Masofaviy ta’limi


-mavzu: Jahon dinlari: buddizm va xristianlik va ulardagi ta’limiy-tarbiyaviy qarashlar



Yüklə 3,87 Mb.
səhifə99/163
tarix02.02.2022
ölçüsü3,87 Mb.
#114132
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   163
13-mavzu: Jahon dinlari: buddizm va xristianlik va ulardagi ta’limiy-tarbiyaviy qarashlar.

Buddaviylik - uchta dunyo dinlari ichida eng qadimiysi hisoblanib, eramizdan avvalgi VI - V asrlarda Hindistonda yuzaga kelgan. Bu dinga e’tiqod qiluvchilar asosan Janubiy, Janubiy Sharqiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlarida, Shri Lanka, Hindiston, Nepal, Butan, Xitoy, Singapur, Malayziya, Mongoliya, Koreya, Vetnam, yaponiya, Kombodje, Birma, Tayland, Laosda va qisman Yevropa va Amerika qit’alarida, Rossiyaning shimoliy mintaqalari - Buryatiya, Qalmiqistonda istiqomat qiladilar.

Buddizm qadimiy hind diniy - falsafiy ta’limotlari asosida vujudga kelgan, amaliyot va nazariyotdan iborat diniy sistemadir. Uning asosi “Hayot - bu azob, uqubatdir” va “najot yo‘li mavjud” degan g‘oyadir. Buddizm qonuniyatlariga ko‘ra inson o‘ziga moslashgan mavjudot bo‘lib, o‘zida tug‘iladi, o‘zini o‘zi halok qiladi yoki qutqaradi. Bu narsa Buddaning ilk da’vatida mujassamlashgan 4 haqiqatda o‘z ifodasini topgan.

Xristianlik dini buddaviylik va islom dinlari qatorida jahon dini hisoblanadi. Bu din o‘ziga e’tiqod qiluvchilarning soni jihatidan jahon dinlari orasida eng yirigi hisoblanadi. Unga e’tiqod qiluvchilarning soni 1 mlrd. 600 mln. bo‘lib, bu son dunyo aholisining deyarli uchdan biriga to‘g‘ri keladi.

Xristianlik asosan Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya qit’alarida hamda qisman Afrika qit’asining janubiy qismida va Osiyo qit’asining sharqiy qismida tarqalgan.



Tavrot. Musoga tegishli bo‘lgan, besh kitob “Tavrot” deb ataladi va u quyidagi kitoblarga bo‘linadi: 1) “Borliq” yoki “Ibtido”; 2) “Chiqish”; 3) “Levit”; 4) “Sonlar”; 5) “Ikkinchi qonun”.

Injil. Injil - xushxabar ma’nosini anglatadi. Yangi ahd tarkibiga kirgan Injil 4 ga bo‘linadi. 1) Matvey injili; 2) Marko injili; 3) Luka injili; 4) Ioann injili.

Yüklə 3,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin