Masofaviy ta’lim metodlari



Yüklə 26,2 Kb.
səhifə1/4
tarix10.02.2023
ölçüsü26,2 Kb.
#123261
  1   2   3   4
Masofaviy ta’lim metodlari


Masofaviy ta’lim metodlari
Masofaviy ta’lim (lotincha “distanstiya” – masofadan foydalanish) o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi to’g’ridan-to’g’ri, shaxsiy aloqasiz “masofadan o’qitish” imkonini yaratib beruvchi zamonaviy axborot va telekommunikastion texnologiyalardan foydalanish bo’lib, unga ko’ra ta’lim jarayoni yangi axborot texnologiyalari, multimedia tizimi yordamida tashkil etiladi. U O’quv fanlari bo’yicha o’zlashtirish samaradorligini ta’minlash; idrok etish qobiliyatini rivojlantirish kabi imkoniyatlarga ega. Kompyuter ta’limi masofaviy ta’limning o’ziga xos turi sanaladi.
Masofaviy ta’lim metodi o’z tarkibiga birqancha ta’lim shakllarini oladi. Ulardan ayrimlarini ko’rib chiqamiz.
Internet konferensiyalar – ta’lim metodi
Internet konferenstiyalar – bu muayyan muammoni hal qilayotgan guruh ishtirokchilarining Internet tarmog’i orqali konferenst aloqasi yordamida o’zaro axborot almashinishi jarayonidir.
Tabiiyki, bu texnologiyadan foydalanish huquqiga shaxslar doirasi cheklangan bo’ladi. Adabiyotlarda telekonferenstiya atamasini ko’p uchratish mumkin. Telekonferenstiya o’z ichiga konferenstiyalarning uch turiniaudio, video va kompyuter konferenstiyalarini oladi. Kompyuter konferenstiyasi ishtirokchilari soni audio va videokonferensiyalar ishtirokchilari sonidan ancha ko’p bo’lishi mumkin.
Audiokonferensiyalar
Ular tashkilot yoki firmaning hududiy jihatdan uzoqda joylashgan xodimlari yoki bo’linmalari o’rtasida kommunikastiyalarii saqlab turish uchun audioaloqadan foydalanadi. Ikkitadan ko’p ishtirokchi so’zlashuvda qatnashishini ta’minlaydigan qo’shimcha qurilmalar bilan jihozlangan telefon aloqasi tizimi audiokonferenstiyalarni o’tkazish uchun qo’llaniladigan eng oddiy texnika vositasi hisoblanadi. Audiokonferenstiyalarni tashkil etish kompyuter bo’lishini talab etmaydi, faqatgina uning ishtirokchilari o’rtasida ikki tomonlama audioaloqadan foydalanishni ko’zda tutadi. Audiokonferenstiyalardan foydalanish qarorlar qabul qilish jarayonini engillashtiradi, u arzon ham qulay.

Yüklə 26,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin