Innovative Developments in Sciences, Education and Humanities
Hosted New York, USA
https:
econferencezone.org
April 28
th
2022
99
MAVZU: SAVOD O’RGATISH DAVRIDA MANTIQIY
MASHQLARNI TASHKIL ETISH
S. B. Rajabova,
N. S. Barotova
Mualliflar:Buxoro viloyati Buxoro shahar 32-umumiy o’rta ta’lim
maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchilari
ANNOTATSIYA
Savod o’rgatish jarayoni juda nozik faoliyat bo’lib, u o’qituvchidan yuksak pedagogik mahorat talab qiladi.
Maqolada boshlang’ich sinflarda savod o’rgatishning sodda metodik usullari keltirilgan. Undan, boshlang’ich
ta’lim yo’nalishida faoliyat yuritayotgan o’qituvchilar foydalanishlari mumkin.
KALIT SO`ZLAR:
Boshlamg`ich ta`lim,savod o`rgatish,savod chiqarish,o`quv jarayoni,
alifbe davri, nutq o’stirish, harf, kesma
alifbo, yozuv, tovush, o’qish.
«Faylasuflar insonni mikrokosm (kichik olam) deyishadi...
Hamma narsani bilish inson tabiatiga juda xosdir.
Agar yetti yoshli boladan falsafaga oid hamma narsalar oqilona so‘ralsa,
bola hamma savollarga javob berishi mumkin,
chunki aql-idrok
barcha narsani qamrab olishga qodir».
Y. A. Komenskiy
Endigina maktabga qadam qo‘ygan bolaga savod o‘rgatish juda nozik ish bo‘lib, uning
qulay usullarini
topishga intilish ta’lim jarayonida uzoq tarixga borib taqaladi. Bu haqda Sharq qo‘lyozmalari, jumladan,
«Donishnoma», «Qobusnoma» kabi nodir kitoblarda qimmatli fikrlar bitilgan. So‘nggi paytlarda pedagogik
tajriba yangi metodlarni maktablarga olib kirmoqda. Aslida, pedagogik tadqiqotlar ijodkori K. D. Ushinskiy
savod o‘rgatishda analitik-sintetik tovush metodini kashf etib, «Osonroq narsalarni o‘rganishdan
qiyinroq
narsalarni o‘rganishga qarab borish» (Y.A. Komenskiy) tizimiga
yo‘l ochdi. Mazkur usul hozirgi davrgacha ancha takomillashib, o‘zining an’anaviy tamoyilini yaratdi. Bu
metodning afzallik jihatishundaki, unga savod o‘rgatish jarayonida so‘zning eng kichik bo‘lagi, ya’ni nutq
tovushlari asos qilib olinadi. So‘zda ma’no o‘zgartiruvchi tovushlarning harfiy ifodasi ishlanib, o‘qish va
yozish parallel tarzda o‘rgatib boriladi. Keyinroq atoqli metodist S. R. Redazubov va A.I. Voskresenskayalar
tovush metodida xat-savod
chiqarishni takomillashtirib, uni analitik-sintetik tovush metodi deb atadilar.
O‘tgan asrning boshlarida tashkil etilgan, rus-tuzem maktablarining o‘zbekcha sinflarida tovush metodidan
foydalanish boshlanib, tatarcha alifbe o‘rgatildi, biroq kitobning tili va mazmuni sinfga mos kelmas edi. 1902-
yilda peshqadam pedagoglardan Saidrasul Saidazizov analitik-sintetik tovush metodi talablariga muvofiq
keladigan alifbeni tuzdi va «Ustodi avval» nomi bilan nashr ettirdi.
Bu qo‘llanma, asosan, uch qismdan iborat edi:
1. Alifbe davri. Bunda arab harflarining so‘z tarkibida ikki xildan to‘rt xilgacha bo‘lgan ko‘rinishlari
o‘quvchilarga tanishtirilib, «Qor», «Uyqu», «G‘or», «Тog‘» kabi o‘zbekcha so‘zlar
misol tariqasida
keltirildi.
2. Alifbedan keying davr. Bunda bilim olish xususiyatiga va tarbiyaviy mazmunga ega bo‘lgan 50 ta maqola
hamda hikoya berildi.
3. Alifboyi Qur’oniy. Bu qismda muallif bolalarni «Qur’oni karim»ni qiroat bilan o‘qishga o‘rgatishni o‘z
oldiga maqsad qilib qo‘ydi. «Ustodi avval» O‘rta Osiyo hududida hijo metodining o‘rniga
tovush metodi
tarqalishidagi dastlabki qo‘llanma bo‘lib qoldi. Bugungi kunda ham yozuvimizning to‘rt marta
o‘zgartirilganiga qaramay (arab, lotin, kirill, lotin), analitik-sintetik tovush metodi savod o‘rgatishda
takomillashgan usulga aylanib qoldi. Endilikda analiz va sintez (yoyish va yig‘ish) savod o‘rgatishning