Akmeologiya – (yunon. akme yetuklik, cho‘qqi, kamolot, yuksalish, yetuklik, logos – ta’limot, fan) – insonning kasb–hunar (mutaxassislik) jarayonida eng yuksak bosqichlarga yetish muammolarini o‘rganuvchi fan. Insonning yetuklik, ijod cho‘qqisi, kamolot va mukammallik darajasiga yetgan davri va rivojlanish jarayonini o‘rganadi.
Akmeologiya
akmeology
Aksioma (yunon. axioma – qabul qilingan holda) – ma’lum nazariyaniisbotlash uchun isbotsiz qabul qilingan tushuncha. Mantiq fanida aksioma isbotsiz qabul qilingan haqiqat ma’nosida ishlatiladi. U ilmiy nazariyalarning deduktiv xulosalar chiqarish yordamida tashkil topish usullaridan biri. Shuning uchun «deduktiv metod» va aksiomatik metod ko‘pincha aynan tushunchalar sifatida ishlatiladi.