Millat dinlari - ma’lum millatga xos bo‘lib, boshqa millat vakillari o‘ziga qabul qilmaydigan dinlar. Ularga yahudiylik yahudiy millatiga xos), hinduiylik hindlarga xos), konfusiylik xitoy millatiga xos), sintoizm yaponlarga xos) kiradi;
Jahon dinlari - dunyoda eng ko‘p tarqalgan, kishilarning millati va irqidan qat’inazar unga e’tiqod qilishlari mumkin bo‘lgan dinlar. Unga buddaviylik, xristianlik va islom dini kiradi.
Bundan tashqari dinlar ta’limotiga ko‘ra monoteistik- yakkaxudolik yahudiylik, islom) va politeistik - ko‘pxudolik hinduiylik, konfusiylik) dinlariga bo‘linadi.