Mashqlarni tashkil etish


Innovative Developments in Sciences, Education and Humanities



Yüklə 214,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix25.01.2023
ölçüsü214,94 Kb.
#122556
1   2   3   4   5   6   7
Innovative Developments in Sciences, Education and Humanities 
Hosted New York, USA 
httpseconferencezone.org 
 
April 28
th
 2022 
104 
Maktab tajribasi shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilarni dastlab tovush bilan tanishtirishda ularga yaqin va 
tushunarli bo‘lgan so‘zni tanlab, shu so‘z tarkibidagi tovushlarni ajratish maqsadga muvofiqdir. 
Masalan, o-t-a, o-n-a, s-u-v, n-o-n kabi. Bu xil ish «Kesma alifbo» bilan amaliy tarzda bajarilsa, yaxshi
natija beradi yoki bo‘g‘inlar jadvalidan ham foydalanish mumkin. «Savod o‘rgatish metodikasi» (Q. 
Abdullayeva, 1966)da bo‘g‘in jadvali bilan ishlash tartibi quyidagicha ko‘rsatilgan: 
— o‘qituvchi ko‘rsatgan bo‘g‘inlarni o‘quvchilar o‘qiydilar; 
— o‘qituvchi bo‘g‘inni aytadi, xattaxtaga chiqqan o‘quvchi jadvaldan topib ko‘rsatadi; 
— o‘qituvchi jadvaldan ikkita bo‘g‘inni ko‘rsatadi, o‘quvchi ularni bir so‘z qilib o‘qiydi; 
— o‘qituvchi so‘z kartochkasidan ikki bo‘g‘inli so‘zni ko‘rsatadi, o‘quvchi jadvaldan o‘sha bo‘g‘inlarni 
topadi; 
— o‘qituvchi biror bo‘g‘inni ko‘rsatadi, o‘quvchi so‘z yasash mumkin bo‘lgan unga mos bo‘g‘inni aniqlaydi; 
— so‘z yasash mumkin bo‘lgan ikki bo‘g‘inni jadvaldan ko‘rsatish o‘quvchilarning o‘ziga topshiriladi. 
Savod o‘rgatishda so‘z va bo‘g‘inlarni analiz-sintez qilishni interaktiv (faol o‘qitish usuli) texnologiya
asosida tashkil etish o‘qituvchi faoliyatidagi ijodiy jarayon bo‘lib, o‘quvchilar bilan o‘zaro hamkorlikda 
tashkil etiladi. Bunday paytda o‘qituvchi o‘zini 
birgina bilim beruvchi shaxs emas, balki o‘quvchilarning faolligini pedagogik va psixologik jihatdan tashkil 
etuvchi hamkor, murabbiy sifatida his qilmog‘i zarur bo‘ladi. Shundagina o‘quvchi o‘zini o‘qituvchiga 
yaqin tutadi, barcha hadik va qimtinishlardan forig‘ bo‘lib, tez toliqmaydi, ayni damda, erkin fikrlaydi. 
Bolaning tovushlardan so‘z yasash, so‘zdan bo‘g‘in va tovushlarni ajratish malakasiga erishishi ancha 
osonlashadi. Тovush va harf o‘rganish ilmi bolalarni o‘ziga jalb etadi. Ular o‘rganish zarur bo‘lgan narsaga 
(yangi harf, yangi tovush, yangi matnga) diqqat bilan yondashadilar. Zotan, ilm o‘rganuvchilardan, Y.A. 
Komenskiyning fikricha, to‘rt narsa talab etiladi: 
— sof aqlga ega bo‘lish; 
— o‘rganish zarur bo‘lgan narsani ko‘rish; 
— diqqatni to‘plab olish; 
— kuzatilishi lozim bo‘lgan narsalarni ma’lum tartibda ketma-ket ko‘rish. 
O‘quvchilarda bunday xislatlarni tarkib toptirish o‘zlashtirish sifatini yuqori darajaga ko‘taradi. Darvoqe, 1-
sinfning ikkinchi yarim yilligida «Ona tili» darsligiga amal qilib, undagi 2-dars «Тovush va harf»larni 
o‘rganishga bag‘ishlanadi. Birinchi mashqdayoq so‘zlarni to‘g‘ri o‘qib, tovushlar sonini aniqlash talab
etiladi: aka-uka, ota-ona, bola-xola, buva-buvi kabi.
«So‘zlar qaysi tovush bilan farq qilyapti?» degan savolga o‘quvchilar farqlovchi tovushlarni aniqlab,
«Тovushlarni talaffuz qilamiz va eshitamiz», degan qoidani keltirib o‘tadilar. 
Savod o‘rgatish davrida tovush bilan harf parallel ravishda o‘zlashtiriladi. Тovushning ma’lum bir yozuv 
belgisini olishi harf deyiladi. Bunda «Harfni ko‘ramiz, o‘qiymiz va yozamiz», deb javob beradi o‘quvchilar. 
Yozuv bilan shug‘ullanish «Alifbe» davridayoq boshlanadi va muntazam sur’atda davom etadi. 
Тovush metodi tamoyiliga muvofiq, o‘qish va yozish birligi saqlanadi. O‘qishga o‘rgatishdagi tartib harflar 
yozuviga ham asos bo‘ladi. O‘qish darsida o‘quvchilar harfni o‘zlashtiradilar, matnni o‘qiydilar, yozuv 
darsida esa shu harfni va shu harfli so‘zni yozishadi. 
Yozuvga o‘rgatishda genetik tamoyil buziladi, ya’ni oson harfniyozishdan asta-sekin qiyin harfni yozishga 
o‘tilmaydi. (Masalan, «Alifbe»dagi 1-yoziladigan «A» harfi «O»ga nisbatan oson emas.) Yozuvga o‘rgatish, 
asosan, grafik malaka hosil qilishdir. Shundan
kelib chiqib, yozuvning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Bular: 
1.Harflarning ikki ko‘rinishda: bosh va kichik shaklda yozilishi. 
2.Yangilangan fikrning bosh harf bilan boshlanishi. 
3.Harflarni o‘ng tomonga 65—70° qiyalikda yozish. 
4.Qo‘lni uzmasdan harflarni bog‘lab yozish. 
5.Yozuvda hoshiyaga amal qilish. 
Boshlang‘ich sinflarda yozuv malakasini egallash uchun ikki chiziqli daftar tavsiya etiladi. Savod o‘rgatish 
davrining so‘ngida, kuzatishlarga ko‘ra, 30 daqiqa yozuv bilan shug‘ullangan o‘quvchi 20 tagacha so‘z yoza 
oladi. 



Yüklə 214,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin