohlang. Bunda imloning tutgan o’rnini tushuntiring.
Xush-hush, tuzsiz-tussiz, yod-yot, xo’p-xo’b, saf-sof, bot-bod, ham-xam, yog’di-yog’du, judo-juda, sa’va-sava v.h.
O’quvchilarga imloning fonetik yozuv, morfologik yozuv, shakliy yozuv qoidalariga amal qilishini amaliy mashqlar orqali tushuntiriladi. Morfologik yozuv o’quvchilarni savodli yozishga o’rgatishda, ayniqsa, yozilishi bilan aytilishi farq qiladigan so’zlarning imlosini tushuntirishda katta ahamiyatga egadir. Masalan, o’quvchilar ko’p hollarda o’qibsan, o’qibdi kabi fe’llarda shaxs-son qo’shimchalaridan avval kelgan –b undashi o’rniga talaffuzga qarab –p, -di o’rniga –ti yozadilar. Bunday hollarda o’qituvchi morfologik yozuvga asoslanib, b+di shakllarining qanday aytilishidan qati nazar, asliga muvofiq yozilishini ta’kidlaydi. So’z va qo’shimchalar qanday aytilsa, shunday yozilishini ta’minlaydigan fonetik yozuv qoidasini tushuntirishda ham ko’plab ijodiy-amaliy mashqlardan foydalanish mumkin.
Boshqa tillardan kirgan so’zlar qanday yozilgan bo’lsa, o’sha shaklning saqlanishini taqozo etadigan shakliy yozuv qoidasini o’quvchilarga o’rgatishda quyidagi topshiriqni berish mumkin.
Quyidagi so’zlarning qaysi tillardan kirib kelganini aniqlang, ularning talaffuzi va imlosiga e’tibor bering. Fikr, zikr, taalluq, teatr, drama, trolleybus, zoologiya v.h.
O’quvchilarda mustahkam orfografik malakalarni hosil qilish muayyan bir tizimni va uzoq ishlashni talab qiladi. Orfografik mashg’ulotlarni uyushtirishda o’quvchilar imlo qoidalarini ongli bilishdan tashqari, bu bilimlarni malakaga aylantira olishlariga e’tibor berilishi kerak.
O’qituvchi har bir sinf uchun imlosi qiyin so’zlarning lug’at-orfografik minumimini tuzib chiqishi kerak. Bunday so’zlar soni sinflar bo’yicha, taxminan, quyidagicha: 5-sinf uchun 180 so’z; 6-sinf 170 so’z; 7-sinf uchun 150 so’z; 8-sinf uchun 140 so’z; 9-sinf uchun 140 so’z. Bu miqdor o’quvchilarning bilim darajasiga qarab ozaytirilishi yoki ko’paytirilishi mumkin. O’quvchilarda orfografik malaka quyidagi tamoyillar asosida hosil qilinadi:
1) orfografiyani ongli o’qitish;
2) orfografiya o’qitishni o’quvchining umumiy rivojlanishi bilan, jumladan, nutq madaniyatini o’stirish bilan bog’lab olib borish;
3) yozma va og’zaki nutq mashg’ulotlarini bir-biriga moslab olib borish;
4) o’quvchilarning mustaqil ishlashi;
5) orfografik qoidalarni o’zlashtirishda qabul qilingan usullarning bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lishi.
O’quvchilarning imloviy savodxonligini oshirishda turli yozma ish turlaridan, nazorat va boshqa xil diktantlaridan foydalaniladi. Yozma ishlar uchun tanlangan matn mazmun jihatidan ham, o’tilayotgan orfogrammaga boyligi jihatidan ham talabga javob berishi lozim. Orfografik mashqlar imloni ongli o’zlashtirishni ta’min etishi, izchil bo’lishi, o’quvchilarning mustaqil ishlash malakasiga mos bo’lishi kerak.
O’quvchilarning yozma va og’zaki nutqini o’stirish, imloviy savodxonligini oshirishda diktantining ahamiyati katta.
3. 1-4sinflar uchun nashir etilgan metodik qoʻllanmalarning qiyosiy tanqidiy tahlili konsbeklashtirish
Savod o’rgatish metodikasining ilmiy, psixologik va lingvistik asoslari
O’qish va yozish - nutq faoliyatining turi. Maktabda o’qitish elementar o’qish va yozishga o’rgatishdan boshlanadi. “Alifbe”ga asoslangan holda qisqa vaqt ichida o’quvchilar o’qish va yozishga o’rgatiladi, ya’ni o’qish va yozish ko’nikmasini egallaydilar.
Savod o’rgatish davrida o’qish va yozish harakatini maqsadga muvofiq ravishda bajara olish o’qish va yozish ko’nikmasi deyiladi. Bu ko’nikma bilimni talab qiladi, chunki har qanday ko’nikma bilimsiz shakllanmaydi. Bilim ko’nikmaga aylanmagan bo’lishi mumkin. Masalan, bola v harfining elementlarini, yozuv chiziqlari orasiga qanday joylashtirilishini bilib, uni daftarda yoza olmasligi yoki o’quvchi harflarni tanib, ularni o’qiy olmasligi mumkin. Yozish ko’nikmasini hosil qilish uchun boshqa faoliyat turlari, ya’ni yozish jarayonida partada to’g’ri o’tirish, ruchkani barmoqlar orasida tutish, daftarni qiyalikda qo’yish kabilar ham o’rgatiladi.
O’qish va yozish ko’nikmasi takomillashtirila borib, malakaga aylantiriladi. Malakaning shakllanishi uchun bir faoliyat bir necha bora takrorlanishi lozim. Yozish malakasida o’quvchi ruchkani qanday ushlash, qanday yurgizish haqida o’ylab o’tirmay, so’z va gaplarni yoza boshlaydi. Demak, o’qish va yozish malakasi harakatning o’ylab o’tirmay amalga oshirilish jarayonidir. Malaka o’qitishning keyingi bosqichlarida mustahkamlanib, avtomatlashish darajasiga yetkaziladi.
O’qish va yozish malakasi biri ikkinchisining muvaffaqiyatli amalga oshuvini ta’minlaydi. SHuning uchun ham o’qishga o’rgatish bilan yozuvga o’rgatish parallel olib boriladi va bu faoliyat muntazam ravishda mashq qildiriladi. SHunday ekan, savod o’rgatish jarayonida bola juda ko’p o’qishi va yozishi zarur.
O’zbek tili yozuvi tovush yozuvi, ya’ni fonematik yozuvdir. Har bir tovush uchun, har bir fonema uchun maxsus grafik shakl (harf) olingan. O’qishda grafik shakllar tovushga aylantirilsa, yozuvda aksincha, tovushlar harflarga aylantiriladi.
4 Ona tili darslarida qoʻllaniladigan samarali metodlar tahlil qilish
Ona tili darslari madsadga ko’ra to’rt tipga ajratiladi: yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash, o’tilganlarni takrorlash va malaka hosil qilish, bilim va malakalarni umumlashtiruvchi, bilim va malakalarni tekshirish darslari.
Yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash darslari ta’lim jarayonining eng ko’p qismini ishg’ol etadi. Bu dars tipining asosiy vazifasi tilning fonetik, leksik, so’z yasash, grammatik tomonlariga oid qonuniyatlarini, orfoepiya, orfografiya, punktuatsiya, uslubiyatga doir qoidalarni o’quvchilarga o’rgatish va ularni datslabki mustahkamlashdir. Yangi bilimlarni o’zlashtirish jarayonida quyidagi vazifalar yechiladi:
-o’rgatilayotgan grammatik bilimlarning asosiy maqsadini anglash, shu bilimlarning nutq faoliyatidagi rolini fahmlash;
-mavzuga oid bilimlarning umumiy qurilishini idrok etish;
-o’rganilgan bilimni qayta xotirlash yo’lini, uni amaliyotda qo’llash usulini egallash.
Yangi bilimlarni o’rgatishda deduksiya va induksiya usulidan foydalaniladi. Hozirgi dastur va darsliklarda yangi bilimni asosan induksiya usuli bilan o’rgatish ko’zda tutilgan. Ma’lumki, deduksiya usulida umumiylikdan xususiylikka qarab boriladi. Induksiya usulida esa xususiylikdan umumiylikka qarab boriladi.
Masalan, 8-sinfda ega va uning ifodalanishini tushuntirish uchun quyidagi gaplar tahlil qilinadi:
Daraxtlar choyxona sahnidagi gulzorga o’xshar edi. Biz quvonchli kunlarga yetib keldik. O’n – beshdan katta. O’qimoq – o’rganmoq. To’g’ri o’zadi, egri to’zadi. Bu gaplar tahlil qilinib, har bir gapning egasi topiladi, ularning qaysi so’z turkumi bilan ifodalangani aytiladi, so’roqlari aniqlanadi. Shu orqali eganing umumiy ta’rifi keltirib chiqariladi.
Yangi materialni tushuntirishda o’quvchilarning oldin o’rgangan bilimlari, malakalariga tayanish o’quv materialini puxta o’zlashtirishga zamin hozirlaydi. O’rgatilayotgan mavzuga aloqador bilimlarni takrorlash yangi bilimlarni ongli idrok etishning asosiy omili hisoblanadi.
Yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash darslari o’z ichida ikki turga bo’linadi: 1.O’tilganlar takrorlangach, yangi o’quv materialini o’rgatish bosqichi boshlanadigan dars. Darsning bu turida o’rgatiladigan grammatik orfografik qoida, ta’riflarning mazmunidan kelib chiqib, mustaqil ish o’tkaziladi, topshiriqning natijasi jamoada tekshiriladi, tahlil qilinadi va unga tayanib o’quv materiali bayon qilinadi.
2.Yangi o’quv materialini o’rgatishdan boshlanadigan dars. Bu dars o’quvchilarning mustaqil faoliyatidan boshlanadi. O’quvchilar bajargan topshiriq va qoidalar ustida suhbat o’tkaziladi. O’quvchi o’quvchilarning xulosalariga, zarur bo’lsa, o’zgarishlar kiritadi va yakuniy xulosa chiqaradi. Keyin mustahkamlashga o’tiladi. O’tilganlarni takrorlash va malaka hosil qilish darslari. Ona tilidan o’rgatilgan bilimlarning puxtaligi, ko’p jihatdan, o’qituvchining takrorlash darslarini tashkil qilishiga bog’liq. Bunday darslarda o’quvchi oldin o’rgatilgan nazariy bilimlarga, grammatik-orfografik qoidalarga takroriy qaytadi. Mashq paytida o’quvchi o’zi o’rgangan qoida asosida faoliyat ko’rsatadi. Takrorlash darslarida oldin idrok etilgan bilimlar qayta tasavvur etiladi. Takrorlash darslari, bir tomondan, turli mashqlar yordamida o’quvchilarda o’rgatilgan materiallar doirasida malaka hosil qilishiga qaratilsa, ikkinchi tomondan, o’quvchilarning bilimlarini aniqlashtirish, kengaytirishga xizmat qiladi.
Takrorlash darslari yangi materialni o’rgatish darslaridan tubdan farq qiladi. Yangi materialni o’rgatish darslarida o’quvchilar anglab yetmagan, ular uchun mavhum bo’lgan til hodisalari ustida o’tkazilsa, takrorlash darslari esa o’quvchilar o’rgatilgan, ammo to’lig’icha o’zlashtirilmagan qonun-qoidalarga tayanadi, o’rganilgan bilimlarga rioya qilib faoliyat ko’rsatadi.
Takrorlash darslarida ko’proq turli-tuman mashqlardan foydalaniladi. O’rgatilgan qonun-qoidalarga oid til dalillari ustida o’quvchilarning faoliyati tashkil etiladi. Bu dars tipining yana bir muhim belgisi o’quvchilarda malaka hosil qilishdir. Takrorlash darsining eng muhim xususiyati uning yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash darslarining davomi, unga bog’lab tashkil etilishidir.
Bilim va malakalarni umumlashtirish darslari. Bunday darslarda ma’lum mavzu yoki bo’lim bo’yicha o’zlashtirilgan bilimlar qayta tizimga keltiriladi, mavzu yoki bo’lim yuzasidan yakuniy xulosalar chiqariladi. Bunday darslar o’rganilgan bilim, hosil qilingan malakalarni tizimga keltirish, o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning asosiy shakli hisobanadi. Ta’lim jarayonida bilimlar emipirik va tushuncha darajasida umumlashtiriladi. Emipirik umumlashtirishda o’rgatilayotgan hodisaning his qilingan xususiyatlari o’zaro taqqoslanadi, ikkilamchi bilimlar hisobga olinmaydi, o’xshash belgilar umumiy xususiyat sifatida qabul qilinadi.
Tushuncha darajasida umumlashtirishda ma’lum grammatik hodisaning his qilinayotgan konkret belgilari emas, balki uning umumiy xususiyatlari nazarda tutiladi. Bunda asos qilib olingan xususiyat o’rganilgan hodisalarning bir qanchasi uchun mushtarak hisoblanadi.
Bilim va malakalarni tekshirish darslari. Bu dars tipi ona tili ta’limining ajralmas qismi hisoblanadi. Bunday darslarda o’quvchilarning bilim va malakalarini qay darajada egallaganliklari aniqlanadi, o’tilgan mavzular bo’yicha bundan keyin qilinadigan ishlar belgilab olinadi, o’quvchilarga o’z bilimlaridagi yetishmovchiliklar ko’rsatiladi. Bunday darslarga diktant, insho va bayon yozdiriladigan darslar, test sinovi o’tkaziladigan darslar kiradi.
5. Ona tili darslarida taʼlimiy oʻyinlarni qoʻllash tahlil qilish
Kalit so‘zlar Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy metodlari keng qo‘llanilmoqda. O‘qitishning zamonaviy metodlarini qo‘llash o‘qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq sanaladi.
An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli-tuman ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajasining ko‘tarilishiga olib keladi. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag‘batlantirilib turilishi, o‘quv materialini kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo‘naltiruvchi matn, loyiha, rolli o‘yinlar kabi metodlarni qo‘llash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi.
Bu metodlarni interfaol yoki interaktiv metodlar deb ham atashadi. Interfaol metodlar deganda-ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo‘lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo‘llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Ta’lim oluvchi markazda bo‘lgan yondoshuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
- ta’lim samarasi yuqoriroq bo‘lgan o‘qish-o‘rganish;
- ta’lim oluvchining yuqori darajada rag‘batlantirilishi;
- ilgari orttirilgan bilimning ham e’tiborga olinishi;
- o‘qish shiddatini ta’lim oluvchining ehtiyojiga muvofiqlashtirilishi;
- ta’lim oluvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo‘llab-quvvatlanishi;
- amalda bajarish orqali o‘rganilishi;
- ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.
Quyida boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan bir nechta o‘yin namunalarini keltiramiz.
O‘qituvchi kasb mahoratining shakllanishida qobiliyat muhim ahamiyatga ega. Chunki pedagogik ko‘nikma negizida o‘quvchi bilan amalga oshirishi lozim bo‘lgan ta’lim va tarbiyaviy munosabat turadi. Ana shu munosabatning uzluksiz va barqaror tus olishi muayyan pedagogic texnologiyani keltirib chiqaradi. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” asosida yaqin yillarda ta’limning mutlaqo yangi metidikasi ishlab chiqiladi. Bu esa yangicha pedagogic mahorat talab etadi. . Shunga ko‘ra pedagogic texnologiyada o‘qituvchining metodik mahorati muhim ahamiyat kasb etadi. Aniqroq qilib aytganda, yangi metodik mahorat-yangicha pedagogik texnologiya demakdir. Yangicha pedagogic texnologiyaning asosiy maqsadi va vazifasi yangi metodik mahoratni o‘rganish, umumlashtirish va ommalashtirishga qaratilgan bo‘ladi. Xulosa qilib aytganda bilim va qobiliyatining yuzaga chiqishi o‘qituvchining ijodkorligi, yangi pedagogik texnologiyasini kasb-mahorati asosida amalgam tatbiq etishdir.