Mazmun – narsa yoki hodisani aynan shu narsa yoki hodisa sifatida ifodalovchi xususiyatlar, muhim elementlar, jarayonlar va o‘zgarishlarning majmui. Shakl – mazmunning mavjudlik usuli, ya’ni tuzilishiniifodalovchi, narsa va hodisalarning ichki va tashqi tomonlarining birligidan iborat. Mazmun va shakl uzviy aloqador bo‘lib, olamda muayyan mazmun va shaklga ega bo‘lgan narsa va hodisalar mavjud.
Smisl
Meaning
Makon – materiya mavjudligining asosiy ob’ektiv shakllaridan biri bo‘lib, mavjud ob’ektlar koordinatsiyasini, ularning bir-birlariga nisbatan joylashish tartibini va nisbiy ko‘lami (masofa va yo‘nalish)ini aks ettiruvchi munosabatlar majmuidir.Makonning asosiy xususiyatlariga uch o‘lchamlik (uzunlik, kenglik, balandlik), bir jinslik, izotroplik kiradi.