Belgi –boshqa bir predmet, xossa yoki munosabatniifodalaydigan va muayyan xabarni uzatish, saqlash yoki unga ishlov berishda ishlatiladigan moddiy, hissiy idrok etiladigan predmet.
Znak
Sign
Bioetika – hozirgi zamon etikasining muhim yo‘nalishlaridan biri. B. inson hayotini eng oliy etikaviy qadriyat sifatida qaraydi. Shu bilan birga, inson hayotini saqlash muammosini – yaxshilik va yomonlikni farqlashning muhim mezoni, deb hisoblaydi. Hozirgi zamon fanida B. tirik mavjudotlar, shu bilan birga insonga ham bo‘lgan munosabatlarning etika regulyativi, deb qaraladi.Insonning tabiat bilan uzluksiz aloqasini ma’naviy tahlil etish asosida tabiatni muhofaza etishda axloqiy javobgarlik B.ning madaniy negizini tashkil etadi. B. sotsial masalalalar bilan birgalikda qadriyatlar muammosini ham qamrab oladi.