Mashqlarni tashkil etish


Innovative Developments in Sciences, Education and Humanities



Yüklə 214,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix25.01.2023
ölçüsü214,94 Kb.
#122556
1   2   3   4   5   6   7
Innovative Developments in Sciences, Education and Humanities 
Hosted New York, USA 
httpseconferencezone.org 
 
April 28
th
 2022 
101 
texnologiyalar» kitobi muallifi Nurali Saidahmedov bilan uning ustozi akademik V.P. Bespalko o‘rtasida 
bo‘lib o‘tgan bir munozara matniga murojaat qilsak: 
«N.S.: — Vladimir Pavlovich, siz nima uchun o‘qitish jarayonini didaktik jarayon deb uqtirasiz, ular 
o‘rtasidagi farq nimadan iborat? 
V. P. : — O‘qitish jarayoni «klassik qoida»ga bo‘ysunadi. Ya’ni o‘qituvchi sinf (auditoriya)ga kirib, dars 
mavzusini e’lon qiladi-yu, darhol uning mazmunini bayon qilishga kirishib ketadi. Didaktik jarayon esa har 
bir darsni boshlashdan oldin o‘quvchilar diqqatini jalb qila oladigan faoliyat bosqichi — motivatsiyani 
vujudga keltirishdan boshlanadi. Ana shu motivatsiya bosqichi o‘qish-bilish faoliyatining kaliti hisoblanadi». 
Ushbu ta’rifdan keyin olim yana qo‘shib qo‘yadi: «Afsuski, bu kalitdan hanuzgacha o‘qituvchilar ta’limning
sehrli sandig‘ini ochish uchun foydalanishmaydi». 
Тadqiqodchi yuqoridagi fikrlarni ixchamlashtirib, o‘qitish jarayoni tuzilmasini ramziy tarzda quyidagi shartli 
formula bilan ifodalaydi: 
O‘J = O‘F + O‘qF, 
bu yerda,
O‘J — o‘quv jarayoni;
O‘F — o‘quvchining o‘quv faoliyati;
O‘qF — o‘qituvchining o‘rgatuvchilik faoliyatini bildiradi. 
O‘qituvchi har bir dars yoki mashg‘ulot maqsadi va mazmuniga mos keladigan motivatsiya me’yorini 
aniqlashi lozim. Savod o‘rgatishning alifbegacha bo‘lgan davrida maktabga endi qadam qo‘yayotgan 
bolaning hafsalasini so‘ndirmaslik uchun o‘qituvchi faoliyatida didaktik jarayonning nechog‘liq muhimligini 
tushunish izoh talab qilmas haqiqatdir. Maktab o‘qituvchi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan ma’naviyat 
maskani bo‘lib, bolaning ichki dunyosini nurlantirmog‘i, axloqiy barkamolligini shakllantirmog‘i shartdir. 
Тa’lim islohoti «Uchinchi ming yillikning bolasi» tayanch dasturini e’lon qilarkan, maktabga tayyorlov 
davri (6 yoshdan 7 yoshgacha)da bolalarni ma’nan rivojlantirishning quyidagi ta’lim yo‘nalishiga e’tiborni 
qaratdi: 
— bolalarda nafosat va orastalikni tarbiyalash; 
— milliy odob-axloq me’yorlarini singdirish; 
— jamoat joylarida, uyda tartib va ozodalikni saqlash; 
— o‘zini kamtarona tutish; 
— bolalarni «Keling, marhamat!», «Mumkinmi?», «Kechirasiz», «Oq yo‘l», «Osh bo‘lsin», «Labbay», 
«Xo‘p bo‘ladi», «Xush kelibsiz», «Rahmat», «Marhamat», «Xayrli tun» kabi so‘zlarni o‘z o‘rnida qo‘llashga 
o‘rgatish; 
— bolalarni go‘zallikni farqlashga, orasta va chiroyli kiyinishga odatlantirish; 
— bolalarning badiiy didini o‘stirish; 
— bolalarni o‘zi bilgan hikoya, ertak, voqea-hodisalarni so‘zlab berishga, mustaqil ravishda hikoya tuzishga 
o‘rgatish; 
— bolalarda o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalarini, mumtoz adabiyot vakillari va hozirgi zamon ijodkorlari
haqida dastlabki tushunchalarni uyg‘otib, obrazli ifodani his etishga odatlantirish; 
— bolalarning adabiy nutqini o‘stirish.Biz alifbegacha bo‘lgan davrni bog‘cha, oila va maktab mushtarakligi
asosida tahlil etishni nazarda tutdik. Bundan tashqari, alifbegacha bo‘lgan davrning tashkiliy-tarbiyaviy
vazifalari ham mavjud. Bular: 
1.O‘qituvchining bola xarakterini o‘rganishi. 
2.Bolalarni maktab va uning ichki intizomi bilan tanishtirish. 
3.O‘quv predmeti va o‘quv qurollaridan foydalanish tartibini tushuntirish. 
4.Qo‘lni yozuvga tayyorlovchi mashqlar o‘tkazish. 
5.Nutq o‘stirish — so‘z talaffuzi, gap tuzish va hikoya qilishni kuzatish. 
6.Sodda matnlarni analiz va sintez qilish. 
7.Bolalarning fonetik hushyorligini sinash (suhbat asosida). Alifbegacha bo‘lgan tayyorlov davrida bolalar 
o‘quv ishlari bilan mashg‘ul bo‘ladigan yangi faoliyat turiga o‘tishadi. Barqaror diqqat, kuchli iroda talab 
qilinadigan bu aqliy mehnat bolalarning yangi sharoitga ko‘nikishida ancha qiyinchilik tug‘diradi. Uni 



Yüklə 214,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin