14-mavzu: Islom dini va ta’limoti.
Islom dunyoda keng tarqalgan jahon dinlaridan biri. Osiyo qit’asidagi Eron, Pokiston, Afg‘oniston, Turkiya, kabi ko‘pgina davlatlar, Arabiston yarim oroli, Iordaniya, Suriya, Afrika qit’asidagi Marokash, Jazoir, Tunis, Liviya, Misr Arab Respublikasi, Somali singari mamlakatlar xalqlari, Efiopiya, Sudan, Malayziya, Indoneziya xalqlari, Livan, Hindiston, Xitoy hamda Filippin aholisining ma’lum bir qismi, Yevropa qit’asida esa Bolqon yarim orolida yashovchi xalqlarning bir bo‘lagi islomga e’tiqod qiladi. Islom Markaziy Osiyo, Zakavkaze va Shimoliy Kavkaz, Volgabo‘yi, G‘arbiy Sibir va boshqa ayrim rayonlarda yashovchi aholining bir qismi ongi va turmushida mavjud bo‘lib, bu xalqlar turmush tarziga o‘z ta’sirini ko‘rsatib kelmoqda. Yer yuzida Islomga e’tiqod qiluvchilar, ya’ni musulmonlar qariyb 1,5 milliardga yetadi va ular soni jihatidan xristianlardan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi.
“Qur’on” - arabcha “qaraa” o‘qimoq) fe’lidan olingan. Qur’on suralardan iborat. Sura Qur’ondan bir bo‘lak bo‘lib, eng kami uchta yoki undan ortiq oyatlarni o‘z ichiga oladi. Qur’onda jami 114 ta sura mavjud. Oyatlar soni esa, Qur’on mantlarini taqsimlashning turli yo‘llariga ko‘ra, 6204 ta, 6232 ta, hatto 6666 tagacha belgilangan. Bu har xillik Qur’on nusxalarining bir-biridan farqli ekanligini emas, balki undagi oyatlarning turlicha taqsimlanganligini bildiradi.
Suralar Qur’onda o‘z mazmuniy izchilligiga yoki o‘qilgan vaqtiga, ya’ni xronologik tartibiga qarab emas, balki hajmiga ko‘ra - avval katta suralar, undan so‘ng kichik suralar tartibida joylashtirilgan. Suralarning hajmi ham har xil: eng katta hajmga ega bo‘lgan 2-surada 286 oyat bor, eng kichik suralar faqat 3 oyatdangina iborat.
Dostları ilə paylaş: |