Kauzallik – sabab va oqibat o‘rtasida qonuniiy aloqadorlik mavjudligini e’tirof etuvchi nuqtai nazar.
Kauzalnost
causality
Kategoriya(yunon. kategoria – ta’rif, belgi) – predmet va hodisalarning umumiy hamda muhim tomonlari xususiyatlari yoki munosabatlarini aks ettiruvchi eng umumiy tushunchalar. Falsafiy kategoriyalar boshqa fan kategoriyalaridan o‘zining nihoyatda umumiyligi bilan farqlanadi.
Kategoriya
Category
Koevolyusiya – olamdagi barcha narsa va hodisalarning, tabiat va jamiyatning birgalikda tadrijiy rivojlanishi.
Koevolyusiya
Co-evolution
Kreasionizm – butun borliqni Xudo yaratganligini e’tirof etuvchi diniy ta’limot.
Kreasionizm
Creationism
Kuzatish– bevosita idrok qilish orqali narsa va hodisalarni qanday bo‘lsa, shundayligicha tabiiy asosda o‘rganish metodi. Kuzatish o‘zining aktivligi, maqsadga qaratilganligi bilan oddiy idrokdan farq qiladi.