Individ (lot.individium - bo‘linmas) – ayrim bo‘linmaydigan yakka, mustaqil mavjudot.
Individ
Individual
Individualizm (lot.individium - bo‘linmas) -inson individual hayotining alohidaliligini ta’kidlovchi falsafiy-axloqiy tamoyil. Individualizm tarixda bo‘lgani kabi hozir ham volyuntarizm, anarxizm, egoizm, avtoritarizm kabi keskin ko‘rinishlarda ham namoyon bo‘lmoqda. Umuman olganda, shaxs xulqi, faoliyati, erkinligi, haq-huquqlari ustuvorligi va avtonomiyasi muayyan me’yor doirasidagina ijobiy xarakterga ega bo‘ladi. Undan tashqarida esa individning shaxs sifatida barbod bo‘lishiga zamin yaratadi, g‘ayriinsoniy mohiyat kasb etadi.