Axloq – (arabcha, xulq so‘zining ko‘pligi; lot.moralis – qoidaga, xulq–atvorga, urf–odatga taalluqli; axloqli) kishilar orasidagi munosabatlarni muayyan tizimga solishning o‘ziga xos tartib, qoidalari yig‘indisi. Axloq – kishilar orasidagi munosabatlarning barcha tur va ko‘rinishlariga taalluqli bo‘lib, u yoki bu xatti–harakatlar, aloqa va munosabatlar haqida fikr yuritish (ularni ma’qullash yoki qoralash)dir. Axloqiy baholash jamoatchilik fikriga tayanadi. Axloq qotib qolgan qoidalar yig‘indisi emas, u inson va jamiyat hayoti davomida shakllanib, sayqallanib, takomillashib boradigan ijtimoiy jarayondir.