Globalistika – jahonda yuz berayotgan globallashuv jarayonlarini o‘rganuvchi fan.
Globalistika
Globalistics
Gnoseologiya (yunon. gnosis – bilish va logos – so‘z, ta’limot) – bilish nazariyasi.
Gnoseologiya
gnoseology
Gumanizm'>Gnostisizm (yunon. gnostikos – biluvchi) – Yunon falsafasi, xristianlik, zardo‘shtiylik, iudaizm, Bobil va Misr diniy e’tiqodlarida mavjud g‘oyalar sintezi asosida milodiy I asrda Aleksandriyada shakllangan va III asrga qadar xristianlikka qarshi hukmronlik uchun kurashib kelgan so‘nggi Antik davr va O‘rta asrlar diniy-falsafiy ta’limoti.
Gnostisizm
gnosticism
Gumanizm – (lot.humanitas – insoniylik, insonparvarlik, inson haqida g‘amxo‘rlik) – insonni himoya qilishga, uning huquqlariga kafillik berishni maqsad qilib olgan ta’limot.
Gumanizm
Humanism
Deduksiya (lot. deductio – xulosa chiqarish) – keng ma’noda xulosa chiqarishning asosiy usul va tadqiqot metodlaridan biri.